17
yillarda Moxenjo-Daro va Xarappa
hududlaridan qadimgi
madaniyat o‘choqlari topib o‘rganilgan. Mil. avv. 2000-yil-
lar o‘rtala
riga kelib oriylar qabilasining bostirib kelishi
Moxenjo-Daro va Xarappa madaniyatini tanazzulga uchratib,
vedalar davri madaniyatining rivojlanishiga yo‘l ochdi. Mil.
аvv. 1-ming yillikda temirning kashf etilishi dehqonchilik va
mulkchi likni vujudga keltirib, bu, o‘z
navbatida, davlatlarning
paydo bo‘lishiga olib keldi. Ganga vodiysini egallagan
Magadxa davlati ana shunday davlatlarning dastlabkisi edi.
Bu paytda braxmanlik dini davlat dini sifatida o‘rnatildi va
san’atning badiiy-falsafiy asosini tashkil qildi. Grek-make-
don yurishlaridan so‘ng Chandragupta (mil. avv. 322–320)
boshchiligida Hindistonda markazlashgan davlat barpo etildi.
Ashoka hukmronligi davri (mil. avv. 272–232)da iqtisodiy
jihatdan o‘sdi. San’at,
madaniyat, shaharsozlik, haykaltarosh-
lik yuksak darajada rivojlandi.
Liboslari. Hindiston qadimiy Sharq davlatlaridan biridir.
Zero, Hindiston san’ati va madaniyati qadimiyligi bilan ajra-
lib turishining boisi ham shundandir. Hindiston me’moriy
obidalari, haqli ravishda, Osiyo durdonalaridan biri hisoblana-
di. Bu haqda hozirgacha saqlanib qolgan me’moriy
obidalar,
ibodatxonalar, haykaltarosh lik asarlari va qadimiy yodgorliklar
dalolat beradi. Buyuk temuriylar (boburiylar) sulolasi davrida
Shoh Jahon tomonidan suyukli rafiqasi Mumtozbegimga ata-
lib, me’morchilikning ajoyib namunasi, muhabbatga qo‘yil-
gan haykal, deb ta’riflanmish takrorlanmas san’at durdonasi
«Toj-mahal» maqbarasi barpo etildi. «Toj-mahal»
maqbarasi
san’at asari sifatida jahonning yetti mo‘’jizasidan biri, deb
e’tirof etilishi ham bejiz emas. Hind san’at-madaniyati zamiri-
da diniy aqidalar yotadi. Hindistonda bir qancha diniy oqim-
lar mavjud. Shular orasida eng qadimiy din vedaizmdir. Ke-
yin braxmanizm, buddizm, induizm, islom dini va keyinchalik
Yevropadan nasroniy dini kirib keladi.
18
Hindistonda miniatyura tasviriy san’ati, xalq amaliy san’ati
qadim-qadimdan rivojlangan. Hind
hunarmand ustalari tomoni-
dan yaratilgan buyumlarning nafisligi, go‘zalligi hamon san’at
muxlislarini hayratga solib kelmoqda.
Hindiston tarixida, xalqning hayot kechirishida Ind va Gang
daryolari katta ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda hind-
lar Ind vodiysiga ko‘chib kelgan, turmush kechirgan, odamlar,
asosan, dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Do'stlaringiz bilan baham: