II. Quyosh chaqnashlarida hosil bo’luvchi zarralarning xususiyatlari va
ularning tezlanishi.
Katta energiyali zarralarning mavjudligi zarralarning Quyosh atmosferasidan
o’tishida tezlanishidan darak beradi. Agar ular zichligi kichik bo’lgan Quyosh
tojida tezlashtrilsa, ularning ximiyaviy tarkibi Quyosh atmosferasi tarkibi kabi
bo’lishi kerak. Zichligi katta bo’lgan xromosferada yadrolar tezlik bilan
energiyasini yo’qotib sekin tezlashtriladi. Shuning uchun ximiyaviy tarkibning
kuchli variasiyalarini kutish mumkin.
Quyosh kosmik nurlari tarkibida protonlar,
- zarralar o’rta va og’ir
yadrolar borligi aniqlangan. Lekin protonlar soni chaqnashdan, chaqnashgacha
o’nlab marotiba o’zgaradi. Tarkibi
He
3
va og’irroq yadrolar bilan boy bo’lgan
chaqnashlar ham qayd etilgan. Chaqnash vaqtida Quyosh kosmik nurlari
intensivligi oshsa ham, ularning kosmik nurlarining to’la oqimi tarkibidagi hissasi
kichikdir, chunki Quyosh chaqnashlari juda kam uchraydigan hodisadir.
Hozirgacha chaqnashlarni qayd qilish tarixida bir necha o’nlab chaqnashlar qayd
etilgan.
Eng kuchli chaqnashlarda energiyasi 10Mev dan katta bo’lgan protonlar uzi
bilan 10
31
erg energiyani olib ketsa, elektronlar esa
2
10
20
кэВ
E
marotiba
kichik energiyani olib ketadi. Kosmik nurlarga to’g’ri keluvchi energiya, chaqnash
to’la energiyasining 0,1 qismini tashkil qiladi. Kichik energiyali zarralarni
generasiyalantiradigan kuchsiz chaqnashlar har kuni vujudga keladi va bunday
chaqnashlar magnitosferadan tashqarida effektlar hosil qiladi.
Chaqnashda hosil bo’lgan protonlar Quyosh muhitida yadro reaksiyalarini
hosil qiladi. Xromosferadan chiquvchi protonlar esa juda kichik bo’lgan muhit
qatlamidan o’tganligi sababli bunday zarralardan yadro ta’sirining effektlari
kuzatilmaydi. Lekin bir qism protonlar Quyosh ichiga qarab tarqaladi va yadrolar
bilan ta’sir qilib, pionlar, kaonlar va izobar zarralarni hosil qiladi.
0
-
mezonlarning bo’linishida hosil bo’lgan fotonlar tezligi pionlar tezligidan katta
bo’lib laborator sistemada orqa sferaga tarqalishi mumkin. Shuning uchun
Quyoshdan maksimumi bir necha MEV – da bo’lgan, spektrga ega bo’lgan
fotonlar oqimi hosil bo’ladi. Tormozli nurlanish fotonlarining spektri, energiya
oshishi bilan sekin kamayish shakliga egadir. Chaqnashlarda uzluksiz spektrga ega
bo’lgan fotonlardan tashqari elektron – pozitron va yadro reaksiyalarida hosil
bo’lgan chiziqli spektrga ega bo’lgan fotonlar ham mavjuddir. Chaqnashlardan
58
hosil bo’lgan fotonlarni o’rganish endigina boshlanayapti. Chaqnashlarning
fotonlardan tashqari boshqa neytral mahsulotlari masalan: neytronlari ham
mavjuddir. Kichik energiyali neytronlar (unlab MEV), Yerga kelish yo’lida
bo’linadi. Ularni qayd qilish uchun Merkuriy arbitasi soxasida tajribalar o’tkazish
proyektlari tuzilgan.
Zaryadlangan pionlar va kaonlarning bo’linishi natijasida myuonli neytrina
okimi hosil bo’lishi kerak. Bunday neytrinolar fotonlardan farqli juda katta muhit
qatlamidan bemalol o’tadi va shuning uchun Quyosh chaqnashi yuz bergan joyning
qarama-karshi tomonida chaqnash indikatori bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda
bunday neytrinolar to’g’risidagi tajribalar mavjud bo’lmay, Yerning sun’iy
yo’ldoshlari yordamida qayd etilgan energiyasi 50 MEV dan katta fotonlar bunday
neytrinolarni borligini tasdiqlaydi. Kosmik zarralarning tezlashtrilishini bir necha
mexanizmlari mavjuddir. Masalan: statistik mexanizm. Statistik mexanizm
zarralarni darajali energetik spektrga egaligiga olib keladi. Lekin tajribaning
ko’rsatishicha zarralarning energetik spektrini bir xil qonun bilan ifodalash
mumkin emas. Agar yuqori energiyalarda spektr haqiqattan ham
7
5
bo’lgan darajali funksiya bilan ifodalansa, past energiyalarda u eksponensialdir.
Spektrning qiyaligi bitta chaqnash vaqti dovomida oshadi. Mavjud bo’lgan
barcha
natijalarning
ko’rsatishicha
Quyosh
atmosferasida
zarralarni
tezlashtirishning bir necha mexanizmi ishlaydi. Quyosh atmosferasining ma’lum
soxalarida tez oshuvchi magnit maydon hosil bo’lib, bu maydon ta’sirida zarralar
xuddi betatronda tezlashtirilgandek tezlashtiriladi.
S. I. Sirovatskiyning ko’rsatishicha Quyosh plazmasi sharoitida elektr
maydoni ham hosil bo’ladi. Bunday sharoitlar Quyosh dog’larining qarama-qarshi
yo’nalgan magnit maydonlari bilan tutashgan sohalarida hosil bo’ladi.
Dog’larning tezlik bilan yaqinlashishi magnit maydon o’zgartiradi. Shuning uchun
elektr maydonni hosil bo’lib zarralar tezlashtriladi. Kichik vaqt oralig’ida magnit
maydon energiyasi zarralar energiyasiga transformasiyalanadi. Bunday mexanizm
ta’sirida zarralarni nafaqat Quyoshda balki boshqa manbalarda ham tezlashtirishida
rol o’ynashi mumkin.
Mavjud bo’lgan eksperimental natijalar, Quyosh kosmik zarralarining
sayyoralararo kosmik fazoda o’tishida zarbali to’lqinlar bilan to’qnashishida yoki
turli tezlikli frontlar bilan to’qnashishida qo’shimcha tezlashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |