Korxonalarda zhorij mazhburiyatlar hisobi va auditini tashkil etish



Download 263,14 Kb.
bet8/9
Sana25.03.2022
Hajmi263,14 Kb.
#509325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QISQA VA UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR HISOBI kurs ishi

X U L O S A VA TAKLIFLAR.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida turli xil mulkchilik shakllarining tashkil topishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektida xo‘jalikni boshqarishning yangi mexanizmini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari xo‘jalik yurituvchi sub’ektida ham ko‘p mulkchilikka asoslangan qo‘shma korxonalar va xususiy korxonalar tashkil qilingan va qilinmoqda. Bu xo‘jalik jamiyatida yuzaga kelayotgan majburiyatlar korxonani qarzga, qolaversa inqirozga olib kelib bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Bu muammolarni hal qilishda majubriyatlar hisobi va auditini takomillashtirish hamda ulardan samarali foydalanish zaruriy shartdir.
Xorijiy davlatlardagi va respublikamizdagi ilmiy, nazariy manbalarni o‘rganish, tarmoq korxonalari ma’lumotlarini audit qilish, umumlashtirish asosida Xo‘jalik yurituvchi sub’ektida majburiyatlar hisobi va auditini tashkil qilishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ma’lum xulosa va quyidagi tavsiyalar berildi.

  1. Iqtisodiy adabiyotlarda majburiyatlarga berilgan ta’riflar qiyosiy jihatdan tanqidiy o‘rganilib, ularga ilmiy jihatdan asoslangan yangi mazmundagi ta’rif berildi. Bunda majburiyatlar borasida iqtisodchi olimlarning fikrlarini umumlashtirib majburiyatlarni xarakterlovchi quyidagi tomonlarini keltirib o‘tishni tavsiya etdik. Birinchidan, majburiyatlar oldin bo‘lib o‘tgan xo‘jalik muomalalar natijasidir, ikkinchidan bir korxonaning ikkinchiga bo‘lgan qarzdorligidir uchinchidan ularning so‘ndirilishi korxona aktivlarining kamayishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatib o‘tdik.

  2. Majburiyatlarning xususiyati va turlarini baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunda qarzdorliklarni xususiyati va turlari orqali majburiyatlarni turkumlanishini yarata olishga imkon bo‘ldi. Majburiyatlarni turkumlashda asosan biz ikkiyo‘nalishni, mahalliy kreditorlar va xorijiy kreditorlarga bo‘lib ularni yuqori aniqlikka ega bo‘lgan majburiyatlar, baholanuvchi majburiyatlar hamda shartli majburiyatlar asosida amalga oshirishni tavsiya etdik. Bu esa bizning fikrimizcha quyidagi afzalliklarni beradi:

Birinchidan, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan majburiyat bizga - qarzdorliklarni to‘lov muddatini, joriy yoki uzoq muddatini, to‘lov muddati yetib kelgan yoki o‘tib ketganini hamda da’vo muddati o‘tib ketmagan yoki o‘tib ketgan qarzlarni aniqlash imkoni beradi.
Ikkinchidan baholanuvchi majburiyatlarda haqiqiy va baholanganligini aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Uchinchidan esa shartli majburiyatlarda zahira tashkil qilinadigan va zahira tashkil qilinishi mumkin bo‘lgan hamda zahira tashkil qilinmaydigan holatlarni aniqlashda yordam beradi.
Bizning fikrimizcha joriy majburiyatlarni hisobga olishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishda ikki afzallikga ega bo‘lishimizni isbotlashga harakat qildik. Birinchidan, mahalliy va xorijiy hamkorlar oldidagi majburiyatni nazorat qila olishimiz; Ikkinchidan bu afzallik majburiyatlarni yuzaga kelish yo‘nalishlarini tezkor audit qilib borishni beradi.
Majburiyatlar hisobini tashkil etishda o‘z fikrlarimizga tayangan holda biz soliq turlari bo‘yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlarni schyotlarda alohialohida olib borishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Bitiruv malakaviy ishimizda joriy majburiyatlarni takomillashtirishda bir nechta tavsiyalarni ishlab chiqdik. Ushbu bo‘yicha biz majburiyatlarni tasniflashga erishdik. Bu tasniflash yordamida moliyaviy hisob vazifalarini bajarishdan tashqari boshqaruv hisobi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etishini isbotladik.
Mehnat haqi bo‘yicha ham bitiruv malakaviy ishi ishimizda bir taklifni ilgari surdik. Bizning fikrimizcha, o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi maxsus hisob-varaqga o‘tkazilishi lozim va ularga to to‘lov amalga oshirilgunga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining fuqarolarning omonotlarga belgilangan daromad stavkalari bo‘yicha korxona foydasi hisobidan foiz hisoblab borilishi lozim. O’z vaqtida to‘lanmagan ish haqiga daromadlarni to‘g‘ri hisoblashi uchun schyotlar rejasiga 6730-«O’z vaqtida to‘lanmagan ish haqi» schyotini kiritishni tavsiya etamiz.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektida majburiyatlar auditini tashkil etish tartibi va uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunda amaliyot ob’ektida majburiyatlar auditini tashkil qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ushbu bosqich asosida birinchidan, majburiyatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish va ularni auditga tayyorlash, ikkinchidan auditni amalga oshirish, uchinchidan audit natijalarini izohlash, to‘rtinchidan esa audit natijalariga ko‘ra xulosa qilish va tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyotni ekrinlashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ekti qisqa muddatli majburiyatlarini audit qilishda, korxonaning joriy qarzini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni baholash va audit qilish, ta’kidlanganidek, muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, qisqa muddatli majburiyatlarni o‘zgarishi, Tuzulmaviy va nisbiy baholash auditi ko‘rsatib berildi.
Bundan tashqari, har bir guruhga dahldor bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimi, ularni aniqlash va audit qilish yo‘llari ishlab chiqilgan. Bu boradagi barcha nazariy tavsiyalar amaliy ma’lumotlar bilan isbotlangan. Ushbu holat ko‘rsatadiki bitiruv malakaviy ishida tavsiya qilingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektida joriy majburiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash va audit qilish usullari amaliyotda bemalol qo‘llanilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu tavsiya qilingan audit usullarini amaliyotga joriy qilish, Xo‘jalik yurituvchi sub’ektida majburiyatlar bo‘yicha boshqarishni takomillashtirish bilan birga ma’lum darajada samaradorligining oshirilishiga ham olib keladi.
Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklar, shakllantirilgan xulosa va takliflar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jumladan, “Munis baraka lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyatda majburiyatlarning buxgalteriya hisobi va auditini yanada takomillashuviga, shu bilan birga ushbu tarmoqni iqtisodiy jihatdan barqarorlashiga olib keladi, deb hisoblash mumkin.

Download 263,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish