88
Yevropa madaniyati XIX asrning ikkinchi choragida
juda murakkab va qarama-
qarshi bo’lgan.Endi avvalgidek yagona buyurtmachi –saroy emas;
didni endi
burjuaziya o’ziga bo’ysundirgandi. Me’morchilik, tasviriy va amaliy san’atda
umumiy uslub yo’q edi. 20-30yillarda adabiyot va san’atda
romantizm uslubiy
yo’nalishi vujudga kelgandi.Klassizm va ma’rifatchilik
realizmining badiiy ijod
yo’nalishlari o’rnini bosishga jazm qilgan romantizm uslubiy yo’nalishi o’ta
murakkab va rango-rang badiiy hodisa bo’lib, unda inqilobiy
va reaksion oqimlar
qorishmasi asosiy o’rin egalladi. Bu oqimning siyosiy qarashlarida farqlar bo’lishiga
qaramay, ular juz’yi va umumiy ijod aqidalari bo’yicha bir birlari bilan birlashdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: