BF
3
gazi tez rekombinasiyalanuvchi gazlar sinfiga mansub. Bunday schetchikning
kuchaytirish koeffisiyenti bir necha mingga teng bo’lib, u uzoq vaqt davomida
stabil ishlaydi. Bu schetchiklarning voltamper xarakteristikasi, keng to’yinish toki
sohasiga egadir. Chunki ichki α - zarralarning hosil bo’lishidagi impuls kattaligi, β
– zarralar va ionlashgan kosmik zarralar impulslaridan kattadir. Aytish lozimki,
qayd qilishning har bir qadamida
10
5
В
izotopining birgina yadrosi sarflanadi,
shuning uchun bor gazi bilan to’ldirilgan schetchiklarining ishlash vaqti juda
kattadir.
Schetchiklarning turli muhitlar bilan o’rab (ularda zarralarning susaytirishi
va generasiyasi vujudga keladi) turli detektorlarni hosil qilishi mumkin.
Neytron
monitorlarida
schyotchiklar,
parafin
plastinkalari
(ularda
neytronlarning susaytirilishi amalga oshadi) va qo’rg’oshin plastinalari bilan (unda
neytronlar generasiyasi vujudga keladi) o’ralgan bo’ladi. Kuzatishlarning
ko’rsatishicha (4.4) reaksiyasining bajarilishi ehtimoliyati neytronlar tezligiga
teskari proporsional bo’lib, isiqliq neytronlari uchun maksimal qiymatga ega
bo’ladi. Shuning uchun schetchiklar parafin plastinkalari bilan o’raladi, neytronlar
parafindan susayib o’tib, schetchik yordamida (4.4) reaksiya natijasida hosil
bo’lgan impuls asosida qayd qilinadi. Bunday detektor Yer atmosferasidan
kelayotgan neytronlarning qayd qilganligi sababli, tashqarida yuz beruvchi
o’zgarishlar, qor yog’ishi yoki yomg’ir yog’ishiga xam sezuvchan bo’ladi. Bunday
detektor yordamida qayd qilingan natijalarda, kerakli jarayonlarga tuzatma kiritish
ancha qiyin bo’lganligi sababli, lokal (o’z hajmida tug’ilgan neytronlarni qayd
qiluvchi) detektorlardan foydalanadilar. Lokal detektorlarda schetchiklar
qo’rg’oshin qatlami bilan ham o’ralgan bo’ladi. Bunday detektorlarda Yer
atmosferasidan keluvchi neytronlar parafinning tashqi qatlamidan susayib o’tib,
qo’rg’oshin qatlamida yutiladi. Kosmik nurlarning yadro aktiv komponentalari
tashqi parafin qatlamidan bemalol o’tib detektorning qurg’oshin qatlamidan
o’tayotganda, qo’rg’oshin muhitning atom yadrolari bilan bo’ladigan kaskad yadro
ta’sirlari natijasida neytronlar hosil qiladi. Bunday neytronlarga karrali neytronlar
deyiladi. Karrali neytronlar detektorlarning ichki parafin qatlamidan susayib o’tib,
schetchikda (4.4) reaksiya asosida impuls hosil qilib qayd qilinadi. Shuning uchun
bunday neytronli detektorlarga lokal detektorlar deyiladi. Samarqand neytron
66
supermonitori 4 – seksiyali monitor bo’lib, uninig harbir sekiyasida 6 – ta dan
schetchiklar mavjuddir. Bu monitorning effektiv qayd qilish yuzasi 24m
2
ga teng
bo’lib energiyasi 7 GEV dan katta bo’lgan (qayd qilish joyining geomagnit
holatiga bog’liq bo’ladi) kosmik zarralarni qayd qilishga mo’jallangandir.
Neytronlarni sanash tezligi o’rtacha hisobda 32000impuls/5 minutga teng bo’lib,
kosmik nurlarning intensivligini qayd qilish aniqligi, nafaqat katta davrli
variasiyalarini qayd qilish, balki kichik davrli variasiyalarni (kosmik nurlar
intensivligini fluktuasiyalarini) ham o’rganish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |