Korxona tо‘G‘risida umumiy ma’lumot


MASULYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING USTAV FONDI



Download 46,19 Kb.
bet2/5
Sana18.07.2022
Hajmi46,19 Kb.
#824063
1   2   3   4   5
Bog'liq
xamza Expo

2. MASULYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING USTAV FONDI
4.1 Jamiyatning ustav fondi 160 000000 (oltmish million) sо‘mni tashkil qiladi.
Jamiyat Ustav fondi ishtirokchi tomonidan dalolatnoma asosida berilayotgan bino va inshoatlar, texnologik uskunalar va boshqa asosiy vositalar, mol-mulk, pul mablag‘lari hamda nomoddiy aktivlar (mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bо‘lgan aktivlar) hisobidan shakllantiriladi.
Ishtirokchi mazkur ustav davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganidan sо‘ng 1 yil muddat ichida о‘z ulushini kiritishi lozim.
Jamiyat ishtirokchilari tomonidan ulushning tо‘liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Mazkur guvohnoma qimmatli qog‘oz hisoblanmaydi.
Jamiyatning ustav fondi Jamiyatning mulki, ishtirokchining qо‘shimcha hissasi hisobidan oshirilishi mumkin.


3.“XAMZA EXPO ART tekstil” MCHJ ning aktivlari tarkibi
“XAMZA EXPO ART tekstil” korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi:

  • yer uchastkalari;

  • binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar);

  • inshootlar ( ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar);

  • uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);

  • mashina va jihozlar;

  • о‘lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari;

  • hisoblash texnikasi;

  • transport vositalari;

  • qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan kо‘p bо‘lgan asbob va moslamalar;

  • Ishlab chiqarish va xо‘jalik inventarlari.

Asosiy fondlar alohida guruhlari о‘rtasidagi nisbat asosiy fondlarning qaysi guruhi uchun mablag‘ sarflanishi jamiyat uchun ahmiyatsiz emas. Chunki korxonalarni ishlab – chiqarishda asosiy о‘rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlaydigan asosiy fondlarning aktiv qismi - mashina va jihozlarning kо‘payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlar asosiy fondlarning passiv qismiga kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning о‘sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini tо‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarishning о‘sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag‘larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.
Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasi bir xil bо‘lmaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatida binolar asosiy о‘rin egalaydi (44-46%), yonilg‘i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy о‘rin egallaydi. Demak, yengil sanoat hisoblangan “Xamza Expo Art tekstil” korxonasida asosiy ishlab chiqarish fondlari 44-46 foizni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Tahlillar shuni kо‘rsatadiki, “Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasida uzoq muddatli aktivlarning umumiy aktivlardagi ulushi 46 foiznit tashkil qilmoqda. Bu holat esa korxonada ijobiy baholanish mumkin.
1-jadval
XAMZA EXPO ART tekstil” korxonasining buxgalteriya balansini aktiv moddalarining tahlili (2019 yil holatiga)

Mol-mulkning tarkibi

Yil boshiga

Yil oxiriga

О‘zgarishi (+,-)

Summa, ming sо‘m

Sal-mog‘i, %

Summa, ming sо‘m

Sal-mog‘i, %

Summa, ming sо‘m

Sal-mog‘i, %

Yil boshiga nisbatan о‘sishi, %

1

2

3

4

5

6=4-2

7=5-3

8=6\2*100

1. Uzoq muddatli aktivlar

29446840

45%

31901431

46%

2454591

+1%

+8,3%

2. Joriy aktivlar

35300923

55%

37536567

54%

2235644

-1%

+6,3%

Shu jumladan:

A) Tovar-moddiy zahiralari

8348395

13%

10917789

16%

2569394

131%

+30,8%

B) Pul mablag‘lari va qisqa muddatli qо‘yilmalar

804305

1%

296218

0,4%

-508087

37%

-63,2%

V) Debitorlar

52613

0,1%

227250

0,3%

174637

432%

+331,9%

Balans aktivining jami

64747763

100

69437998

100

4690235

107%

+7,2%

Chunki, moliyaviy tahlilning muhim xususiyatlaridan biri korxona mulki, zahiralar va xarajatlarni xar tomonlama о‘rganishdir. Bunday mablag‘lar tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari, ya’ni homashyo va materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlovchi buyumlar, konstruksiya va detallar, ikkilamchi materiallar va о‘rnatilgan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi. Ular korxonaning bir meyorida ishlashi hamda mahsulot ishlab chiqarishi va shartnoma bо‘yicha sotish rejasini ta’minlashga yetarli bо‘lishi lozim. Quyidagi jadvalda korxona mulkining xajmi va tarkibi keltirilgan. Uni tuzishda balans ma’lumotlaridan foydalanib, sof, ishlatishga layoqatli boyliklar holati о‘rganiladi. Keltirilgan ma’lumotlar balansning jami summasiga teng bо‘ladi.
Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan shaklidagi “Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasida о‘rganilayotgan joriy davrda jami aktivlar summasi 7,2 foizga kо‘paygan. Aktivlarning kо‘payishini ijobiy baholagan xolda, ma’lumotlarga e’tibor qiladigan bо‘lsak, aktivlarning kо‘payishi asosan joriy aktivlarning 8,3 foizga hamda uzoq muddatli aktivlarning 8 %ga ortganligi hisobiga bо‘lgan. Joriy aktivlarning tarkibini о‘rganadigan bо‘lsak, joriy yil oxirida yil boshiga nisbatan tovar-moddiy zahiralar 30,8 % ga oshgan, ya’ni bu +2569394 ming sо‘mni tashkil etadi.
Debitorlik qarzlari esa yil oxiriga kelib 3 barobardan kо‘proqqa oshgan va +174637 ming sо‘mga kо‘payganligini salbiy baholamoq kerak. Chunki, debitorlik qarzining bunday tartibda ortib borishi korxonaning aylanma mablag‘larini aylanishini sekinlashtiradi, uning tо‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Bu borada korxona rahbariyati tomonidan tagishli qarorlar qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz.
Korxona aktivlari tarkibida asosiy salmoqni joriy aktivlar egallaydi. Uni tarkibida esa tovar-moddiy zahiralari asosiy о‘rinda bо‘lib, u 13 % ga yaqin aktivlar summasini tashkil etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxonada meyordan ortiqcha tovar-moddiy zahirasi yaratilganligini hamda uning natijasida korxona joriy aktivlarini aylanishi sekinlashishini kо‘rsatmoqda. “Xamza Expo Art tekstil” korxonasi ma’muriyati mavjud aktivlardan unumli foydalanish choralarini kо‘rishi lozim, deb hisoblaymiz.
Balansning passiv qismida korxona mablag‘larining qoplash manbalari kо‘rsatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mablag‘larni tо‘ldirish quyidagilardan iborat:

  • о‘zlik mablag‘larning manbalari;

  • majburiyatlar.

Bunda eng muxim о‘rinni korxonaning о‘ziga qarashli ustav qо‘shilgan, rezerv, kapitallar, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va tо‘lovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari egallaydi. Ustav kapital korxona ixtiyoridagi doimiy berkitilgan asosiy va aylanma mablag‘larning xajmini kо‘rsatadi. U turli xо‘jalik muomalalari ta’sirida о‘zgarib turadi. bunga foydaning taqsimlanishi xisobiga tо‘ldirilish, xomiylarning a’zolik badallari, asosiy vositalarning qayta baxolanishi va boshqalar sabab bо‘lishi mumkin. mablag‘larning kо‘paytirish manbalari tarkibida foyda aloxida о‘rinni egallaydi. Foyda xajmining kо‘payishi eng avvalo Nizom jamg‘armasini tо‘ldirishga va boshqa extig‘t jamg‘armalari yaratilishga olib keladi.
Asosiy vositalar rentabelligi har bir sumlik yoki ming sо‘mlik asosiy vosita hisobiga tо‘g‘ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu kо‘rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning о‘rtacha yillik kiymatiga bulish asosida aniklanadi.
Sof foyda
R=----------------------------------------------------------- x 100 %
Asosiy vositalarning о‘rtacha yillik kiymati

Xamza Expo Art tekstil korxonasi bо‘yicha ushbu kо‘rsatkich 2019 yil 1 kvartalida quyidagicha bо‘lgan:


118611 118611
R=------------------------------------ x 100 %=----------------x100=0,24
23304974+25759565 49064539

Bu о‘z navbatida “Xamza Expo Art tekstil” korxonasida asosiy vositalarning rentabelligi 0,24 sо‘mni tashkil qilib, bu о‘rta 1 sо‘mlik asosiy vositaga 0,24 sо‘mdan tashkil qilmoqda.
Demak ushbu korxonaning moliyaviy natijalarini shakllantirishda asosiy vositalar alohida о‘rin tutib, ularning 1 sо‘mlik qiymatiga, о‘rtacha rentabellik 0,24 sо‘mdan tо‘g‘ri kelmoqda. Bu holatini ijobiy baholash mumkin bо‘ladi.
2-jadval

Download 46,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish