1. Majburiyatlar ta’rifi va ularning yuzaga kelish sabablari.
BXXS majburiyatlarni «oldin bo‘lgan ho‘jalik muomalalari yoki faktlar natijasida kslib chiqqan, tartibga solinishi aktivlarning o‘tkazilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlar ko‘rsatilishi yoki kelgusida iqtisodiy manfaatlarning boshqa yo‘l bilan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan korxonaning majburiyatlaridir" deb ta’riflaydi. Shunday qilib, majburiyatlar uchta asosiy xususiyatga ega:
1. Majburiyat boshqa sub’ektga faqat aktivlarni o‘tkazish yoki xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan kondirilishi mumkin;
2. Majburiyat munozarali bo‘lmasligi kerak;
3. Majburiyatni keltirib chiqargan voqea urinli bo‘lishi kerak.
Majburiyat berilgan ta’rifga muvofiq qabul qilinganda, u darxol tan olinishi va yozuvlarga kiritilishi kerak. Majburiyatning buxgalteriyada tan olinishi, majburiyat paydo bo‘lgan kunda amalga oshirilishi kerak. Majburiyatni keltirib chiqargan ho‘jalik muomalasi odatda majburiyatning paydo bo‘lish sanasini aniqlab beradi. Joriy majburiyatlar joriy aktivlarga bo‘lgan da’voni bildiradi.Bu da’volar to‘lash muddati bir necha yilni tashkil etadigan obligatsiyalar kabi majburiyatlardan farq qiladilar.Majburiyatlarning turkumlanishida joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni farqlash muhimdir. Majburiyatni keltirib chiqaradigan ho‘jalik muomalasi, odatda uning summasini o‘lchash bazasini ham ta’minlab beradi. Majburiyat summasini o‘lchash uning sababi bilan bevosita bog‘liq:
Nasiyaga olingan TMZ.
Balansda joriy to‘lanadigan hisob varaqlar deb
ko‘rsatilgan, olingan tovarlarni ta’minlashga
yozilgan veksellar.
E’lon qilingan dividendlar.
To‘lanadigan majburiyatlarni keltirib chiqargan,
ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Kompaniyaga karshi ko‘riladigan sud ishi.
Kelgusi yildagi gazeta/jurnallarga obuna uchun
yigib olingan pul mablag‘lar.
Debetlanayotgan hisobvaraq turi
Aktiv
Boshqa majburiyat
Taqsimlanmagan foyda Xarajat
Zarar
Xizmatlar uchun bunak tariqasida
olinadigan pul mablag‘lari.
Korxona faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan majburiyatlarni ularning yakuniy moliyaviy natijalariga jiddiy ta’sir etishini e’tiborga olib majburiyatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning fikrimizcha majburiyatlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun quyidagi holatlarga e’tibor berish lozim:
-majburiyatlarni turli belgilarga ko‘ra turkumlanishini amalga oshirish;
-majburiyatlarni asosli tarzda baholanishini ta’minlash;
-majburiyatlarni bir toifadan ikkinchisiga o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazoratga olish;
-majburiyatlarni toifalari (joriy va uzoq muddatli), hamda yuzaga kelish muddatlari (to‘lov muddati yetib kelmagan va to‘lov muddati o‘tib ketgan) bo‘yicha moliyaviy hisobotda aniq ko‘rsatilishini ta’minlash; -muddati o‘tib ketgan va shartli majburiyatlar bo‘yicha asosli yoritib berishlarni ta’minlash;
Majburiyatlar hisobini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil qilish va yuritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Rasm 1 Majburiyat turlari
Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan majburiyatlar bitim, shartnoma yoki qonunchilik asosida kelib chiqadi. Bunday majburiyatlar bank krediti bo‘yicha qarzlarni, veksellar, dividend to‘lovlari, ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni, uning yuzasidan hisoblangan daromad solig‘i va majburiy ajratmalar bo‘yicha majburiyatlarni, olingan tovar – moddiy qiymatliklar hamda foydalanilgan xizmatlar bo‘yicha majburiyatlar o‘z ichiga oladi.
Baholanuvchi majburiyatlar – malum muddat yetib kelmagunga qadar aniq hisoblab bo‘lmaydigan qarzdorlik summalaridir. Bunga misol tariqasida foyda va mulk soliqlari bo‘yicha majburiyatlarni, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha xaridorlarga berilgan kafolatlar bo‘yicha qarzlar va ta’til to‘lovlarini keltirish mumkin.
Shartli majburiyatlar – kelgusida zarar yoki qarzdorlikni keltirib chiqaruvchi voqea va hodisalar ta’sirida vujudga keladigan majburiyatlardir. Boshqacha qilib aytganda shartli majburiyat deb juda yuqori yoki yuqori ehtimol bilan amalga oshishi mumkin bo‘lgan voqea va hodisalar natijasida korxonaning iqtisodiy manfaatlarini kamayishiga sabab bo‘luvchi majburiyatlarga aytiladi (Rasm 2).
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy audit yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz va xorijda e’lon qilingan ilmiy asarlarni o‘rganish va majburiyatlar hisobining amaliyotda harakat qilayotgan tartibi bilan tanishish bizga majburiyatlarni 2 rasmda ko‘rsatilgan tarzda turkumlash imkoniyatini berdi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki majburiyatlar to‘lov muddatiga ko‘ra qisqa (joriy) va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Bizning fikrimizcha joriy majburiyatlar – bu, korxonani u bilan iqtisodiy aloqa qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlarga bir yil davomida to‘lanishi lozim bo‘lgan kreditorlik qarzlaridir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektida joriy majburiyatlarning asosiy turlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: