davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza;
nizom va ta’sis shartnomasining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi, agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan bo‘lsa, u tomonidan va notarial tasdiqlangan nizom;
tuman (shahar) hokimligi vakolatli organ tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma;
muhr va shtamp eskizlari uch nusxada;
muassislarning har biri tomonidan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida 30 foizi nizom fondiga qo‘shilganligini tasdiqlovchi bankning ma’lumotnomasi.
Tadbirkorlik subyektining nizom fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar, boshqa mol-mulklar) yoki intellektual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma’lumotnomasi talab etilmaydi, ta’sis hujjatlarida nizom fondini shakllantirish manbalari ko‘rsatilishi muassislar niyatining tasdig‘i hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |