Huquqiy shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi 5 ta hujjat talab etiladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza va belgilangan shaklda to‘ldirilgan ro‘yxatga olish kartasi;
birlashma nizomi va ta’sis shartnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayonnomasi;
birlashma nizomi va ta’sis shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
birlashma pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati.
Nizom fondi to‘liq xorijiy investorlar tomonidan shakllantiriladigan korxonalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun esa quyida keltirilgan 7 ta hujjat talab etiladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza;
xorijiy muassis to‘g‘risida huquqiy shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reestridan ko‘chirma va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda, muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilingan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan bankning tavsiya xati (O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan jismoniy shaxslar bankning tavsiya xati va o‘z pasportlariga oid ma’lumotlar nusxasini taqdim etadilar);
korxona ta’sis hujjatlari (Nizom va ta’sis shartnomasi)ning notarial tasdiqlangan yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risida bank to‘lov hujjati;
shahar (tuman) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma;
muhr va shtamp eskizlari (uch nusxa).
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qi-lingan hujjatlar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limiga shaxsan yoki pochta orqali topshirilishi mumkin
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan eng asosiysi korxona nizomidir. Qonunda taqiqlanmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi har qanday korxona nizom asosida ish olib boradi. Nizom korxonaning ta’sis etuvchilari tomonidan ta’sis yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Korxona nizomida korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi, faoliyati, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil qilish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilab qo‘yiladi.Korxona mulki asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar hamda korxona balansidagi boshqa moddiy zahiralardan tashkil topadi. Korxona mol - mulkini:
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan va xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan
daromadlar;
qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar;
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
kapital mablag‘ va byudjet dotatsiyalari;
tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning xayriya maqsadlarida bergan badallari;
meros tariqasida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar tashkil etadi.
Shuningdek, korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish, zamon talabiga javob beradigan yangi texnika va texnologiyani jalb qilish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish hamda sotish yo‘li bilan huquqiy va jismoniy shaxslardan qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etish huquqiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |