Korxonalarda



Download 425,19 Kb.
bet1/3
Sana23.07.2022
Hajmi425,19 Kb.
#844405
  1   2   3
Bog'liq
korxonalarda-moliyaviy-qarorlar-qabul-qilish-va-risklarni-baholash-usullari



"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

May 2022 / Volume 3 Issue 5


Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari


Jumaniyazov Inomjon Turaevich inomjomscience@gmail.com Juraev Maqsud Annaqulovich Toshkent moliya instituti




Annotatsiya: Mazkur maqolada korxonalarda moliyaviy qarorlarni qabul qilish va moliyaviy risklarni baholash hamda boshqarish mexanizmini rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda moliyaviy risklarni boshqarish jarayonlarining asosiy elementlari tadqiq etilgan. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishga ta’sir etuvchi iqki va tashqi omillar o‘rganilgan. Korxonalarda moliya strategiyasini ishlab chiqish va unda moliyaviy risklarni boshqarish va baholash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar: moliyaviy qarorlar, moliyaviy risk, kapital, investitsion loyiha, baholash, moliya bozori, moliyaviy menejment, daromadlilik, ehtimollik, moliyaviy strategiya.


Methods of financial decision making and risk assessment in enterprises


Inomjon T. Jumaniyazov inomjomscience@gmail.com


A. Jurayev Tashkent Institute of Finance


Abstract: This article describes the economic importance of developing financial decision-making and financial risk assessment and management mechanisms in enterprises. The main elements of financial risk management processes have been studied based on international practice. Both external and external factors influencing financial decision making have been studied. Proposals have been developed to develop financial strategies in enterprises and to improve the practice of financial risk management and assessment.
Keywords: financial decisions, financial risk, capital, investment project, appraisal, finance market, financial management, profitability, probability, financial strategy.

Kirish
Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat bugungi kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda kengaytirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatlarini baholash va tegishli choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash, moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu jihatlar bevosita korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. “Jahon bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar borasida qator hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan” [1]. Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning moliyaviy- iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi” [2]. Bunda asosiy e’tibor jahon bozoridagi o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har tomonlama asosli tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlarda jahon bozori kon’yukturasidagi o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy doiradan jahon darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish, strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi omillarni oldindan baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi bu borada atroflicha tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng doirada turli sohalarga kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy rejalashtirish borasida atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda. Bu jihat o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar olib borish orqali moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart qilib qo‘ymoqda.
Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy strategiyaning to‘g‘ri belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, makrodarajada moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozlarini oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, soliq yukini pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy qism
Moliyaviy rejalashtirishning nazariy va tashkiliy jihatlarini o‘rganish natijalari ko‘rsatishicha, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish istiqbolli moliyaviy rejalashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Bunda xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliyaviy strategiyani shakllantirish uchun avvalo moliya strategiyasining iqtisodiy mohiyati, amal qilish lozim bo‘lgan printsiplar, ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari hamda bu borada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘rganib chiqishni shart qilib qo‘yadi. Shundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliya strategiyasini ishlab chiqish va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga to‘xtalib o‘tamiz.
Avvalo korporativ moliya strategiyasi mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada izlanishlar olib borgan olimlardan Rossiyalik iqtisodchi olim I.A.Lisovskaya “Kompaniya moliyaviy strategiyasini korxonalar moliyaviy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni neytrallashtirish va korxonaning real imkoniyatlarini boshqarib borish vositasi sifatida izohlaydi” [3].
Yana bir iqtisodchi olim N.V.Bobkov tomonidan esa moliyaviy strategiya tushunchasi kengaytirilgan ma’noda va qat’iy yo‘naltirilgan ma’noda ochib berilgan. Ya’ni, bunda qat’iy yo‘naltirilgan moliyaviy strategiya oldinga qo‘yilgan moliyaviy natijaga erishish uchun moliyaviy faoliyatni tashkil etishning aniq maqsad va vazifalari tizimini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy strategiyaning kengaytirilgan ma’nosi esa moliyaviy strategiyani bevosita boshqa funktsional strategiyalar (investitsion, marketing, ishlab chiqarish va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ekanligi bilan izohlanadi [4]. Mazkur jihatlar korporativ moliya strategiyasiga ham bevosita daxldordir.
Shuningdek, iqtisodchi olim I.A.Blank tomonidan “Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo‘llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini korrektirovka qilish yo‘lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashni o‘zida aks ettiradi” [5], deya izohlanadi.
Xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ moliyaviy strategiyani shakllantirish va amalga oshirish ham mikrodarajada, ham makrodarajada iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashki etish orqali yuqori moliyaviy natijaga erishishda korporativ moliyaviy strategiyaning ahamiyatli jihatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi keskin raqobat muhitida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi omillarni hisobga olinadi.

  2. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi ichki imkoniyatlar, xususan resurslar ta’minoti, jumladan, moliyaviy resurslar uzluksizligi, investitsion faoliyat samaradorligi va qaytimi, moliyaviy risklarni boshqarish imkoniyatlari, kadrlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarga asoslanadi.

  3. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi, avvalo, makroiqtisodiy rivojlanish holati va shart-sharoitlariga, kutilayotgan istiqbolli prognozlarga mos holda belgilanadi.



    1. Korxonani o‘z-o‘zini tashkil

etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash
11.moliyaviy strategiyaning tashkiliy tuzilmaga muvofiqligini ta’minlash

    1. Korxona operatsion

faoliyati bazaviy strategiyalarini hisobga olish



    1. Moliyaviy faoliyatni strategik

boshqarishni tadbikorlik stiliga maqsadli
yo‘naltirish 4. Strategik
moliyaviy rivojlanishning dominant sohalarini belgilash


10. Ishlab chiqilgan

Download 425,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish