Kostum va moda tarixi


I BO‘LIM. IBTIDOIY  JAMOA TUZUMI DAVRIDA



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

I BO‘LIM. IBTIDOIY  JAMOA TUZUMI DAVRIDA  
SAN’ATNING PAYDO BO‘LISHI VA KIYIMLARNING 
ASOSIY TURLARI
Badiiy ijod insonning tabiat hodisalarini tushunishga intilishi, 
borliqni anglash va talqin qilish shakllari sifatida paydo bo‘ldi. 
Dastlab inson tomonidan yaratilgan tosh, suyak, hayvonlar 
shoxlaridan yasalgan haykallar, g‘orlar devorlariga tushirilgan 
turli tasvirlar Yevropa, Osiyo va Afrika qit’asidan topilgan. 
Ushbu tasvirlarda bizonlar, mamontlar, yovvoyi hayvonlar 
aniq ifodalanganligi, asliga juda o‘xshash qilib ishlanganligi 
bilan tarixiy-badiiy qimmatga ega sanaladi. Tasvirlar nafaqat 
tasviriy san’at, balki boshqa san’at turlari, xususan, folklor, 
musiqa, raqs, teatr san’ati, shuningdek, insoniyatning ibtidoiy 
madaniyati, xususan, libosi, turmush tarzi haqida ham anologik 
ma’lumot berishda katta ahamiyat kasb etadi.    
Tasviriy san’atning dastlabki namunalari kechki poleolit 
davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda odamlar jamoa bo‘lib yashash, 
ov qilish orqali hayot kechirganliklari uchun ushbu davr san’ati 
«ibtidoiy jamoa davri» san’ati ham deb yuritiladi. 
Ispaniyaning Altamir g‘oridan topilgan tasvirlar neandertal 
odamlar davriga to‘g‘ri kelib, tasvirlarda shakllarning aniq 
ishlanganligi, xarakterli xususiyatlarning ifoda etilganligi 
insoniyatning tasviriy san’at bilan bundan oldin ham 
shug‘ullanganligini bildiradi. Xo‘sh, tasviriy san’atning paydo 
bo‘lishiga qanday omillar sabab bo‘ldi? 
Har kuni tirik qolish maqsadida tabiat bilan kurashib 
yashashga majbur bo‘lgan odamlar ovdan so‘ng hayotdan 
lazzatlanish, erishilgan g‘alabadan rohatlanish hissini tuygan va 
turli o‘yinlar, raqslar bilan o‘z xursandchiliklarini nishonlagan. 
Bu lazzat har doim ham bo‘lavermagan. Goh tabiiy ofatlar, 
goh yirtqich hayvonlar ularning ov jarayoniga xalaqit bergan. 


8
Tabiatdagi hodisalar, tun va kun, iqlim o‘zgarishi, fasllar 
almashishi odamlarda ularga nisbatan qiziqishni paydo qilib, 
munosabat bildirish, muloqotga kirishishga undagan va buning 
natijasida dastlabki diniy qarashlar, animizm, totemizm paydo 
bo‘lgan. 
Totem sifatida qabul qilingan hayvonlarning harakatlarini 
ifodalash, ularga taqlid qilish, ovning muvaffaqiyatini ta’minlash 
uchun ov qilinadigan hayvonlar terisini yopib, ov sahnasini 
uyushtirish (Angulema, Fransiya) natijasida teatr san’atining 
ilk kurtaklari paydo bo‘lgan. Ushbu o‘yinlar tasviriy san’atning 
ilk mavzusi bo‘lib, rang, talqin, xarakter, kompozitsiyaning 
primitiv shakllari vujudga kelishiga turtki bo‘lgan. Ibtidoiy 
san’atning paydo bo‘lishi haqida fikr bildirar ekanlar, I. Kant, 
K. Byuxer, K. Gross, E. Grosse va boshqalar totemlarga atalgan 
o‘yinlar tasviriy san’atning paydo bo‘lishi va shakllanishini 
rag‘batlantirganligini ilgari surganliklari bejiz emas.   
Poleolit davri san’atida odamlar hayotiga qiziqish 
kuzatilmaganligidan odam figurasining aniq talqini uchramaydi. 
Hayvonlar bilan bog‘liq magik marosimlar, hayvonlarni ovlash 
jarayonlari ibtidoiy jamoaning asosiy maqsadi bo‘lganligi 
sababli rangtasvir va haykaltaroshlikda o‘simlik va qushlar 
tasviriga nisbatan hayvonlarni tasvirlashga e’tibor qaratilgan. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish