Solishtirish usul. Har qanday jarayon tahlili ushbu usulni qo’llash bilan boshlanadi. Ushbu usul yordamida tahlil qilinadigan jarayon ko’rsatkichlari taqqoslanib, farqi aniqlanadi. Qolgan barcha usullar solishtirish natijasida aniqlangan farqning sabablarini topishga qaratilgan bo’ladi.
Bu usulni to’g’ri qo’llash uchun tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar albatta taqqoslama xususiyatga ega bo’lish kerak. Buni quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.
1.Ko’rsatkichlarni aniqlash usuli aynan bir xil bo’lishi kerak
2.Tahlil qilinadigan davrdagi ko’rsatkichlar bir xil baholarda hisoblangan bo’lishi kerak
3.Taqqoqslab o’rganilayotgan jarayonlarning zamonlari bir xil davriylikka ega bo’lishi kerak
4.O’zaro o’xshash, bir biriga yaqin bo’lgan, yo’nalishi bir xil bo’lgan korxonalar ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |