4. “Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasining aylanma mablag‘lari tarkibi
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda, ularning pulga aylanish tezligi tushuniladi. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi koeffitsiyenti joriy aktivlarning moddiy aktivlar va debitorlik qarzlariga bо‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu kо‘rsatkichlar bevosita korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi kо‘rsatkich bо‘lib, u asosda biznesni boshqarishda resurslar cheklanganligi va ulardan unumli foydalanish darajasi taxlil qilinadi va uning muhim yо‘nalishlari belgilanadi.
3-jadval
“Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasining aylanma mablag‘larini aylanishi tahlili
Kо‘rsatkichlar nomi
|
О‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi
(+,-)
|
1
|
2
|
3
|
4=3-2
|
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni so-tishdan olingan sof tushum, ming sо‘mda
|
3792925
|
4306339
|
+513414
|
2. Jami tovar — moddiy zaxiralari, ming sо‘mda
|
8348395
|
10917789
|
+2569394
|
3. Tovar modddiy zaxiralarining (aylanma mablag‘larning) aylanish koeffitsiyenti (1\2)
|
0,45
|
0,39
|
-0,06
|
4. Tovar moddiy zaxiralarining (aylanma mablag‘larning) aylanish davri, kun hisobida
|
792
|
913
|
+120
|
5. Aylanish salmog‘i koeffiqiyen-ti (2\1)
|
2,20
|
2,54
|
+0,33
|
6. Aylanishni tezlashishi yoki sekinlashishidan mablag‘larning bо‘shashganligi (-) yoki qо‘shimcha (+) jalb qilinganligi
|
|
|
|
a) kun hisobida
|
X
|
X
|
+120
|
b) summada, ming sо‘mda 120 * 4049632/360
|
X
|
X
|
+13449877,3
|
Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan “Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasining joriy yilning 1 choragida mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum miqdori +513414ming sо‘mga ortgan. Bunga mos ravishda tovar-moddiy zaxiralarining qiymati ham +2569394ming sо‘mga о‘sgan. Bularning natijasida tovar moddiy zaxiralarining aylanish koeffitsiyenti о‘tgan yilgi 0,45 koeffitsiyentdan xisobot yiliga kelib 0,39 koeffitsiyentga kamaygan. Aylanish davri esa о‘tgan yilga nisbatan 120 kunga kо‘tarilgan, ya’ni sekinlashgan. Korxonaning tovar-moddiy zaxiralari aylanishining tezlashishi natijasida korxona oborotidan mablag‘larning bо‘shashishi +13449877,3 ming sо‘mni tashkil etgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholamoq lozim. Lekin korxonaning kun aylanishini tezlashtirish uchun zaruriy choralarni belgilash zarur, deb hisoblaymiz.
Korxonaning aylanma mablag‘lar samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkich tahlili “Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasining aylanma mablag‘lari samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar tahlilini kо‘rib chiqaylik:
1. Aylanma mablag‘larning kunlarda ifodalangan aylanish tezligi:
Yillik: Ayma=Aymо‘s*K/S=(35300923+37536567)/2*10917789=33,3 kun.
2. Aylanma mablag‘larning necha marta aylanishi (aylanish koeffitsiyenti)
Yillik: Ak=S/Aymо‘s=360/Ayma=360/65,2=1,01
3. Aylanma mablag‘lar rentabelligi:
Yillik:Aymr=SF*100/Aymо‘s=118611*100/(35300923+37536567)/2= 11861100/36418745=0,32
Korxonaning Aylanma mablag‘lar samaradorligini ifodalovi kо‘rsatkichlarni tahliliy natijalari ancha ijobiyligini kо‘rish mumkin.
“Xamza Expo Art tekstil” qо‘shma korxonasida aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning quyidagi muhim yо‘nalishlariga e’tibor qaratishi muhim ahamiyat kasb etadi, va ularning tejamkorligini oshirish imkonini berishi mumkin:
mahsulot (bajarilgan ish, kо‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini о‘stirish;
mahsulot (bajarilgan ish, kо‘rsatilgan xizmat)larning iste’molchilarga yetib borishi va ular bо‘yicha hujjatlar aylanishini tezlashtirish;
aylanma mablag‘lar bо‘yicha meyoriy zaxiralar saqlanishiga amal qilish;
aylanma mablag‘larning meyordan ortiqchaligini maqsadli boshqarishni yо‘lga qо‘yish (mollarni imtiyozli shartlarda sotish, ijaraga berish va hokazolar);
aylanma mablag‘larni qayta baholashni balans tuzish sanasiga hisobga olish va tо‘g‘ri belgilash;
aylanma mablag‘larni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan foydalanish;
korxonaning hisob siyosatini, shuningdek, aylanma mablag‘larini baholash usulini belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jarayonlarning murakkabligiga ahamiyat berish;
tugallanmagan ishlab chiqarishni tо‘g‘ri baholash;
aylanma mablag‘lar normativini belgilash;
aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va moddiy boyliklarni sotish bо‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib oluvchining monopolligini cheklash;
moddiy aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda texnik va texnologik yangilanishni ta’minlash va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |