Kapital qo’yilmalarning mulk shakliga ko’ra tuzilmasi bu, investitsiyalarning davlat, aktsiyadorlik, qo’shma, ijara va boshqa turdagi jamoa korxonalari o’rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo’yilmalardan foydalanish , shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, kaptil qo’yilmalarning samarali tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko’p foyda olishga tengdir.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishga sarflanuvchi xarajatlari o’rtasidagi o’zaro nisbatni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |