Tahlilning maqsadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini barcha tomonlarini chuqur o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish tahlilning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Tahlilning asosiy vazifalari.
1.Xo’jalik yurituvchi subyektni biznes rejasini tuzish uchun tegishli hisobot axborot ma’lumotlar bilan taminlash;
2.Biznes reja bajarilishini o’rganish.,
3.Har-bir jarayon natijasining o’zgarishini aniqlash va unga ta’sir qiluvchi har bir omilning ta’sirini hisoblash.,
4.Tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsatish;
5.Xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, uning to’lovga qodirligi darajasiga baho berish hamda ularni yahshilash va oshirish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |