Kovrak oʻsimligi dorivorlik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi



Download 28,5 Kb.
Sana29.06.2022
Hajmi28,5 Kb.
#717986
Bog'liq
Madaminov Sulaymon Nizomiddin oʻg\'li


Kovrak oʻsimligi dorivorlik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi(Xorazm viloyati misolida).
Madaminov Sulaymon Nizomiddin oʻg'li Urganchda Davlat universiteti talabasi
Nurullayev Davron Alisherovich Urganch Davlat universiteti talabasi
Ho'sinova Gulasal Shamsiddin qizi
Urganch davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:Ushbu maqolada Kovak oʻsimligining biologiyasi,ekologiyasi,morfologik tuzilishi,yetishtirish texnologiyasi,shifobaxshligi,dorivor xususiyatlari haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Kovrak,Ferula,selderdoshlar,ko'p yillik o't,Apiaceae,Xorazm viloyati.
Kovrak oʻsimligining yetishtirish texnologiyasi.Kovrak o‘simligi asosan urugidan ko‘payadi. Xorazm viloyatida kovrak oʻsimligini yetishtirish bo‘yicha juda ko'plab plantatsiyalar tashkil etilgan.Kovrak o'simligini yetishtirishda dastlab yerga yaxshilab ishlov beriladi va o'simlik ekish uchun tayyorlanadi.Plantatsiyalarda kovak o‘simligi urug'lari ekib chiqiladi.Tuproqdagi namlik yetarlicha bo'lishi kerak.Oradan ko'tariladi .O'simlik unib chiqandan so'ng 1 oyda o‘zini tutib oladi va sug’orish ishlari amalga oshiriladi. Sug’orish ishlari bilan birga turli mineral o'g'itlar kaliyli va fosforli o'g'itlar solinadi.Shu tartibda parvarishlash davom etadi.Orada azotli o'g'itlar ham solinadi.Xorazm viloyatida kovrakni yetishtirish va kovrak o'simligidan olinadigan dorivor vositalar rivojlanmoqda.
Kovrak - (Ferula) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar)- Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t o‘simligi. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O‘rta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi uchraydi. Smola - yelim olishda sassiq kovrak, Kuhiston kovragi kabi turilari ishlatiladi.Kovrak respublikamizning Xorazm,Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasining qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda o‘sadi.Tabiatda sassiq kovrak (Ferula assa-foetida L.) keng tarqalgan bo‘lib, yelim-smola asosan shu turdan olinadi. Bu Dorivor o‘simlik Tabobatda bemor organizmiga ijobiy taʼsir etuvchi biologik faol modda hisoblanadi. Dorivor vositalar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.Ibn Sino bobomiz bu o‘simlikka shunday taʼrif berganlar:
yillarda mahalliy aholi tomonidan, kovrakning yoʻgʻon ildizidagi yelim olinishi natijasida qurib qolmoqda.Ildizi kesilib, yelimi olinganidan keyin u yerdan kovrak oʻsib chiqmayapti. Shuningdek, kovrak oʻsadigan tabiiy maydonlar qisqarib, ushbu dorivor oʻsimlik populyatsiyasi anchayin siyraklashmoqda. Kovrak urugʻlarini olib koʻpaytirib, kovrakzorlar barpo etish esa biz oʻylagandek oson ish emas. Chunki ekilgan urugʻning hammasi ham koʻkarib chiqavermasligi mumkin. Koʻkarib chiqqanlari ham haqiqiy kovrakka aylanguniga qadar bir necha yil talab etiladi.Qashqa vohasi maftunkor tabiatining tabiiy neʼmatlaridan sanaladigan kovrak voha iqlim sharoitida kam uchraydigan noyob oʻsimlik. U xalq orasida oʻzining shifobaxshligi bilan mashhur. Tabiatda ikki xilda uchraydigan kovrakning mahalliy xalq tilida uljon va sassiq kovrak degan turlari bor. Buni qarangki, odatda uljon kovrak oʻsadigan joyda sassiq kovrak oʻsmas ekan, ular alohida-alohida hududlarda tarqalgan. Bu oʻsimlikning nozik tabiati shundaki, joy tanlaydi, qoʻshni hududlarga tarqalib, oʻsib ketavermaydi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻistonda togʻ tuproqli, togʻ oldi joylarda oʻsadi.Xorazm viloyati, Qashqadaryoning Dehqonobod tumani, Oqmachit, Choʻbin va Nayman qishloqlarida koʻp uchraydi. Kovrak urug‘ining qaynatmasi (urug‘i xuddi supurginikiga o‘xshash malla rang, shakli ham shunga o‘xshab ketadi) 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ona suti ko‘payadi. Shirasiga anjir qo‘shib yeyilsa, sariq (gepatit) kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch, sirka qo‘shib, yomon sifatli yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to‘kilishiga ham o‘ta foydalidir.Kovrakning yelim-smolasi xalq tabobatida o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k-yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Ilmiy meditsinada kovrak yelim-smolasi – “assafetida” nomi bilan kukun, emulsiya va tindirma (nastoyka) holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko‘pgina davlatlar farmokopeyasiga kiritilgan.Sharq mamlakatlarida Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston kovrak shirasi va ildizi oziq-ovqat sanaotida ziravor sifatida, kosmetika sanoatida attorlik vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi.Mahalliy aholi uljon kovrakni bahorda, yer yuziga unib chiqishi yaqinlashishi bilan sevib isteʼmol qiladi. Uning oʻziga xos xususiyatidan biri – ildizlaridan shira ajralib chiqishida. Kovrak ildizlarining havoda qotib qoladigan yelimi – “asfetida” degan qatronsimon yelimsimon moddalar va efir moylaridan iborat. Qatrondan ferfulat kislota, qatron spirtlar va bularning ferul efirlari hamda kumarin – umbellferon ajratib olingan. Yelimning efir moyida oʻsimlikka sarimsoq hidi berib turadigan organik sulfidlar, II- kumarin va boshqa birikmalar mavjud. Kovrak ildizida kraxmal moddasi ham bor.Kovrak yelimi xalq tabobatida baʼzi asab kasalliklarida talvasaga qarshi vosita tariqasida, shuningdek, gijja haydaydigan dori sifatida qadimdan ishlatib kelingan. Bronxial astma, sariq kasalligi, koʻk yoʻtal, sil, zaxmda foydalaniladi. Shuningdek, u diabetga qarshi, qon toʻxtatadigan, oʻt haydaydigan vosita sifatida buyuriladi. Ibn Sino uning yelimini boʻgʻim ogʻriqlari davosiga ishlatish, ishtaha ochadigan va siydik haydaydigan vosita tariqasida buyurishga tavsiyaetgan, lekin kovrak yelimini qovuqqa zarar qiladi deb hisoblagan.Zamonaviy tabobatda kovrak ildizi yelimidan tinktura, pilyula va emulsiyalar tayyorlab astmaga, isteriya va asab sistemasining boshqa kasalliklari davosiga ishlatiladi. Kovrakdan tayyorlangan galen preparatlarining arterial bosimni pasaytirishi, qiltomirlar moʻrtligini bartaraf etib, mikroblar koʻpayishiga yoʻl qoʻymasligi tajriba sharoitida aniqlangan. Kovrak ildizi va mevasidan ichish uchun kukun dori va qaynatma tayyorlanadi, bargi va mevasidan tayyorlangan qaynatmalar badan terisiga qoʻyiladigan bogʻlamlarda ishlatiladi.Yuqoridagi maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, kovrak oʻta dorivor oʻsimlik. Ammo uning taqdiri bugungi kunda xavf ostida turibdi. Kovrakdan olingan yelim bozorlarda xufyona tarzda sotilmoqda.
Xulosa qilib aytganda Kovrak Ildizi kesilgan kovrakdan olinadigan dastlabki yelimning bir kilosi 800 ming soʻm boʻlsa, keyingi olinadigan yelimning bahosi 600 ming soʻm, undan keyingilarining narxi oʻrtacha 300 ming soʻmni tashkil etmoqda.Uljon kovrak yoʻqolib ketishining oldini olish uchun qonuniy choralar koʻrilishi lozim, yaʼni maʼmuriy va jinoiy kodekslarga tegishli moddalar kiritilmas ekan, kovrakdan yelim olish yildan-yilga koʻpayib boraveradi. Natijada uljon kovrak oʻsadigan maydonda ularning urugʻini ham topish amrimahol boʻlib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz.
O'.Axmedov .Dorivor o‘simliklar va ularni yetishtirish texnologiyasi.
O.Atabayev.O'simlikshunoslik.
O.Yakubjanov.O'simlikshunoslik
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish