Kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo’yilmalar maqsadli xarakterga ega bo’ladi hamda xodimlarga mukofot to’lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog’ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag’larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo’yish bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |