Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi. - Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi.
Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi. - Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi.
- Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o’sdi. Bu o’z-o’zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda
Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi. - Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |