Kraudfаnding (xalq moliyalashtrishi, ingl. crowd funding, crowd — “omma”, funding — “moliyalashtirish”) — insonlar (donorlar)ning jamoa bo‘lib birlashuvi bo‘lib, ular beg‘araz maqsadda o‘z mablag‘lari va turli resurslarini biror bir loyiha yoki maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lgan tashkilot yoxud insonga sarflashlari hisoblanadi. Odatda kraudfanding internet tarmog‘ida amalga oshiriladi.
Jamoaviy beg‘araz moliyalashtirish (kraudfanding) Internetda tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Ushbu mashhurlik to‘lqinini o‘z vaqtida aniqlagan holda amerikalik tadbirkorlar Kickstarter.com loyihasini ishga tushirishgan. Ushbu sayt mualliflarga amalga oshirmoqchi bo‘lgan g‘oyalari uchun investitsiya qidirish va jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. Yuqoridagi sayt xizmatlaridan investitsiya qidirish maqsadida tadbirkorlar, ijodiy soha vakillaridan rejissorlar, yozuvchilar, musiqachilar, o‘yin ishlab chiqaruvchilar, rassomlar, ssenariy mualliflari birday foylanishlari mumkin.
Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‘z g‘oyasini ilgari suradi va yozma ravishda izohlaydi, kerakli bo‘lgan mablag‘ni ko‘rsatadi va mablag‘ni yig‘ishning eng so‘nggi muddatini belgilaydi. Ayrim hollarda foydalanuvchi beg‘araz moliyalashtiruvchilarga turli mukofotlar taklif qilishi mumkin, masalan o‘z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‘a qilish.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, barcha beg‘araz yordam pullari yaxshi maqsadlarda yig‘iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan insonlar olishi mumkin bo‘lgan yagona narsadir.
Har qanday loyiha homiysi o‘zi pul tikkan loyihaning amalga oshirilishini kuzatishi mumkin, biroq loyiha muallifi foydasidan foiz olishga haqli emas, ulush yoki korxonani tashkil etishdagi aksiyalarga egalik qilish huquqiga ham ega emas.
Yig‘ilgan pullar Amazon Payments tizimi yordamida yaratilgan maxsus hisobraqamga yo‘naltiriladi. O‘ziga ma’qul kelgan g‘oyalarga pul tikmoqchi bo‘lgan xohlovchilar pul miqdorini o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Oldindan belgilangan muddat nihoyasiga yetsa mablag‘lar yig‘ilishi to‘xtatiladi. Agar belgilangan mablag‘ to‘plangan bo‘lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‘ilmagan bo‘lsa ham pul yig‘ilishi baribir to‘xtatiladi va bekor qilinadi. Bu o‘z navbatida mualliflarni o‘z g‘oyalarini yanada tushunarliroq va ko‘proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib taqdim qilishga undaydi.
Kickstarter jalb qilingan mablag‘lardan 5%, Amazon Payments esa o‘z navbatida qo‘shimcha 3—5% komission haq ushlab qolishadi. Mablag‘ va investitsiyalar jalb qilish uchun mo‘ljallangan boshqa ko‘plab forumlardan farqli o‘laroq, Kickstarter loyiha va ishlanmalarga nisbatan mulk huquqiga da’vo qilishmaydi, lekin sizdan olingan intellektual mulkni eksklyuziv bo‘lmagan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin. Shunga qaramasdan saytda amalga oshirilgan loyihalar saqlanib qoladi va barcha uchun ochiq sanaladi. Loyihani moliyalashtirish yakunlangandan keyin ham saytga yuklangan ma’lumotlar tahrir qilinishi yoki o‘chirilishi mumkin emas.
Kickstarter ishtirokchilari saytni o‘z mahsulotlarini sotish va sinab ko‘rish uchun maydon sifatida foydalanishlari mumkin.
Hozirda Kickstarter tizimidan faqat AQSh fuqarolari foydalanishlari mumkin. Biroq shunga o‘xshash tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik cheklanishlar yo‘q.
Aslida kraudfanding O‘zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‘ligi yomonlashganda operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‘lgan pulni to‘plash kerak bo‘lsa internet ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‘rab plastik karta raqamlarini qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir ko‘rinishi.
Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik kiritish bo‘yicha qilinadigan loyihalardagi g‘oyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish juda muhim sanaladi. Shunday g‘oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik xarakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda katta foyda berishi mumkin. Aynan shu loyihalarni moliyalashtirishda kraudfandingning o‘rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‘ kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat qilishi masalasi asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar uchun ochiq bo‘lishi lozim.
Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‘ladi.
O‘zbekistonda bu borada kelgusida kichik loyihalarni moliyalashtirish uchun kraudfanding yo‘lidan foydalangan holda mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari ochilishi mumkin. Chunki innovatsion iqtisodiyotning shiddat bilan rivojlanishi uchun o‘z vaqtida moliyalashtirish manbalari yetarli bo‘lishi talab etiladi. O‘ylaymizki, ushbu yo‘nalish tez orada bizning jamiyatda ham o‘z o‘rnini topadi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim iqtisodiy vazifalardan biridir. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, tadbirkorlar tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qator dasturlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, kichik biznes yo‘lidagi tizimli to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 13 avgustida mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Tadbirkorlarni tijorat banklari tomonidan kompleks ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish – mazkur me'yoriy-huquqiy hujjatning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovasiya tijorat banki tomonidan tijorat banklari rahbarlari ishtirokida, tadbirkorlik sub'ektlari bilan bevosita uchrashuv muloqotlar tashkillashtirish va o‘tkazish ham rejalashtirigan. Ushbu uchrashuvlarda barcha dolzarb masalalar muhokama qilinadi, yuqoridagi farmonda ko‘zda tutilgan asosiy vazifalar va chora-tadbirlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning o‘sish nuqtalaridan biri sanaladi. O’tgan yili xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovlar paytida ham iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun ular davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shganini hammamiz ko‘rdik, guvohi bo‘ldik.
Shu hijatdan, 2020 yilda murakkab sinovlarga qaramay, davlatimiz rahbari boshchiligida biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi, yetarli resurslar ajratilib, zarur sharoitlar yaratildi. Maqsad bitta – tadbirkorlar sonini ko‘paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish.
Joriy yilda ham tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha yanada qulay sharoitlar yaratilib, pandemiya davrida aylanma mablag‘ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarning oyoqqa turib olishlari uchun ularga ko‘mak berish izchil davom ettiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. So‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha ko‘plab cheklovlarga barham berildi.
Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub’ektlar keskin ko‘payib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ko‘p ishbilarmonlar o‘z biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish o‘rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.
Xulosa Xulosa qilganda Ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri o‘ylantirishi tabiiy. Prezidentimiz ushbu korxonalarga hozirda egallab turgan yer maydonlari mulk qilib rasmiylashtirib berilishini ta’kidladi.
Biznes sub’ektlarini infratuzilma bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard so‘mga teng loyihalar bo‘yicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini yetkazib berish to‘liq davlatning zimmasida bo‘ladi. Bu imtiyoz hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qo‘llanib kelinmoqda.