Aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo‘lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarikorxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |