24
emissiya qilish orqali tashqi mablag’larni jalb qilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlar
tajribasida bu usuldan juda keng miqyosda qo’llaniladi.
Qayta taqsimlash natijasida vujudga keluvchi manbalarga sug’urta badallari
asosidagi to’lovlarni, boshqa emitentning qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizli
daromadlarni va byudjetdan ajratmalarni ( subsidiya ) kiritish mumkin.
Yuqorida biz korxonalarni qanday tashqi va ichki manbalar orqali
moliyalashtirishini ko’rib chiqdik. Agar biz ularni taqqoslaydigan bo’lsak ikkala
usulni ham o’ziga xos bo’lgan ustunlik va kamchiliklarni ko’rishimiz mumkin.
Umuman olganda korxonaning o’z mablag’lari hisobiga moliyalashtirishini ijobiy
holat deb baholashimiz mumkin. Lekin bunday holda korxona turli hildagi soliq va
yig’imlarni byudjetga to’lab bo’lganidan keyin o’z faoliyatini moliyalashtirishi
mumkin. Chunki ichki manbalar asosan korxonaning oladigan foydasi hisobiga
shakllanadi.
Tashqi manbalar hisobiga moliyalashtirishning moliyalashtirishning ham
o’ziga hos bo’lgan ijobiy tomonlari mavjud. Birinchidan, korxona o’z faoliyatlarini
tashqaridan jalb qilinadigan manbalar orqali moliyalashtirmoqchi bo’lsa unda bu
korxonani moliyaviy jihatdan barqarorlashayotganidan dalolat beradi. Chunki
korxonaga investitsiya kiritmoqchi bo’lgan investor, kredit bermoqchi bo’lgan
bank tashkiloti iloji boricha moliyaviy jihatdan ijobiy natijalarga erishayotgan
korxonalarga moliyaviy resurslarni joylashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan
korxonaga investitsiya sifatida joylashtirilgan moliyaviy resurslarga ko’pgina
hollarda soliq solinmaydi yoki soliq solish bo’yicha turli hildagi imtiyozlar
beriladi.
Agar korxona kutilmaganda katta zarar ko’rsa yoki bankrot bo’lish arafasida
turgan bo’lsa u holda korxona qayta taqimlash natijasida yuzaga keluvchi tashqi
manbalar orqali o’z faoliyatini moliyalashtirishga to’g’ri keladi. Bu turdagi
molyaviy resurslarga ham soliq solinmaydi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksiga ko’ra:
byudjetdan berilgan subsidiyalari;
25
sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tavoni (sug’urta summasi)
tariqasida olingan mablag’lari;
yuridik shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.
7
Qayta taqimlash natijasida vujudga keluvchi tashqi manbalar korxonani
moliyaviy holatini rag’batlantirish maqsadida ham jalb etish mumkin. Ya’ni bunga
soliqlardan beriladigan imtiyozlarini misol qilish mumkin. Bular korxonani
daromadi sifatida qaralmasada lekin korxonalarni harajatlarini qisqartirishiga
yordam beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi korxonalar ko’proq ichki moliyaviy resurs
manbalaridan foydalangan holda o’z faoliyatlarini moliyalashtirmoqdalar. Lekin
yuqorida aytib o’tilganidek tashqi jalb qilingan manbalar orqali o’z faoliyatini
moliyalashtirayotgan korxonalarga davlat tomonidan turli hildagi soliq imtiyozlari
berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: