Kreativ 2020. indd


SINOV MATERIALI VALIDLIGI HAMDA UNING MADANIYATLARARO



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/80
Sana29.01.2022
Hajmi2,38 Mb.
#417897
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi

SINOV MATERIALI VALIDLIGI HAMDA UNING MADANIYATLARARO 
SOLISHITIRA OLISH IMKONI
154. 
Kreativ fikrlashni validli baholashni, barcha ishtirokchi davlatlarda 
kreativ fikrlash malakalar doirasini munosib qamrab olish hamda ehtimoliy 
davlatlararo va guruhlararo farqliliklarni hisobga olish maqsadida, testni 
tuzish siklida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. 
Madaniyatlararo tashqi validlik taqrizlari: baholanayotgan tuzilma 
barcha lingvistik va madaniy guruhlar tomonidan birdek anglashilishini 
taʼminlash. Tuzilmaning ushbu turli madaniy va lingvistik guruhlarga 
aloqador boʻlishini taʼminlash maqsadida, ham kreativ fikrlashni 
baholashda mutaxassis boʻlgan, ham test qilinayotgan madaniiy guruh 
bilan tanish shaxslar baholash doirasining va test materiallarining bir 
qancha taqrizi sikllarida qatnashdilar. Bu test shakllantirishning ilk 
bosqichida kreativ fikrlashga aloqasi boʻlmagan madaniy va lingvistik 
xususiyatlarni aniqlashga imkon berdi. Barcha ishtirokchi davlatlar 
ham madaniy xoslikka moyil boʻlishi mumkin boʻlgan topshiriqlarni 
aniqlash maqsadida test materiallarini bir necha bor koʻrib chiqqan.


63
2. 
Kognitiv laboratoriyalar: testning maqsadli auditoriyasidagi shaxslar 
test materiallari bilan qanday munosabatda boʻlishini kuzatish. Test 
sohasining tajribali mutaxassislari uch mamlakatning o‘quvchilari 
ishtirok etgan kognitiv laboratorya mashqlarini olib borgan. Fikrini 
baralla aytish formatidagi mashqlarda PISA yoshidagi o‘quvchilardan 
kognitiv va kognitiv boʻlmagan savollarga javob berish, testga javob 
berayotganda fikrlash tarzini tushuntirib berish hamda tushunarsiz 
yoki noaniq ko‘rsatmalar va test vazifalarini koʻrsatish soʻralgan. 
Ushbu jarayon borasidagi qoʻshimcha maʼlumotlar alohida hujjatda 
keltirilgan [EDU/PISA/GB(2019)8].
3. 
Kichik masshtabdagi validlik mashqlari: amaldagi test materiali test 
sharoitida qanday ishlashini kuzatish maqsadida, umumiy test tuzish 
jarayoniga parallel ravishda validlik mashqlarini oʻtkazish. Real 
o‘quvchilar maʼlumotining tahlili koʻzlangandek ishlamayotgan test 
materiallarni koʻrsatadi, test materiallarini, shu jumladan kodlashtirish 
yoʻriqnomasini dalillarga asoslangan holda takomillashtirishga imkon 
beradi. IHTT Kotibiyati va PISA pudratchilari tomonidan amalga 
oshirilgan validlik mashqlaridan koʻzlangan maqsad hamda uslubi 
alohida hujjatda keltirilgan [EDU/PISA/GB(2019)8]. 
4. 
Tarjima taqrizlari: tarjima, masalan, vazifa ssenariysi yoki shartlari, 
muammolarini aniqlash. Test kontenti PISA sinovining barcha tilla-
riga tarjima qilinishini taʼminlash maqsadida IHTT Kotibiyati test 
tuzishda ishtirok etayotgan mutaxassis va pudratchilar bilan yaqindan 
hamkorlik qilmoqda. Munosib tarjima har bir til guruhi bilan bogʻliq 
til va madaniy mulohazalarning moslashtirilishini aks ettirishi lozim. 
Ushbu jarayon kreativ fikrlash koʻnikmalar hamda test konstrukti 
haqida salmoqli bilimni taqozo etadi.
5. 
Tajriba-sinov: maqsadli auditoriyaning katta, reprezentativ qismi 
orasida sinov oʻtkazish. Test tuzilishi jarayonidagi ushbu muhim bos-
qich asosiy sinovdan oldin toʻlaqonli tuzilma va sinovni validlash 
mashqini oʻtkazishga imkon beradi. U barcha qatnashuvchi davlatlarda 
oʻtkazilib, statistik tahlil orqali yetarlicha madaniyatlararo munosib-
likni namoyish qilmagan test topshiriqlarini olib tashlashga imkon 
beradi. Maʼlumotlar tahlili mamlakat ichra va mamlakatlararo tuzil-
ma hamda baholash validligi va ishonchliligi muammolarini hal etadi. 


64
65
Guruhlararo ekvivalentlik, oʻlcham ekvivalentligi va tuzilmaviy ekviva-
lentlik, odatda, ushbu maʼlumot asosida oʻtkaziladi. PISA oʻtkazish 
muddatlari tufayli ushbu bosqichdan keyin testga yangi topshiriqlarni 
qoʻshish imkonsiz, mavjud topshiriqlarga salmoqli oʻzgartirishlar ham 
kiritilmaydi, yaʼni yaxshi natija koʻrsatmagan test topshiriqlari test 
bazasidan olib tashlanadi.
155. 
Qisqa qilib aytganda, sinov materialini validlash va uning mada-
niyatlararo solishitirish masalalariga bunday yondashuv konstrukt ekvi-
valentligi hamda til ekvivalentligi masalalarini hal etadi.

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish