8-Mavzu: KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag‘larga ham ega bo‘lishlari zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar, qoidaga ko‘ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag‘lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lar shunchalik ko‘p talab qilinadi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta'minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |