Utiva
– yaponlarda qog’oz yelpig’ich.
Va
– xitoy etiksimon paypog’i.
Vata ire
– qishki, astar avra orasiga paxta solinib qavilgan yapon kimonosi.
Vertyugaden
– ayollar gavdasining past qismini yubka tortilgan voronka
shaklidagi ikkinchi metall konus.
Xanyeri
– yapon libosida olib qo’yiladigan yoqa.
Xaori
– yapon ustki kiyimi, faqat kimononing ustidan yoki xakama bilan
kiyilgan.
Xeko obi
– yapon libosidagi belbog’, kundalik kiyimlar uchun ishlatilgan.
Xiton
– bizning tasavvurimizdagi ich kiyim bo’lib, u, asosan, zig’ir yoki junli
toladan to’qilgan matodan tayyorlangan. Xitonning yelka qismi tikilgan, yoxud
fibo’la deb ataluvchi to’qalar bilan mahkamlangan. Xitonning ikki yonboshi tikilgan,
ba’zan bir yonboshi ochiq qoldirilgan. Xitonning uzunligi turlicha bo’lsa-da, asosan
tizzagacha bo’lgan shakli keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |