Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish



Download 222,56 Kb.
bet11/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil

8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odamning qisman ishtiroki bilan boshqarishda nazorat asboblari, rostlagich va boshqa texnik qurilmalarni qo'llash jarayonidir. Odamning texnologik jarayonda ishtirok etish darajasiga ko'ra avtomatlashtirish quyidagi turlarga bo'linadi:



  1. avtomatik nazorat

  2. avtomatik rostlash

  3. avtomatik boshqarish.

Avtomatik nazorat texnologik jarayonning ayni holati haqida operativ ma'lumot olish va uni qayta ishlash uchun bo'lgan sharoitni ta'minlaydi.Bunda odam avtomatik rostlash sistemasining to'g'ri ishlashini nazorat qilib kuzatib boradi. Hozirgi kunda zamonaviy ishlab chiqarishning qanchalik takomillashganligini bildiruvchi parametrlardan biri uning qay darajada odam mehnatidan voz kechib avtomatlashtirilganligidir. Avtomatlashtirish juda yuqori darajada mehnat unumdorligini oshirishga va vaqtdan yutishga imkon beradi.
Mamlakatimizda ham kimyo sanoati korxonalarini tubdan yangilash, modernizatsiya qilish va ilm-fan yutuqlarining so’nggi namunalarini ishlab chiqarishga joriy etishga katta e'tabor berilmoqda. Farg'onaazot AJ “Katta ammiak” sexi ham shular jumlasidandir. Bu yerda deyarli hamma jarayonlar markaziy pult boshqarmasi orqali nazorat qilinadi. Tabiiy gazni markaziy trassadadan olishida uning sarfini HCV-700 orqali avtomatik o’lchanadi. Gazning bosimi QR-704 orqali o’lchanadi. 408 separatordan oldin gaz sarfi HCV-409 hamda bosimi QR-103 orqali o’lchanadi. Tabiiy gazga qo’shiladigan AVA ning bosimini QIRC-102 orqali rostlab turiladi. Yoqilg’i uchun beriladigan gaz bosimi PIRC-701 orqali avtomatik rostlab turiladi. 403 kompressordan so’ng gaz sarfi HCV-406 orqali o’lchanadi va 103 pechga yoqish uchun berilayotgan gaz harorati TIRC-101 orqali o’lchanadi. 104-a,b qurilmasidan so’ng ham gaz sarfi HCV-7 hamda QIRCAS-1 orqali bosimi rostlab turiladi. Gaz 107 konvertirga berilishdan oldin suv bug’i qo’shiladi bug’ning bosimini QIRC-2 avtomatik rostlab turiladi. 107 trubkali pechdan so’ng gaz harorati o’lchovchi TIRC-3 o’rnatilgan. 402 kompressordan so’ng havo sarfini o’lchash uchun HCV-8 o’rnatilgan bo’lib havoga par qo'shiladi uning sarfini o’lchach uchun HCV-1 klapini o’rnatilgan. 109 par yig’gichdan chiqishda parning sarfini o’lchashga QIR-16 hamda bosimini o’lchash uchun PIC-7 klapnlari joylashgan. 112 kotyol utilizatoridan chiqishda gazning haroratini nazorat qilish uchun TIRC-2 o’rnatilgan. 112 dan so’ng 114 CO 1- bosqich konvertiriga kirishda HCV-140 o’rnatilgan gaz sarfini o’lchash uchun. 145 da haroratni nazorat qilish uchun TIC-143 o’rnatilgan. 123 seperatorda suv sarfini nazorat qiluvchi LIC-140 joylashgan bo’lib separatordan chiqishda gaz sarfini rostlovchi HCV-141 joylashgan. Absorberga kirishda MDEA bosimini nazorat qilish uchun QIRC-302 joylashgan. 320 yig’gichda MDEA satxini ushlab turish maqsadida LIC-319 o’rnatilgan. Metanator 501 ga kirishda gaz aralashmasini sarfini nazorat qilish uchun HCV-501 joylashtirilgan bo’lib 505 seperatorda suv satxini ushlab turish uchun LIC-501 hamda 505 dan chiqishda gaz bosimini nazorat qilish uchun PIC-502 o’rnatilgan. Toza AVA ni kompressiyaga so'rishda bosim PRC-6 rostlagichi bilan me'yorlanib turadi. Birinchi bosqich kompressiya bo’limiga so’rish liniyasida ajratgich EmV-17, saqlovchi klapan SV-21 o'rnatilgan bo'lib MBPdan boshqariladi. Kompressor avariya holatida to'htaganda baypas klapanlari NS-21 va NS-29 lar avtomatik tarzda ochiladi, ajratgichlar EmV-5, EmV-9, EmV-12 esa yopiladi. Kolonnaga kirishda gaz sarfini o'lchash uchun HCV-606 MBP orqali masofadan boshqariluvchi zaslonkalar o’rnatilgan. Reaksion zonada normal temperaturani ushlab turish uchun har bir katalizator qatlami oldidan sovuq gaz kirishi uchun baypas trubalar o’rnatilgan. Baypas orqali avtomatik tarzda gaz kirishini nazorat qilish uchun TIRC-601, TIRC-605, TIRC-611 sintez kolonnasining katalizator qatlamlarida joylashtirilgan. Gaz maksimal temperaturaga yetganda (603) qizdirgichidan oldin TRAH-615 orqali signal beriladi. Suvning maksimal temperaturagacha qizib ketishi ham TRAH-625 orqali signal berishga olib keladi. Suvning berilishi MBP dan HCV-607 klapini orqali rostlab turiladi. (603) suv qizdirgichi va (601) sitez kolonnasiga kirish oralig'ida sintez kolonnasining qarshiligini harakterlovchi sirkulyatsion gazning bosimlar farqi PIR-602 uskunasi bilan o'lchanadi. Maksimal qiymati 1,8 MPa bo'lib, me'yordan oshsa signal beriladi va bosim 1,9 MPa gacha yetsa, kompressor avtomatik tarzda ortga ishlab, baypas rejimiga o'tadi. 606 suyuq ammiak bug'latgichida ammiak sathi LIC-610 rostlagich orqali avtomatik tarzda ammiakni tashlash bilan rostlab turiladi. Tasodifiy maksimum-minimum sathlar uchun signalizatsiya tizimi o'rnatilgan. (610) suyuq ammiak yig'gichda sath avtomatik rostlagich LIRC-605 orqali rostlab turiladi. 605 kondensatsion kolonnada va (621) separatorda suyuq ammiakning doimiy sathi avtomatik rostlagichlar: LIRC-601, LIRC-603 bilan rostlab turiladi. Bundan tashqari maksimum oldi, minimum oldi signalizatsiyalari va avariya holati signalizatsiyalari ham o'rnatilgan. Tank gazlari va haydash gazlari bug'latgichlarida (613, 612) suyuq ammiak sathi avtomatik tarzda LIRC- 608, LIRC-609 rostlagichlari bilan rostlanadi. Yig’gich 610 satxi maksimal qiymatga yetganda ajratuvchi klapin HCV-608 ochiladi va suyuq ammiak yig’gichida bosimni bir xilda tutib turuvchi avtomatik tartibga soluvchi PIC-603 nazorat qiladi. Sintez agregati bosimi doimiy puflash orqali kondensatsiyalash minorasidan keyin 611 purkash gazlarini berish yo’lida o’rnatilgan tartibga solgich PIC-601 yordamida tutib turiladi.
Kondensatsiyalash minorasidan gazni suyuq ammiak yig’gichiga 610 hamda ammiak minoradan puflash gazlari yo’liga yorib kirmasligi uchun avtomatik himoya to’sgichi LIRC-606 qo’yilgan u kondensatsion minoradagi satxi minimal bo’lganda suyuq ammik yo’lini to’sib qo’yadi. Sath normadan ko'tarilganda signalizatsiya ishga tushadi. Qizdirgichning avtomatik xavfsizlik choralari ko'rilgan bo'lib, tabiiy gazning qizdirgichga kirishida HCV-605 klapinining avtomatik berkitilishi, sintez gazning azot-vodorod bilan minimal sarfi FRS-601 bilan, tabiiy gazning minimal bosimi PIS-609 bilan, asosiy gaz gorelkalarida yoqish (qizdirgichda) KAS-601 bilan avtomatik tarzda rostlanadi. Yuqorida ko'rsatilgan parametrlarning qiymati o'zgarganda MBP ga avtomatik signalizatsiya beriladi.

Download 222,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish