Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslari


II BOB. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR BANKROTLIGINI OLDINI OLISH VA UNI SOG’LOMLASHTIRISH



Download 316,72 Kb.
bet8/15
Sana22.05.2021
Hajmi316,72 Kb.
#65266
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Bankrotlik

II BOB. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR BANKROTLIGINI OLDINI OLISH VA UNI SOG’LOMLASHTIRISH


YO’NALISHLARI TAHLILI


2.1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati barqarorligi darajasini baholash va sog’lomlashtirishning uslubiy masalalari


Bozor iqtisodiyoti to’laqonli amal qilayotgan sharoitida, ya’ni raqobat bozorida ba’zi korxonalar tomonidan boshqaruv jarayoni to’g’ri yo’lga qo’yilmasligi natijasida ularning moliyaviy holati yomonlashadi va inqirozga uchraydi.

Bugungi kunda respublikamizda kichik biznes faoliyatini yanada rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish masalalariga keng e’tibor berilmoqda. Mazkur sohaning barqaror rivojlanishi, ko’p hollarda, nafaqat ularni tashkil etish, balki faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni tugatish ishlarining to’g’ri va samarali yo’lga qo’yilishiga ham bog’liq bo’ladi.

Korxona faoliyatini o’z vaqtida tugatishga undovchi iqtisodiy ahamiyatdagi sabablar tarkibiga quyidagilar kiradi:



  1. faoliyat ko’rsatmagan chog’da ham vujudga keluvchi xarajatlarning oldini olish. Ma’lumki, nazariy jihatdan ishlab chiqarish xarajatlari doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga ajratiladi. Agar o’zgaruvchan xarajatlarning miqdori ishlab chiqarish hajmiga bevosita bog’liq bo’lsa, doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar mavjud bo’ladi. Aynan ana shu doimiy xarajatlar korxona o’z faoliyatini yuritmayotgan chog’da ham mavjud bo’ladi (masalan, bino va uskunalarning ijara haqi, sug’urta to’lovlari, reklama, binoni qo’riqlash va unga texnik xizmat ko’rsatish xodimlarining ish haqi va boshqa to’lovlar). Korxona faoliyat ko’rsatmayotgan chog’da mazkur xarajatlarning vujudga kelishini oldini olishning yagona yo’li – korxona faoliyatini o’z vaqtida rasman tugatish hisoblanadi.

Korxonaning har bir mulkdori bu muammoni o’zicha hal etadi, biroq rentabellikning o’ta, umid qoldirmaydigan darajada pasayib ketishi holatidagi yagona to’g’ri qaror – bu korxonani tugatish hisoblanadi. Afsuski, firmani tashkil etish jarayonida muassislar odatda o’zlari tomondan ta’sis etilgan yuridik shaxsni davlat ro’yxatiga kiritilgandan so’ng, mazkur yuridik shaxsning ro’yxatdan chiqarilgunga qadar bo’lgan hatti-harakatiga javob berishlari haqida o’ylamaydilar. Boshqacha aytganda, xususiy biznesni tashkil etishda barcha harakatlar «kirish – bir so’m, chiqish – ikki so’m» printsipi bo’yicha amalga oshadi.

  1. korxona mulkini saqlab qolish. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga ko’ra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan bo’lsa, u holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari (qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.

Korxona faoliyatini o’z vaqtida tugatishga undovchi ma’naviy-ruhiy ahamiyatdagi sabablar tarkibiga esa, bizningcha, quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. tadbirkorning ma’naviy qiyofasi. Tadbirkor odamning yaxshi nomi o’ziga yarasha kapitaldir, u uzoq yillar davomida qilingan mashaqqatli mehnat tufayli to’planadi va o’ylab qilinmagan harakat evaziga bir zumda yo’qotiladi. Bu esa ishchan doiralarga xos bo’lgan konservatizm bo’lib, uning asosiy belgilari:

ehtiyotkorlik, aql bilan ish tutish va puxta-aniqlik kabi xususiyatlarda ko’rinadi.12

  1. qonunchilikda ko’zda tutilgan talablarga rioya qilish. Iqtisodchi olimlar Yo.Abdullaev va F.Karimovlar tomonidan tayyorlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari» deb nomlanuvchi o’quv qo’llanmada tadbirkorda mavjud bo’lgan o’n sifat qatorida mas’uliyatli bo’lish va qonunga itoat qilish alohida ko’rsatib o’tiladi.13 Tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik esa, korxona bankrotlikka yuz tutgan, yoki u ma’lum muddat xo’jalik faoliyatini ko’rsatmagan hollarda, ularning o’z vaqtida tugatilishini taqozo etadi.

  2. ro’y berishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlar, noxush hodisalarning oldini olish. Faoliyat ko’rsatmayotgan korxonani o’z vaqtida tugatish ro’y berishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlar, noxush hodisalarning oldini olish nuqtai nazaridan ham asosli, foydali hisoblanadi. Chunki, faoliyat yuritilmasdan, o’z holiga tashlab qo’yilgan, hisob-kitob, davriy hisobotlarga befarqlik bilan munosabatda bo’lingan hollarda quyidagi salbiy holatlar kelib chiqishi mumkin:

-korxona mol-mulkining saqlanishiga nisbatan xo’jasizlikka yuz tutilishi, ularning yo’qolishi, o’g’irlanishi, yaroqsiz holatga tushishi;

-korxona moliya-buxgalteriya, hisob va hisobot tizimining izdan chiqishi;

-turli ahamiyatdagi hujjatlar, ma’lumotlar va boshqa nazoratdagi ashyo (masalan, muhr, shtamp, firma nomi yozilgan maxsus blanka va b.)larning yo’qolishi, ulardan boshqa shaxslarning foydalanish xavfining paydo bo’lishi;

-qarovsiz qolgan korxona binosi va unga qarashli inshootlarda tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar yuz berishi ehtimoli va h.k. Shunga ko’ra, yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarning oldini olishning eng maqbul yo’li – faoliyat yuritmayotgan va kelgusida yuritmaydigan korxonalarni o’z vaqtida tugatish hisoblanadi.

Qaysi davlat organi tugatish jarayoniga to’liq javob berishi va muvofiqlashtirishi kerakligini aniqlab olish lozim. Bizning fikrimizcha, bunday vazifani korxonalarning ro’yxatdan o’tishiga javob beruvchi mahalliy hokimiyatlar zimmasiga yuklash mantiqan to’g’ri bo’lar edi. Buning uchun hokimiyat tarkibida korxonalarni tugatish bo’yicha maxsus bo’linmani tashkil etish lozim (shunda turli komissiyalarni shakllantirish zaruriyati yo’qoladi).

2) tugatish holatiga tushib qolish sababi va boshqa holatlarga qarab tabaqali yondashuv. N.Yusupova tomonidan faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni tugatish mexanizmi taklif etilib, bunda tugatish kim tomondan ilgari surilayotganligi, korxonaning moliyaviy-xo’jalik holatining qandayligi va boshqalardan kelib chiqqan holda quyidagilarga ajratish tavsiya etiladi:



1. Davlat ro’yxatidan o’tgandan buyon moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni tugatish:

  1. muassislarning tashabbusiga ko’ra;

  2. davlatning tashabbusiga ko’ra.

2. Korxonalarning ixtiyoriy tugatilishi:

  1. qarzi bo’lmagan yoki uni to’lay oladigan korxonalar;

  2. iqtisodiy nochor korxonalar.

3. Muassislari bo’lmagan korxonalarni tugatish:

  1. qarzi bo’lmagan yoki uni to’lay oladigan korxonalar;

  2. iqtisodiy nochor korxonalar.

Birinchi navbatda qarzi bo’lmagan korxonalarni tugatishni amalga oshirish kerak.14

  1. tugatish jarayoni asosiy maqsad emas, balki vosita, ya’ni korxonalarning sog’lom, barqaror moliya-xo’jalik faoliyati yuritishlariga intilishlari uchun rag’bat ekanligi. Bu tamoyilga amal qilinishi faoliyat yuritmayotgan yoki iqtisodiy nochor korxonalarni tugatishga qandaydir kampaniya sifatida yondashish, tugatishning yalpi usul va vositalaridan foydalanish holatlarining oldini oladi. Eng muhimi, har bir tugatilayotgan korxona faoliyati ortida tadbirkorning taqdiri, u tomonidan o’z vaqtida amalga oshirilgan moddiy va aqliy resurs sarflari yotishi nazarda tutilishi lozim. Shunga ko’ra, korxonani tugatish bilan bir qatorda uning xo’jalik faoliyatini yangidan boshlash imkoniyat va yo’llari ochib berilishiga erishish lozim.

  2. tugatish tartibining sodda va tushunarli ekanligi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tadbirkor tomonidan o’z faoliyatini tugatish ishlarining vaqtida amalga oshirilmasligi yoki yakuniga etkazilmasligi aksariyat hollarda tugatish tartibining murakkabligi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra, mazkur tartibni takomillashtirishda asosiy mezon sifatida ularning har bir tadbirkor uchun sodda va tushunarli bo’lishi sharti maydonga tushishi lozim.

  3. korxonaning mol-mulkini saqlab qolish. Kichik biznes korxonalari faoliyatining barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning tahlili ular faoliyatining tugatilishi har doim ham fojea yoki iqtisodiy jazo sifatida qo’llanilmasligini anglatadi. Zero, turli ob’ektiv sabablar oqibatida nochorlik holatiga tushib qolgan hamda ushbu faoliyatni davom ettirish imkonlari tugagan holatda korxonani tugatish – eng avvalo, uning qolgan mol-mulkini saqlash hamda iqtisodiy resurs sifatida qayta taqsimlab, yangidan ishlab chiqarish jarayoniga jalb etishdan iborat bo’lishi lozim.

  4. tugatish jarayoni muddatining qisqaligi. Nochor korxonalarning o’z vaqtida tugatilmasligi yoki tugatish ishlarining mantiqiy yakuniga etkazilmasligining asosiy sabablaridan biri tugatish jarayoni davom etish muddatining noaniqligidir. Tugatish bo’yicha hujjatlarni ko’rib chiqish uchun o’rnatilgan muddatlarga qat’iy amal qilish va nazoratga olish zarur.

Ushbu tamoyil korxonalarni tugatish jarayoni muddatining davomiyligini baholash mezoni sifatida ham qabul qilinishi mumkin. Buning uchun quyida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha har bir bosqich uchun amalda sarflangan vaqt birliklari summasi hisoblab chiqiladi va belgilangan me’yoriy vaqtga taqqoslanadi:

TMD = (H + HID + KD) £ TMV, (1.4)

Bu erda: TMD – tugatish jarayoni muddatining davomiyligi;

H – korxona faoliyatini tugatish to’g’risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflangan vaqt;

HID – hujjatlarning tegishli idoralar tomonidan ko’rib chiqish jarayonida bo’lish vaqti;

KD – hujjatlarning ko’rib chiqilish oraliqlaridagi kutish davri;

TMV – tugatish jarayonining amaldagi belgilangan me’yoriy vaqti.

Kichik biznes korxonalarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tugatish va davlat ro’yxatidan chiqarishning ko’rsatib o’tilgan tamoyillariga amal qilinishi o’z navbatida ularning barqarorligi darajasiga ta’sir ko’rsatadi.

Shuningdek, kichik biznes korxonalari faoliyati barqarorlik darajasini baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. -jadvalda bu boradagi asosiy ko’rsatkichlar va ularni aniqlash usullarini tavsiya etamiz.


Download 316,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish