3-MAVZU: KOMPYUTERLARNI TASHKIL QILISHNING RAQAMLI MANTIQIY ASOSLARI. BUL ALGEBRASI, BUL FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH. IKKILIK KODDA BUYRUQLARNI BAJARILISHI - Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p sathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish
2. Bul algebrasi va ventillar
3. Bul funksiyalarini amalga oshirish
4. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar
REJA
Tayanch atamalar: Arifmetik-mantiqiy qurilma(AMQ), Markaziy protsessor, boshqarish qurilmasi, Registrlar, asosiy xotira, Kompyuterni ko`psathli tuzilishi, Assembler sathi, amaliy dasturlash tili sathi, opertasion tizimi sathi, buyruqlar tizimi sathi, mikroarxitektura sathi, raqamli-mantiqiy sathi, Bul algebrasi va ventillar, Asosiy mantiqiy elementlar, raqamil-mantiqiy qurilmalar, AND(VA), OR(YOKI), NOT(INKOR), AND-NOT(VA-EMAS), OR-NOT(YOKI-EMAS). Tayanch atamalar: Arifmetik-mantiqiy qurilma(AMQ), Markaziy protsessor, boshqarish qurilmasi, Registrlar, asosiy xotira, Kompyuterni ko`psathli tuzilishi, Assembler sathi, amaliy dasturlash tili sathi, opertasion tizimi sathi, buyruqlar tizimi sathi, mikroarxitektura sathi, raqamli-mantiqiy sathi, Bul algebrasi va ventillar, Asosiy mantiqiy elementlar, raqamil-mantiqiy qurilmalar, AND(VA), OR(YOKI), NOT(INKOR), AND-NOT(VA-EMAS), OR-NOT(YOKI-EMAS). 1. Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 3.1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuteming tuzilish chizmasi keltirilgan.
3.1-rasm. Bitta protsessorli kompyuteming tuzilish chizmasi
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar iyerarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 3.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
3.2-rasm. Olti sathli kompyuterni tashkil etilishi
Avval ushbu chizmadagi sathlarga qisqacha tushuntirishlar berib o‘tamiz, so‘ngra esa kompyuterlarning tuzilishini bunday o‘rganish bilan, nimalarga erishish mumkinligi va kompyuter arxitekturasi deganda nimani tushunish kerakligi haqidagi xulosalarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |