Matroscha (dengizcha) uslubdagi kiyim
– («matros» – gollandcha, kemadagi
eng quyi lavozimdagi ishchi yoki askar) kiyimlar ichida mutlaqo o’ziga xos
go’zallikka ega kiyimlardan biri.
Maforiy
– Vizantiyada ayollar boshining yuqori qismini berkitib turuvchi
yopinchiq. Yopinchiqning uchlari old tomonda to’qnashib, bir-birining ustidan o’tib,
yelka osha orqaga tashlangan. Uzun stolalar bilan birgalikda bu yopinchiq qomatga
asketik ko’rinish bergan. Bu kostum xristian dinining qonun-qoidalari va estetikasiga
juda mos kelar edi va shu sababli bu libos ikonalarda avliyolarning doimiy kiyimi
bo’lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |