Yangi podsholik davri san’ati (mil. avv. XVI–XV asr-
lar). Mil. avv. XVIII asrlarda ko‘chmanchi giksoslar bilan
bo‘lgan janglar Misrni iqtisodiy-siyosiy inqiroz yoqasiga olib
keldi. Miloddan avvalgi XVI asrda Fiva boshchiligidagi mis-
rliklarning giksoslar ustidan g‘alabasi yangi podsholik davrini
boshlab berdi va san’atda yangi xususiyatlar vujudga keldi.
Misr san’ati Suriya, Krit, Mesopotamiya hududlariga qadar
kirib keldi. Me’morlik san’ati taraqqiy etdi. Yаngi podsholik
davriga oid eng yirik maqbara mabud Amonga atalgan maqba-
ra sanalib, uning devorlariga suratlar relyeflar podsholik tarixi-
ga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Yangi podsholik san’ati
Karnak va Luksor xududlarida saqlanib qolgan.
1
Nom – ellinizm davrida qadimgi Misrdagi ma’muriy birlikning
yunoncha va grekcha nomi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |