Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar deganda boshqa yuridik shaxslarga berilgan qarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar tushuniladi. Ushbu foizlarning miqdori tuzilgan shartnomalar asosida hisoblanadi.
Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta schyotida saqlanayotgan chet el valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari tushuniladi.
Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |