XULOSA VA TAKLIFLAR…….………………………………….....………57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………..................59 ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston respublikasining “Talim to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz talim tizimining metadalogiyasini tashkil etadi. Ushbu jihatlarda kasb madaniyati yuksak malakali mutaxasislarni tayyorlash talimning asosiy vazifasi ekanligi takidlab o‘tilgan. Zero, mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti, fan-texnika va ishlab chiqarishning rivojlanishi mutaxasislarning kasbiy madaniyati bilan uzviy bog‘liq. Shunday ekan bugungi kunda bo‘lg‘usi mutaxasislarni kasbiy tayyorlash, ular shaxsini shakillantirishga yangicha nuqtai nazardan yondashish zamon talabidir. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Yaqin yillarda ta'lim sohasini rivojlantirishning asosiy vazifasi ta'lim muassasalarida yaratilgan moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish, ularni tizimli asosda zamonaviy texnika va uskunalar bilan yangitdan ta'minlab borish, o‘quv jarayoniga ilg‘or ta'lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimini keng joriy etishdan iboratdir1”
Demak, bugungi kunda Respublikamizning qator oliy o‘quv yurtlarida turli iqtisosliklar bo‘yicha tayyorlangan kasb talim o‘qituvchilari kasb madaniyatini yuksak darajada egalashi lozim, chunki mamlakatimiz kelajagi bo‘lmish yosh mutaxassis-kadrlarni tayyorlab voyaga etkazadilar.
Shu o‘rinda o‘qituvchisi o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan ijodkor shaxsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti va predmeti: Obeti :Ushbu bitiruv malakaviy ishi bakalavr darajasida bo‘lganligi uchun uzluksiz talimning o‘rta-mahsus kasb-xunar kollejlarida o‘kitiladigan “Korxona moliyaviy natijalarini tahlili” mavzusi tadqikot obekti sifatida ajratib olindi.
Predmeti: : “Korxona moliyaviy natijalarini tahlili” mavzusini o‘kitishda ko‘llaniladigan “Charxpalak” texnalogiyasini qo‘llash jarayonidir.
Ishning maqsadi va vazifalari: “Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlili” mavzusida dars o‘tishda «Charxpalak» texnologiyasi qo‘llashni chuqur o‘rganish va uni qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘lib, ana shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgiladik:
► “Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlili” mavzusini o‘qitishning ilmiy nazariy asoslash.
► Mavzuni o‘qitishda «Charxpalak» texnologiyasi va boshqa samarali metodlarni qo‘llash.
► “Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlili” mavzusini o‘qitishda «Charxpalak» texnologiyasi va uni qo‘llashni takomillashtirish.
► Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlili” mavzusini o‘qitishda «Charxpalak» texnologiyasini o‘rganib chiqish va bu boradagi kamchiliklar yuzasidan takliflar kiritish.