Kreativ 2020. indd



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/80
Sana29.01.2022
Hajmi2,38 Mb.
#417897
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi

SINFDAGI MUHIT
52. 
Tashkilotchilik borasidagi tadqiqotlar ish muhitining baʼzi xu-
susiyatlari ishchilarning ijodkorligiga taʼsir qilishini namoyish etgan. 
Faoliyatga berilgan norasmiy munosabat, maqsad qoʻyish, ijobiy ragʻ-
batlantirish vazifani bajarishdagi nisbatan mustaqillik, munosib eʼtirof 
va yangi goʻyalar berishni qoʻllab-quvvatlashning barchasi kreativlikning 
muhit bilan bogʻliq yordamchi omillaridir (Amabile, 2012 [59]; Zhou va 
Su, 2010 [95]). Va aksincha, yangi gʻoyalarni tanqid qilib tashlash, mavjud 
ishlarning ahvoliga urgʻu berish, rahbariyatning ortiqcha ehtiyotkorligi, 
muddatlar bosimi kreativlikni boʻguvchi muhit omillaridandir (Amabile, 
2012 [59]). Xuddi shu muhit omillari sinfdagi kreativ fikrlashga ham taʼsir 
oʻtkazadi, deyish mumkin.
53. 
Nickerson (2010 [96]) kreativ fikrlashni boʻguvchi aynan maktab 
bilan bogʻliq bir qator amaliyotlarni sanaydi: 1) vazifani bajarishning 
yagona toʻgʻri usuli, savolga yagona toʻgʻri javob boʻlishi kerak, degan 
gʻoyaning quloch yoyʻishi; 2) nufuzli insonlarga boʻysunish va ulardan 
qoʻrqish kerak, degan munosabatni targʻib etish; 3) har qanday holatda 
ham dars rejasiga amal qilish; 4) originallik oʻta noyob xislat ekanligiga 
ishonib qolish; 5) bilim alohida sohalarga boʻlinishi haqidagi ishonchni 
targʻib etish; 6) qiziquvchanlik va sinchkovlikni maʼqullamaslik; 7) va 
eng muhimi, bilim olish va muammoni yechishning qiziqarli mashg‘ulot 
boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik.
54. 
O‘qituvchilar innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan (va bu bilan 
bogʻliq xatarlarni qabul qiluvchi) maktab va taʼlim siyosati muhitida 
taʼlim berishda ijodiy yondashuvga, oʻquvchilarning kreativ fikrlashini 
rivojlantirishga e’tibor qaratadi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning rang-barang 
gʻoyalarini, tavakkal qarorlar qabul qilishlarini va sinfdoshlari bilan 
murakkab masalalarni hal etishda hamkorlik qilishlarining ahamiyatini 
anglashlari kerak. Ushbu yondashuvlar asnosida kreativ fikrlash malakasini, 
maʼlum muddat olsa ham, oʻrgatish mumkin ekanligiga pedagogning 
ishonchi yotadi.
55. 
Beghetto va Kaufman (2014 [97]) o‘qituvchilar sinfdagi muhit 
berayotgan noaniq ma’lumotlarni nazorat qilishlari hamda oʻzlari ham 
oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga undovchi muhitni yaratishda faol ishtirok 
etishlarini taklif qiladi. Masalan, buni o‘quvchilarga maqsad qoʻyish, uning 


24
25
bajarilayotganini monitoring qilish, joʻyali gʻoyalarni aniqlash hamda 
samarali guruh ishi uchun jamoaviy mas’uliyatni boʻyniga olishda koʻproq 
erkinlikni berish orqali amalga oshirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchilar 
oʻquvchilarga ijodiy fikrlash qachon va qay yoʻsinda vazifaga mos kelishini 
oʻrganishda yordam berishlari kerak.
56. 
Taʼlim tadqiqotchilarining baʼzilari bilim hosil qilish ehtimolini 
oshiruvchi turli oʻqitish va taʼlim olish usullarini tadqiq etmoqdalar. Tad-
qiqotlarga koʻra, ijodiy fikrlash bilim-yaratuvchi jamoalardagi hamkorlik 
orqali muvaffaqiyatli vujudga kelishi mumkin. Yaʼni, maktablar bilim-
yaratuvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritsa va u yerda o‘quvchilar goʻyalar 
bilan toʻgʻridan toʻgʻri va davomiy faoliyat yuritsa (Scardamalia va Bereiter, 
2006 [98]; Scardamalia va Bereiter, 1999 [99]), vujudga keladi. Taʼlim 
jarayonining integral qismi oʻlaroq, bilim yaratish maqsadli faoliyatga 
aylanganda, o‘quvchilar oʻz jamoasiga yangi gʻoyalarni taqdim etadilar 
hamda ushbu gʻoyalarni davomiy takomillashtirib borishi uchun ishlaydilar 
(Scardamalia, 2002 [80]).
57. 
Bilimlar yaratish, shuningdek, «hayratlanish topshiriqlari» orqali 
ham ilgari surilishi mumkin. Hayratlanish topshiriqlari dunyoni anglashga 
urinish jarayonlarini tasvirlaydi va o‘quvchilarni turli hodisalar haqida o‘z 
g‘oyalarini aytishga undaydi. (Scardamalia va Bereiter, 1992 [100]; Bereiter 
va Scardamalia, 2010 [101]).

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish