Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash
Korxonani moliyalashtirish manbalari
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.
Korxonani moliyalashtirish –korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish;
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
Korxonani moliyalashtirish manbalari quyidagi 14-rasmda tasvirlangan.
4-rasm. Korxonani moliyalashtirish manbalari
Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi.
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli.
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar: - investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
2. Qarzli investitsiyalar: - korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuv-
lar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.