o’ta muximdir. Bunda ular o’z vaqti bilan va korxona maqsadiga muvofiq bir
foydalanish va ularni manbalaridan samarali olinishini emas, balki, korxona
moliyaviy siyosatidan kelib chiqib mavjud resurslarni aniq maqsadli xarajat
qilishni ham ko’zda tutadi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati
shundaki, bunda korxonalar faqatgina moliyaviy resurslarini shakllantirishda emas,
balki bankrot bo’lmasligi uchun moliyaviy resurslarni qanday qilib sarflash kabi
qiyin masalalarga duch keladi Korxona moliyasi - korxona xo’jalik faoliyati
jarayonida pul mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan
bog’liq vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Korxona moliyasi
korxona faoliyatining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Korxona moliyasi moliyaviy
26
resurslar manbalari, yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan
moddiy ishlab chiqarish doirasida bevosita qatnashadi. Korxona quyidagilar bilan
o’zaro moliyaviy munolsabatlarga kirishishi pul fodlarining shakllanishi orqali
amalga oshiriladi: Mol etkazib beruvchilar – uning faoliyati uchun zarur bo’lgan
moddiy qiymatliklar, xizmatlar sotib olinishida; pudratchilar – qurilish mantaj,
remont va boshqa ishlarga to’lov; xaridorlar – tovar realizatsiyasida va xizmat
ko’rsatishda; byudjet bilan – soliqlar, ajratmalar va boshqa to’lovlar bo’yicha;
banklar – kreditlar, pul mablag’larining saqlanishi, hisob operatsiyalariga to’lovlar;
ishchi va xizmatchilar – ish haqi va boshqa hisoblar bo’yicha.
Korxona moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu
narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki
moddiy va mehnat resurslari xara-jatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham,
masalan, mahsu-lotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning
natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga
ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu korxona moliyaviy-
xo’jalik faoliyati samaradorli-gini xarakterlovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri
bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab
chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir.
Yuqorida biz korxonalarni qanday tashqi va ichki manbalar orqali
moliyalashtirishini ko’rib chiqdik. Agar biz ularni taqqoslaydigan bo’lsak ikkala
usulni ham o’ziga xos bo’lgan ustunlik va kamchiliklarni ko’rishimiz mumkin.
Umuman olganda korxonaning o’z mablag’lari hisobiga moliyalashtirishini ijobiy
holat deb baholashimiz mumkin. Lekin bunday holda korxona turli hildagi soliq va
yig’imlarni byudjetga to’lab bo’lganidan keyin o’z faoliyatini moliyalashtirishi
mumkin. Chunki ichki manbalar asosan korxonaning oladigan foydasi hisobiga
shakllanadi. Korxonalar ham ichki va tashqi manbalar uyg’unligidagi moliyaviy
resurslardan foydalangan holda o’z faoliyatlarini moliyalashtirishlari ko’proq
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning natijasida korxonalar ishlab chiqarish
unumdorligining oshishiga va o’z moliyaviy holatini barqarorligini ta’minlashga
erishishlari mumkin.