Kostum va moda tarixi


Kaftan – fors erkaklari yelka kiyimi. Kebenek



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Kaftan – fors erkaklari yelka kiyimi.
Kebenek – kigizdan tikilgan qozoq erkaklarining ustki 
kiyim.
Kebis – teridan tikilgan qozoq erkaklari oyoq kiyimi, 
kavush.
Kementay – qirg‘iz erkaklari ustki kiyimi, keng, astarsiz 
kigiz to‘n. 
Kemsal – qirg‘iz ayollarining ustki kiyimi.
Kiiz – namat, kigiz.
Kiygich, bosh – Surxondaryo ayollarining bosh kiyimi.


196
Kiyim – odam tanasini butunlay yoki qisman o‘rab turuvchi 
buyumlar yig‘indisi. 
Kiyimni  konstruksiyalash – tuzilmasini qurish – yassi 
materialdan odam gavdasini qoplab turuvchi hajmiy qobiq 
yaratish jarayoni.
Kiyimni  modellashtirish – kiyim shakllarini hosil qilish 
jarayoni.
Kimeshek – qozoq ayollarining bosh kiyimi.
Kimono – yapon erkak va ayollarining milliy kiyimi.
Klassik  uslub (mumtoz uslub, mumtoz kostum, mumtoz 
moda) – shunday kiyimlar borki, insonning didi, talablari, 
qiziqishlari, odatlarining o‘zgarishiga qaramay, ular ma’lum 
ma’noda o‘zgarishsiz qolaveradi. Mumtoz modaga taalluqli 
va hatto, ba’zan mumtoz moda deb ataluvchi ingliz kostumi 
ana shunday kiyimlardandir. Umumjamoatchilik uni hamisha 
ajoyib, zo‘r, o‘rnak bo‘ladigan deb hisoblayveradi. Fransuz 
modelyeri Gabriel Shanel taklif etgan ayollar kostumi va 
«kichkina qora ko‘ylak» ham shunday kiyim qatoriga kiradi.  
Mumtoz kiyim pishiqlik, estetik tarafdan to‘kis, ko‘rkam va 
mukammal bo‘lgani uchun kiyim modasida uzoq yashaydi.
Kolet – tik yoqali, tor va kalta, belgacha yoki bo‘ksagacha 
tushib turuvchi, old qismida tugma yoki tasma bilan qadaladigan 
uyg‘onish davri Italiya erkaklar ustki kiyimi. Kolet ko‘krak, 
bel, bo‘ksaga yopishib turadigan kiyim turi bo‘lib u beldan 
ajratilgan. Bo‘yin o‘mizi turlicha bezaklangan. Yoqasi tik, chuqur 
o‘mizli, oval vstavkasi bilan. Uning yengi o‘mizga tikilmagan, 
balki alohida o‘rinlarda (o‘mizning tagi yelka qismi, yonidan). 
Bu holat harakatlar erkinligini ta’minlashda yordam bergan. 
Yengning yelka va tirsaklar qismi kesilib, yoriqlar qilingan. 
Barcha yoriqlarning ichki sorochkaning matolari, keyinchalik 


197
dekorativ matolardan qilingan bezaklar (shishib turadigan buflar) 
qilinib, chiqarib qo‘yilgan. Paypoqli ishton elastik matodan 
bo‘lib, oyoqqa yopishib turgan. XV asrda uning har ikki bo‘lagi 
yuqori qismidan va yonidan tugmalar bilan qadaladigan yoki 
shnur  bilan  tortib  qo‘yiladigan  gulfik  bilan  qadalgan.  Paypoqli 
ishton koletga maxsus teshiklar orqali shnurlar yordamida 
mahkamlangan. Paypoqli ishton orasida ichki ko‘ylak ko‘rinib 
turgan. Uzoq vaqt davomida miparti modasi saqlanib qoldi: 
ishtonning bir oyog‘i sidirg‘a, ikkinchisi yo‘l-yo‘l. 
Kolleksiya (lot. yig‘ilish, yig‘ma, terma) – uslubi, 
konstruksiyasi, shakli, materiallarning o‘xshashligi asosida 
terilgan yoki ma’lum bir badiiy obrazni ifoda etishga xizmat 
qiladigan kiyim modellari termasi.
Kolombium – keng bo‘lmagan, belidan bog‘lanadigan, 
yengi kalta tunika. Kolombiumni Qadimgi Rimda erkaklar 
kiygan.
Klopos – Qadimgi Yunonistonda enli belbog‘ bo‘lib, uni 
odatda tugun qilib bog‘langach, qolgan qismi uzun qilib tashlab 
qo‘yilgan. Kloposlarni, odatda, belga bog‘lansa-da, uni ko‘krak 
pastidan yoki bo‘ksadan bog‘lash keng tarqalgan. Kloposlar 
nafaqat belda, shuningdek, bo‘ksadan yoki ko‘krak qismida 
xochsimon (krestsimon) shaklda bog‘lanib, ular yeng shaklini 
bera boshlagan. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish