Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti



Download 58,08 Kb.
bet1/8
Sana26.02.2022
Hajmi58,08 Kb.
#467921
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Корхона иктисодиёти курс иши бажариш бўйича ўқув кўрсатма


Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan kurs ishini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatma


KIRISH
Kurs ishi – bu o‘quv rejasiga kiritilgan, biror aniq mavzu bo‘yicha talaba tomonidan tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini o‘z ichiga olgan yozma ish. Kurs ishlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standartlari” da ko‘zda tutilgan. Uni yozish talabalarning fan bo‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga, mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini egallashga, bajargan ilmiy ishi natijalarini ijodiy yakunlashni o‘rganishga yordam beradi.


1. KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari talabalarida ilmiy-tadqiqot ishlari va moddiy ishlab chiqarishdagi masalalarning echimini topishga imkon beruvchi chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda kurs ishining ahamiyati kattadir. Kurs ishini bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda echish hamda o‘z g‘oya va echimlarini jamoada himoya qilish ko‘nikmasini egallaydi.


Kurs ishini bajarishdan maqsad – o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan muayyan fan bo‘yicha ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni konkret ijodiy va amaliy masalalarni mukammal echishda qo‘llashdir.
“Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan kurs ishi tayyorlash 5230400-“Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga ko‘ra 8 semestrda ko‘zda tutilgan. “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti ” fanidan kurs ishini yozishdan maqsad talabalarda mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
- talabalarning ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim mobaynida olgan nazariy bilimlarini ma’lum bir mavzu yoki muammo bo‘yicha chuqurlashtirish;
- o‘quv va ilmiy adabiyotlardan mustaqil o‘rganish, axborot to‘plash tajribasini hosil qilish;
- iqtisodiy tahlil, jumladan, qiyosiy tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi:
- talabalarning ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil faoliyatlarda olgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini ijodiy masalalarni bajarishda qo‘llay olishini namoyish etish talabalarda me’yoriy, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
- mustaqil fikrlash va eng maqbul echimlarni qabul qilishga o‘rgatish;
- axborot texnologiyalari vositasida tayyorlagan o‘z ishining taqdimoti (himoyasi)ni o‘tkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallagan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta bilish, turli zamonaviy texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobiliyatini ko‘rsatish;
- o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish etish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, ish bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
- talabalarda guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini faollashtirish, oldinga qo‘yilgan maqsadni bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini kengaytirish, umumiy masalalarni echishda hamkorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olish, ijodiy ishlash jarayonini to‘la nihoyasiga etkazish mas’uliyatini his etishga o‘rgatish.
Kurs ishi ustida ishlash, shuningdek, talabalarni kelajakda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga ham yordam beradi.


  1. Download 58,08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish