Korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi


Guruhda (jamoada) bo’lish motivi



Download 71,7 Kb.
bet16/16
Sana30.03.2022
Hajmi71,7 Kb.
#517129
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
KORXONA VA TASHKILOTLARDA PERSONALNI BOSHQARISH STRATEGYASI

Guruhda (jamoada) bo’lish motivi. Ushbu qiziqish ayniqsa personalni boshqarishning sharqiy (yaponcha) usuliga xos: guruhiy axloq, shaxsiy musobaqa mavjud emasligi, korporativ madaniyat va hokazolar. Ko’pgina sotsiologlar fikricha, ahil jamoada mehnat qilish, xodimni ishga qiziqtirishning eng jozibali turi hisoblanadi.

  • Shaxsiy o’zligini namoyon qilish motivi. Bu ko’pgina xodimlarga, ayniqsa yosh va etuk yoshdagi xodimlarga xos.

  • Mustaqillik motivi. Bu “xo’jayinlik" his-tuyg’usi kuchli bo’lgan xodimlarga xosdir. Mazkur insonlar “xo’jayinlik qilish va tadbirkorlikni mustaqil olib borish uchun” barqarorlikni qurbon qilishlari va yuqoriroqish haqidan voz kechishlari mumkin. Ular - ishbilarmonlar tavakkalchilik qilib, o’zlarining barqaror ish joylari, yuqori miqdordagi maoshdan voz kechib mustaqil ish boshlagan.

  • Ishonchlilik (barqarorlik) motivi. Mohiyat jihatidan bu mustaqillik motivining aksidir. Bu holda faoliyatning va turmushning barqarorligi tadbirkorlikdagi tavakkalchilikdan afzal ko’riladi.

  • Yangilikka (bilimlar, buyumlarga) ega bo’lish motivi. Bu bozor menejmenti, eng avvalo marketingning ko’pgina xususiyatlari negizini tashkil etadi. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda moddiy buyumlar dunyosini yaratish uchun xuddi shu qiziqishdan foydalanadilar.

  • Adolatlilik motivi insoniyat butun taraqqiyoti davomida alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Har bir jamiyatda adolat tushunchasi o’ziga xos mezonlarga ega bo’ladi. Adolat tamoyiliga amal qilmaslik xodimlar qiziqishini so’ndiradi, hatto o’ta jiddiy ijtimoiy muammolarga sabab bo’ladi. Shuning uchun O’zbekistonda hayotning boshqa sohalarida, xususan ishlab chiqarishda ham adolat tamoyiliga amal etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

  • Musobaqalashish motivi har bir insonga xos xususiyat. Bu holda kam xarajat bilan yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Musobaqalashish motivi korxonada musobaqa tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvo-fiqdir:

    • musobaqalashuvchilarni sharoitlari, ishlab chiqarish xususiyatlari yaqin bo’lgan guruhlar bo’yicha tabaqalashtirish;

    • ko’rsatkichlarning bir xil bo’lishi;

    • g’oliblarii tabaqalashtirgan holda taqdirlash;

    • goliblik o’rinlarini egallaganlarning ish haqi kamida uchdan bir baravarga ko’payishi kerak.

    Qiziqtirishda inson manfaati hamisha hisobga olinadi: psixologiyaga oid adabiyotda qiziqish va manfaatga bir tushuncha sifatida qaraladi. Iqtisodiyotda esa manfaat iqtisodiy sub’ektlar xatti-harakatlarining manfaatdorligini, qiziqishini rag’batlan-tiruvchi omil hisoblanadi.
    Boshqaruv nuqtai nazaridan xodimda qanday manfaatlar mavjudligini bilish muhimdir. Bu boshqaruv maqsadlariga muvofiq personal faoliyatini muayyan ish, vazifaga yo’naltirishga xizmat qiladi. Ana shu maqsadga erishish uchun manfaatlar tasnifini bilish darkor (9.11-rasm).
    Manfaatni shakllantirish murakkab va ko’p bosqichli jarayondir. Birinchidan, bu insonning ushbu ehtiyojning uning hayoti uchun ahamiyatini anglatishdir. Ikkinchidan, ehtiyojni qondirish yo’llarini izlashga undaydi. Tashqarida ehtiyojni eng yaxshi darajada qondiradigan ob’ekt belgilanadi. So’ng bu ob’ektni ehtiyojni qondirish jarayoniga jalb etish yo’li izlanadi. Natijada, ushbu ob’ekt bilan bog’liqharakatlar boshlanadi. Shunday qilib, manfaat insonlar faoliyati va ular xatti-harakatining real sababchisiga aylanadi.


    Mutaxassislarning fikriga ko’ra, korxonalarda mehnat munosabati bo’yicha xodimlarning to’rt toifasi (9.2- jadval) mavjud.
    Download 71,7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish