3. Boshqaruv qarorlar, ularning usullari va ularni qabul qilish jarayoni
Qaror- bu umumiy maqsadlar yo‘nalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir.
Boshqaruv qarori - bu boshqaruv faoliyatini oxirgi natijasidir. Agar boshqaruvda mexnat predmeti axborot bo‘lsa, uning mexnat (natijasi) maxsuloti-boshqaruv qaroridir.
Boshqaruv qarori- muammoli vaziyatni hal etish uchun yozma yoki og‘zaki shaklda ifoda etilgan va amalga oshiriladigan,qayd etilgan boshqaruv faoliyatidir.YOki, boshqaruv qarori boshqaruv tizimi (menejment)ning aniq maqsadga erishishda bashorat etish, optimallashtirish, iqtisodiy asoslash va tahlil etish natijasi va ko‘pgina muqobil variantlardan birini tanlashdir. Boshqaruv qarori - korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o‘z extiyojlarini qondiradi, mavqeiga ega bo‘ladi, xar tomonlama o‘sadi va umuman jamiyat o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |