Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslari


-rasm Kichik biznes korxonalarini iqtisodiy nochorlikka qarshi moliyaviy



Download 316,72 Kb.
bet13/15
Sana22.05.2021
Hajmi316,72 Kb.
#65266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bankrotlik

7-rasm Kichik biznes korxonalarini iqtisodiy nochorlikka qarshi moliyaviy





28 Izlanishlar natijasida talaba tomonidan tayyorlandi.

Kichik biznes sohasining rivojlanishidagi muammolardan yana biri texnikiqtisodiy asoslash, biznes-rejalar ishlab chiquvchilar va tadbirkorlar investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatarni, uni pasaytirish imkoniyatlarini aniq tasavvur eta olmaydilar, mahsulot eksporti qismi bo’yicha marketing jihatlari o’ta darajada bo’sh ishlab chiqilmoqda.

Ushbu muammoni hal etish uchun Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo’jaliklar uyushmasi, Banklar uyushmasi, «O’zinvestloyiha» Respublika investitsiya kompaniyasi va xorijiy investitsiyalar bo’yicha Agentlik faoliyatini faollashtirish lozim.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan hamkorlikda tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar bozori, narxlar darajasi, tovarlarni sertifikatlashtirish va eksport bozorlar uchun kvotalar belgilash bo’yicha talablar, tovarlarni olib kelish bo’yicha tariflar bo’yicha marketing tadqiqotlari o’tkazish uchun zarur hollarda ma’lumot olish imkonini beruvchi hisobotlar tizimining sifat jihatidan yangi darajasini tashkil etishi lozim. Tadbirkorlar uchun bunday ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatining yaratilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihasi strategiyasini ishlab chiqishni ahamiyatli darajada tezlashtirish imkonini beradi.

Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirish xo’jalik qarorlarining o’z vaqtida qabul qilinishi hamda istiqbol rejalarining ishlab chiqilishiga bog’liq. O’z navbatida bu jarayonlarning samaradorligi axborot ta’minoti darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi har bir vazirlik, uyushma, kompaniya yoki davlat boshqaruv idoralari o’zining axborotlar tizimiga, ma’lumotlar bazasiga ega. Kichik biznes korxonalarini iqtisodiy nochorlikka qarshi moliyaviy boshqarish tizimining korxona, Palata yoki konsalting firmalari tomonidan shakllantirilishi va uning taomillarining qo’llanishi esa 4-rasmda keltirilgan tartibda olib boriladi.

Xulosa

Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslarini o’rganish natijasida quyidagi hulosalarga kelindi:



  1. Bankrotlikka olib keluvchi ba’zi omillar korxonaga nisbatan tashqi omil bo’lsa, ba’zilari ichki omil bo’ladi, masalan, korxonaning bankrotlikka uchrashining sababi tashqi omillar ta’sirini korxona rahbarining o’z manfaatlari doirasida o’zgartirishi, unga ta’sir etishi mumkin emas. Ichki omillar esa bevosita korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, bankrotlik sabablarini ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ham ajratish mumkin.

  2. Korxona bankrotlik holatiga kelishining asosiy sabablari rahbariyatning ishlab chiqarishdagi mas’uliyatsizligi hamda uzoq vaqt mobaynida faoliyat ko’rsatmaganligi, kreditorlik qarzlarini ya’ni byudjetdan bo’lgan qarzlarni muddatida to’lamaganligi uchun katta miqdorda jarima hisoblanishidadir.

  3. Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarni biznesni vijdonan yuritishga, o’zlarining amaliy hamkorlari bilan halol ishlashlariga rag’batlantiruvchi va majbur qiluvchi tegishli axborot muhitini rivojlantirish tashabbusini olishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunday faoliyat turlariga keng jamoatchilikka nohalol biznes yuritish holati hamda bunday hollarda aybdor bo’lgan shaxslar to’g’risida ommaviy ma’lumot berishni tashkil etish va qonunlashtirish, Internet tarmog’iga vijdonsizlik bilan ish yurituvchi firma va tadbirkorlar ro’yxatini joylashtirish kabi tadbirlarni kiritish mumkin.

Korxonalarni bankrot bo’lish jarayonini davlat tomonidan to’g’ri va oqilona tartibga solinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishimizning oldingi bandlarda ko’rib chiqilganidek korxonalar faoliyati barqarorligiga ularning ro’yxatdan o’tkazilishi va faoliyat yuritishga layoqatsiz korxonalarni o’z vaqtida tugatilishi ham muhim o’rin tutadi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlar tomonidan korxonani tashkil etish va tugatish bilan bog’liq bo’lgan rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va mablag’larni baholashga yo’naltirilgan tadqiqotlarning o’tkazilishi tasodif emas. Ba’zi hollarda ularga asoslangan holda qonunchilik tomonidan «kelishish limitlari», ya’ni zarur hujjatlarning ba’zi bir chegaralari, ularning maksimal hajmi, tadbirkor murojaat qilishi lozim bo’lgan idoralar soni belgilab berilgan. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar asosida ta’kidlash mumkinki, kichik biznes korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va faoliyatini tugatish borasidagi ishlarning takomillashtirilishi o’z navbatida mazkur korxonalar faoliyati barqarorligining o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.

Aksariyat hollarda mulk egalari tadbirkorlarga qonunda ko’zda tutilmagan qo’shimcha talab va shartlarni qo’yish orqali ularning mulkdan foydalanish istaklarini yo’qqa chiqaradilar. Bu o’rinda mulkdorning hatti-harakati o’z xususiy manfaatlarini ro’yobga chiqarilish darajasini maksimallashtirishdan iborat bo’ladi. Mol-mulkning sun’iy ravishda ijaraga berilmasdan ushlab turilishi uning narxini va, o’z navbatida, mulk egasining noqonuniy daromadlarini oshiradi. Aks holda, mulkning bo’sh qolishi uning egasini u qadar tashvishlantirmaydi, chunki bo’sh turishdan ko’rilgan zarar (yoki olinmagan daromad) korxona faoliyatining umumiy moliyaviy natijasi orqali qoplanadi.

Iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin bo’lgan holatlarni oldindan aytib berish va bartaraf etish bo’lib, agar nochorlik holati paydo bo’lsa, u bilan kurashishning samarali usullarini tavsiya etishdan iborat. Boshqarishning qaror qabul qilish qismi esa albatta korxona egasi tomonidan amalga oshirilishi darkor.

Kichik biznes korxonalari faoliyatining barqarorligini oshirishda yuqorida ko’rib o’tilgan tashkiliy, huquqiy va moliyaviy masalalarning o’z vaqtida va to’g’ri hal etilishi o’z navbatida sohadagi ishlab chiqarish samaradorligining o’sishi va barqaror rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Davlat dasturini, ushbu dasturga jalb etilgan davlat va nodavlat tuzilmalarini samarali muvofiqlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo’yicha Departament tuzish va unga tegishli vakolatlarni yuklatish zarur. Barcha darajadagi hokimiyatlar qoshida, vazirlik, davlat korporatsiya va kontsernlarida respublika rahbariyatining Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha qarorlarini bajarish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan ish olib boruvchi bo’linmalar tashkil etish lozim.


Download 316,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish