Kostyum tarixi


Nazorat uchun savol va amaliy topshiriqlar



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Nazorat uchun savol va amaliy topshiriqlar:
1.
Yunon matolari qanday xususiyatlarga ega, ularga qanday bezaklar 
berilgan? 
2.
Qadimgi yunonistonda go’zallik tushunchasiga qanday ta’rif berilgan?
3.
Qadimgi yunon erkaklar kiyimining turlari haqida tushuncha bering, 
ularning farqi nimada? 
4.
Qadimgi yunon ayollarining erkaklar libosidan farqi nimalarda ko’riladi, 
ayollarning asosiy kiyim turlari, kiyinish uslubi qanday edi? 
5.
Yunon ayollarining soch turmagining turlari haqida nimalarni bilasiz?
 
 
Qadimgi Rim kostyumi tarixi 
Qadimgi Rim tarixi eramizdan avvalgi VI asrdan boshlanib, yangi eraning V 
asrigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib, Rim 
respublikaga aylandi. U Apenin yarim orolini zabt etib, O’rta yer havzasida o’z 
hukmdorligini o’rnatgach, eramizdan avvalgi II asr o’rtalariga kelib, shu yerdagi yirik 
davlatga aylandi. Bosib olingan yerlardan boyliklarning Rimga olib kelinishi uning 
ravnaqida muhim rol o’ynadi, shu bilan birga, inqirozini ham tezlashtirdi. Mulkiy 
tengsizlik oshdi, ekspluatatsiyaning kuchayishi esa omma orasida norozilikni keltirib 
chiqardi. Ayniqsa, qullar qo’zqoloni (bo’lar ichida Spartak qo’zg’oloni mashhur) 
respublika davrining inqirozga yuz tuta boshlaganini bildirdi. Uning o’rnini Rim 
imperatorlik davri egalladi. Bu davr eramizdan avvalgi I asr oxiridan yangi eraning 
476-yiligacha davom etdi. 
Imperator Oktavian Avgust hukmronlik qilgan yillar (mil. avv. 27-yil – yangi 
eraning 14-yillari) san’at va madaniyatning haqiqiy rivojlangan bosqichi bo’ldi. Rim 
davlatining «oltin asri» hisoblangan bu davrda nazariyotchi me’mor Vitruviy, tarixchi 
Tit Liviy, shoirlardan Vergiliy va Goratsiolar yashab ijod etdilar. Me’morlik 
rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi. Ijtimoiy va ma’muriy binolar ko’plab qurildi. 


50
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey amfiteatridir. Uni rimliklar – 
kolossey, ya’ni katta, ulug’ deb atashgan. Gladiatorlar jangi uchun mo’ljallangan bu 
inshootga bir vaqtning o’zida 55 ming tomoshabin kira olgan. Rim memorligining 
yana muhim yodgorligi «hamma xudolarning qasri» – Panteon hisoblanadi.Me’mor 
Apollodor tomonidan 118–125-yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta 
gumbazli binosi bo’lib, unda Rim me’morligining novatorlik xususiyati ko’zga 
tashlanadi. Shaharning markaziy maydonlari – forumlari, ayniqsa, go’zal bo’lgan. 
Italiyaning asosiy yo’llari forumdan boshlangan, shaharning asosiy ko’chalari shu 
forumga borib taqalgan. Imperator Troyan forumi juda hashamatli bo’lgan. Me’mor 
Apollodor tomonidan qurilgan forum maydoni o’rtasidagi 27 metrli Troyan ustuniga 
o’rnatilgan bo’lib, unda Troyanning daklarga qarshi olib borgan ko’rashini aks 
ettiruvchi bo’rtma tasvir yuqoriga o’ralib chiquvchi burama frizda ishlangan. Ustun 
tepasiga imperatorning bronza haykali o’rnatilgan.
Rim tasviriy san’atidan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik namunalari (relyef, 
portret, tematik kompozitsiyalar) saqlanib qolgan. Rimliklarning portret san’atidagi 
yutuqlari ayniqsa kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik 
dunyo san’atida yetakchi o’rinni egalladi. Oktavian Avgust haykali haykaltaroshlikda 
tanqidiy realizm yetakchi o’rinni egallay boshlaganini ko’rsatadi.
Rangtasvir san’ati haqida Rimning gullagan shaharlari Pompey va 
Gerkulanumdagi boy va zodagonlarning uylari devorlariga ishlangan suratlar 
ma’lumot beradi. Devoriy suratlarda qadimgi grek ustalari ishlagan nusxalardan 
ko’chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar tasviri ham ko’p uchraydi. Bu uylarning 
pollari mozaika bilan bezatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, dengiz osti manzaralari, 
urushayotgan xo’roz va shunga o’xshash voqealar tasvirlangan.
Liboslar.
 
Rim san’ati kabi liboslar ham to’lig’icha yunon an’analari ta’sirida 
edi. Bu nafaqat liboslarga ishlatiladigan matolarda, shuningdek, ikki-uch kiyimni bir 
vaqtning o’zida kiyishda ham ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga bir xil tarkib va 
rangdagi matolarning ishlatilishida ham bu o’xshashlik ko’zga tashlanadi.
Biroq rimliklar liboslari ayniqsa imperiya davrida yunon liboslaridan bir-
muncha farq qila boshlaydi. Xuddi Yunonistondagi singari Rimda ham matolar 


51
qo’lda to’qilgan. Matolar uchun echki yungi, zig’ir tolasi asosiy xomashyo 
hisoblangan. Imperiya davrida sharqdan, shuningdek, ipak matolari ham olib kelina 
boshladi. Ipak matolarining narxi juda yuqori bo’lib, ularning bir funti, shuncha 
og’irlikdagi oltinga baholangan. Yupqa va nafis matolar bilan birga bu davrda og’ir 
va qalin zarbof ham borgan sari e’tiborga tusha boshlagan. Og’ir va qalin matolarga 
o’ta boshlash o’z-o’zidan liboslar shaklidagi burmalilik va taxlama (skladka)lardan 
voz kechilishiga, ya’ni qobiqsimon, tekis kiyimlarga o’tilishiga olib keldi.
Rim liboslarida, asosan, yorqin, go’zal ranglar yetakchilik qiladi. Binafsha, 
jigarrang va sariq ranglar asosiy ranglar hisoblanadi. Imperiya davrida ranglar 
murakkab, hashamdor xarakter kasb etib, ranglarni birikuvda qo’llash yetakchilik qila 
boshladi: och yashil va havorang oq bilan, yorqin binafsharang sariq bilan, kulrang 
havorang bilan pushti va och binafsha ranglar birgalikda qo’llana boshladi.
Rim matolari endi g’uncha, to’rtbarg, eman bargi, lavr yaprog’i yoki gullar 
shodasi bilan naqshinlangan geometrik shakliy bezaklar – doiralar, aylanalar, romblar 
bilan bezaklana boshladi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish