2 .Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlarda tasniflanishi.
Iqtisodiyotni sektorlama guruhlash asosi bo'lib institutsional birliklarhisoblanadi. Bunday sektorlama guruhlarning maqsadi daromad va xarajatlar, moliyaviy aktivlar va passivlar oqimini o'rganishdan iborat.
Iqtisodiy sektor — o'xshash maqsad, funksiya va moliyalashtirish manbasiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'lib, ular o'xshash iqtisodiy xulqqa ham ega bo'ladilar.O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, BMTga a’zo (1992 yil 2 mart) bo‘lib, dunyodagi juda ko‘p mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarini amalga oshira boshladi. Natijada mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro hisob ko‘rsatkichlari bilan moslashtirish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, mamlakatimizda Milliy hisoblar tizimi (MHT) ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Ma’lumki, makroiqtisodiy statistika ob’ektiga hududlar, mamlakat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlaridir. Lekin ular minglab ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar, dehqon-fermer xo‘jaliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa ob’ektlar iqtisodiy faoliyatlardan tashkil topadi.
Bu sub’ektlarning ko‘plari mehnat ishlab chiqarish va ularni sotish bilan, ayrimlari turli xil xizmat ko‘rsatish bilan, ba’zilari esa ilmiy, ma’rifiy, madaniy va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sub’ektlar soni, tarkibi va faoliyat turlari o‘zgarib turadi.Shuning uchun bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini makrodarajada o‘rganish va tahlil qilish uchun mulk shakllari, iqtisodiy va ma’muriy hududlar bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi.
«O‘zbekiston Respublikasida Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga binoan (4-modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga keladi:
• fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
• jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan, mahalla, kooperativ mulk, … aksionerlar jamiyati …;
• Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy-hududiy tuzilmalar (maishiy) mulkdan iborat davlat mulki;
• aralash mulk;
• qo‘shma korxonalar, ajrabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek, ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Ushbu guruhlashga asosan xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektalr
makrodarajada quyidagicha guruhlanadi:
1. Davlat mulki.
2. Jamoa-kooperativ mulki.
3. Jamoa mulki.
4. Turli jamiyatlar (aksionerlik) mulki;
5. Xususiy mulk.
6. Shaxsiy mulk.
Statistik ma’lumotlar, ko‘pincha davlat va nodavlat sektorlariga guruhlanib ko‘rsatilsada, nodavlat sektori, shu jumladan deb nomlanib, xususiy mulk, jamoa mulki, qo‘shma korxonalar va chet el fuqarolari mulki va shu kabi guruhlarga ajratilib ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektalrning mulk shakli bo‘yicha bunday guruhlar bo‘lib faoliyat ko‘rsatkichlarining ifodalanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini yaratishda ularning o‘rnini, qanday o‘zgarayotganligini aniqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi 447,4 ming kv.km. bo‘lib, tabiiy, iqlim
sharoiti, aholi joylanishi, iqtisodiy salohiyati har xildir. Shuning uchun ham makroiqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini statistiko‘rganishda iqtisodiy hududlar va ma’muriy bo‘linishlari bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi. O‘zbekiston hududi tabiiy joylanishi va iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 8 ta iqtisodiy rayonga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Mirzacho‘l, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro-Qizilqum, Qashqadaryo, Surxandaryo va Quyi-Amudaryo iqtisodiy rayonlaridir («Iqtisodiy geografiya» fanidan bu iqtisodiy hududlarning guruhlashtirish mohiyatini chuqur o‘qigansizlar). O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘linadi. Ular o‘z navbatida tumanlarga, shaharlarga bo‘linadi. Bunday hududalr bo‘yicha guruhlab o‘rganish, mamlakat iqtisodiyotida hududlarning to‘tgan o‘rni va rivojlanishini, hamda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, hududlararo iqtisodiy aloqalarni yanada yaxshilash imkonini beradi.Mamlakatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularni ishlab chiqarayotgan mahsulot turlari, bajarayotgan xizmatlarining bir xilligi, texnologik jarayonlarning o‘xshashliklari (ma’muriy-hududiy jihatdan qayerda faoliyat ko‘rsatishiga qaramasdan) bo‘yicha guruhlash mumkin. Misol uchun, non ishlab chiqarish texnologiyasi barcha hududlarga bir xil. Non ishlab chiqarish uchun un, yog‘ va shu kabi mahsulotlar ishlatilib, tez tayyor bo‘ladi va tez sotilib iste’mol qilinadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha birlashtirilib (guruhlashtirilib) xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil etadi. Tarmoqlar bajaradigan ishlarining mohiyati, xususiyati va ijtimoiy mehnat taqsimotiga qarab guruhlanadi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari ijtimoiy mehnat taqsimoti va mahsulot yaratishdagi qatnashishiga qarab 2 ta guruhga: moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan va moddiy ne’matlar ishlab chiqarmaydigan soha tarmoqlariga bo‘linadi.
Xalqaro miqiyosda xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi (XATT) qo‘llanadi.
XATT – ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ketligi qoidasi bo‘yicha tuzilib, natural tabiiy resurslardan foydalanuvchi tarmoqlardan (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va shu kabilar) boshlanib, qazib oluvchi, qayta ishlovchi sanoat, qurilish, aloqa, transport, moliya va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi. Makrodarajada yagona tarmoq tasnifidan foydalanish firma, korxonalardan to yirik tarmoqlargacha, hamda mamlakat milliy iqtisodiyotigacha axborotlarni to‘plash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatini va o‘zgarishini nazorat qilish natijasida mamlakatni to‘g‘ri boshqarish va oqilona iqtisodiy siyosat yuritishga imkon beradi.
Iqtisodiy faoliyat xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi BMT tomonidan qabul qilingan bo‘lib, nafaqat alohida olingan mamlakat, balki dunyo miqyosida mamlakatlararo iqtisodiy va sotsial rivojlanish ko‘rsatkichlarni taqqoslash va xalqaro mehnat taqsimotini yanada yaxshilash imkonini yaratadi.Iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar sektorlar bo‘yicha ham guruhlanadi.
Xalq xo‘jaligi balansi (XXB) tizimida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qanday mulk shakliga asoslanganligiga qarab sektorlarga bo‘lingan. XXB bo‘yicha quyidagi sektorlarga guruhlangan:
I. Sotsialistik sektor
1. Davlat sektori.
1.1. Xo‘jalik hisobidagi korxonalar.
1.2. Moliyaviy korxonalari
1.3. Byudjet tashkilotlari
2. Kooperativlar.
3. Jamoat tashkilotlari
4. Ishchi-xizmatchilarning yordamchi xo‘jaligi
5. Kooperativ a’zolarining yordamchi xo‘jaligi
II.Xususiy sektor.
Ma’lumki xalq xo‘jaligi balans tizimi uchun asos qilib, moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar olingan. Shuning uchun ham xizmat ko‘rsatuvchi, sog‘liqni saqlash, fan va boshqa tarmoqlar mehnati va ko‘rsatkichlari XXBda to‘liq o‘z aksini topmagan.
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga katta ahamiyat berilib, yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda xalqaro miqiyosda qo‘llanadigan milliy hisoblar tizimi joriy qilindi. Milliy hisoblar tizimida (MHT) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasiga qarab guruhlarga ajratilgan. MHTda iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega sub’ekt institutsion birlik deb ataladi. Institutsion birlik o‘z mol-mulkiga ega bo‘lib, ularni o‘z ixtiyori bilan foydalana oladigan, mustaqil faoliyat yuritib, daromad oluvchi hamda barcha moliyaviy majburiyatlarini bajaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Ularning banklarda hisob raqamlari bo‘lib, hisob-kitob ishlarini to‘liq o‘zlari yuritadi. MHTda institutsion birliklar iqtisodiy faoliyatining turlari va bajaradigan vazifalarining o‘xshashliklariga qarab sektorlarga guruhlanadi. Sektorlar o‘z navbatida quyi sektorlarga (sektorchalarga) ajratilib guruhlanadi. MHT bo‘yicha institutsion birliklar quyidagi sektorlarga guruhlanadi:
I. Nomoliyaviy korxonalar (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish)
II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar).
III. Davlat boshqaruv idoralari.
IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar.
V. Uy xo‘jaliklari.
I. Nomoliyaviy korxonalar sektori moliyaviy tashkilotlardan tashqari,
barcha tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar (institutsion birliklar) kiradi. ular o‘z mahsulotlarini sotib, xizmat haqi olib, faoliyati davomida qilgan harajatlarini qoplab, ma’lum darajada daromad olib iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bu sektorga mulk shaklidan qat’iy nazar barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari, firmalarni, zavod va fabrikalarni, transport va boshqa shu kabi faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni kiritish mumkin. Bu sektorga kiruvchi birliklar quyidagi quyi (kichik) sektorlarga bo‘linadi:
1.1. Davlat sektori.
1.2. Nodavlat (xususiy) sektor.
1.3. Chet el firmalari
II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektoriga moliyaviy vositachilik va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Demak bu sektorga tajorat banklari marakaziy bank, sug‘urta tashkilotlari, qarz beruvchi jamiyatlar (kredit uyushmalar) va shu kabi muassasalar kiradi. Bu sektorga kiruvchilar pul, valyuta mablag‘larini saqlash, moliya resurslarga talab bo‘lganlarga qarz berish (ma’lum daromad olish hisobi bilan) qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish. ularning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat. Markaziy bank vazifasiga ko‘ra boshqa moliyaviy birliklardan farq qiladi. O‘zbekiston Respublika Markaziy banki milliy valyutani emissiya qiladi va uning barqarorligini ta’minlaydi, mamlakatda hisob-kitob ishlari ustidan nazorat olib boradi, pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va mamlakatning oltin-valyuta zahirasini (fondini) saqlaydi. Sug‘urta tashkilotlari iqtisodiyotning turli sohalarida ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Ular o‘z faoliyatlarini sug‘urta badallari va bo‘sh mablag‘lardan foydalanish bilan yuritadilar.
III. Davlat boshqaruv idoralari sektoriga hokimiyat, sud, prokuratura, mudafaa, militsiya, maorif, madaniyat va shu kabi davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirish (davlat qaramog‘idagi) davlat idoralari va tashkilotlari kiradi. Ularning asosan vazifalari mamlakatning xavfsizligini, aholining tinchligi va asoyishtaligini, qonunlarga amal qilinishini ta’minlaydilar. Demak davlat boshqaruv idoralari sektoriga kiruvchi birliklar, nobozor xizmatlar ko‘rsatib, ularning asosiy maqsadi daromad olish emas.
IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar sektoriga aholining individual va jamoa talabini qondirish uchun bozordan tashqari (nobozor) xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi (institutsion birliklar) kiradi. Ularga turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va turli ilmiymadaniy jamiyatlarni kiritish mumkin. Bu tashkilotlar mablag‘lari asosan jamiyat (tashkilot) a’zolari badallari, aholi va boshqalar bergan ixtiyoriy tushumlardan, xayriyalardan tashkil topadi. Ular faoliyatlarining boshqalardan asosiy farqi, faoliyatlarining asosiy maqsadi daromad olish emas (notijorat harakterga ega), faoliyati davlat va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmaydi.
V. Uy xo‘jaligi sektori aholi va aholi guruhlarini (oila a’zolari) – daromadlarini birgalikda tasarruf etuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ular ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar iste’molchilari, hamda ishchi kuchini yetkazib beruvchilar hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi yuqorida qayd qilingan 5 sektorga guruhlangan institutsion birliklar chet elrezidentlari bilan ham operatsiyalar amalga oshiradi. Ularning chet el rezidentlari bilan iqtisodiy munosabatlarini jamlash uchun MHTda tashqi dunyo sektori mavjud. Tashqi dunyo sektoriga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining tovar va xizmatlar, aktiv va passivlar, investitsiya va kreditlar, daromadlar bo‘yicha chet el birliklari bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari kiradi. MHTdagi sektorlar tasnifi qo‘yidagi jadvalda keltirilgan.
Umuman faoliyat yurituvchi institutsion birliklarnimulk shakllari, hududlar (faoliyat yuritgan), iqtisodiy sektorlar bo‘yicha tasniflash va guruhlash mamlakat iqtisodiyotini makrodaraja o‘rganishga, tarmoqlarning hududlar bo‘yicha joylanishi va rivojlanishini, kelgusi rejalarni tuzishga yordam beradi.
MHT dagi sektorlar tasnifi.
Institutsional birliklar quyidagi sektorlarga birlashtiriladi:
— nomoliyaviy korxonalar
— moliyaviy xizmatlardantashqari mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchi
korxonalardir;
— moliyaviy muassasalar;
— davlat muassasalari;
— uy xo‘jaligi xizmatidagi notijorat tashkilotlar;
— uy xo'jaligi;
— tashqi iqtisodiy aloqalar.
1. «Nomoliyaviy korxonalar» sektoriga har xil mulk va tashkiliy-huquqiy taraflarga ega b o 'lg an , bozor u ch u n tovarlar ishlab chiqaruvchi va nomoliyaviy xizm atlar ko'rsatuvchi iqtisodiy nomoliyaviy rezident birliklari kiradi. Bu birliklar resurslari, asosan mahsulotlarni sotishdan tashkil topadi, ammo b a’zi hollarda xarajatlar subsidiyalar va davlat budjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, bu sektorga quyidagilar kiradi:
a) bozor faoliyati bilan band bo'lgan notijorat tashkilotlar(masalan, notijorat tovar xomashyo biq'alari);
b) tadbirkorlar xizmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, qishloq xo'jaligi, sanoat va savdo assotsiatsiyalari va h.k.). Ularning resurslari asosi b o iib , qiziquvchi tad- birkorlarning ajratmalari yoki to ‘lovlari hisoblanadi;
d) o'zlarining nizomdagi vazifalarini amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlar tomonidan yaratilgan xo‘jalik jamiyatlari, ular foydasining bir qismi notijorat tashkilotlar budjetiga tushadi, shuningdek, konsultatsiyalar, axborotlar va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar (masalan, pul-buyum ma- teriallar, auksion va boshqalar tashkil etishdan).
2. «Moliyaviy muassasalar» sektori mulk formasidan q at’inazar, tijorat asosida moliyaviy va sug'urta operatsiyalari bilan band bo‘lgan institutsional birliklardan tashkil topadi.
Kredit muassasalari quyidagilardan tashkil topadi:
— mamlakat milliy banki;
— depozitli moliyaviy muassasalar, tijorat banklari, kredit jamiyatlari va assotsiatsiyalari;
— moliyaviy lizing hisobiga resurslar tashkil etuvchi boshqa moliyaviy vositachilar, ular depozit muassasalar bo‘lib hisoblanmaydilar;
— yordamchi moliyaviy tashkilotlar: qimmatbaho qog‘ozlar va h.k. bilan operatsiyalar o ‘tkazuvchi makler idoralari.
Ularning asosiy funksiyalari: moliyaviy resurslarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va taqsimlash; qimmatbaho qog‘ozlar ishlab chiqarish, pul mablag‘larini asrash va korxonalar, uy xo'jaliklari va boshqalarga kreditlar berish.
Bu birliklarning resurslari, asosan olingan majburiyatlar hisobiga (depozitlar, sertifikatlar, obligatsiyalar, moliyaviy lizing va h.k.) tashkil topadi.
Sug‘u rta muassasalariga hayotni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bilan, shuningdek, korxonalar va uy xo'jaliklari mulklarini sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi institutsional birliklar kiradi. Bu birliklar resurslarni sug‘urtalash kontraktlaridan tushgan tushumlar hisobidan tashkil topadi.
Pensiya fondlari — yonlangan xodimlarning kelajakda nafaqaga chiqishlari uchun daromad manbalarini yaratish maqsadida tashkil etiladi.
3. «Davlat muassasalari» sektori — davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar b o ‘lib, ular butun iqtisodiy tizimda insonlar xulqiga ta ’sir o'tkazish maqsadida jam oa iste’moli uchun nobozor xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, milliy daromad va milliy boyliklarni qayta taqsimlash bilan band bo‘lgan tashkilotlardir.
Davlat muassasalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
— davlat budjeti hisobiga moliyalashtiriladigan va umumiy boshqarish, moliya, iqtisodiyotni rejalashtirish va tartibga keltirish, ilmiy tadqiqot faoliyati, atrof-muhitni muhofazalash, ichki tartibni saqlash bilan, shuningdek, ta ’lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy tarbiya va sport, madaniyat, san’at, ijtimoiy sug‘urtalash sohalarida aholiga bepul yoki imtiyozli xizmat ko'rsatish bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasalari va tashkilotlari;
— davlatning nobudjet fondlari: (bandlikka ta ’sir ko'rsatuvchi fond; investitsion fond; konversiya fondi va h.k.).
4. «Uy xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi notijorat tashkilotlar» alohida uy xo'jaliklari guruhlariga- nobozor xizmatlari ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi institutsional birliklarni o 'z ichiga oladi. Sektor quyidagi xizmat ko'rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlarni o 'z ichiga oladi:
a) uy xo'jaliklarini ta’lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va san’at, dam olish, hordiq chiqarishlar, ijtimoiy xizmatlar vah.k. sohasida yakka talablari;
b) siyosiy partiyalar, kasaba uyushma tashkilotlari va sohada jam oa talablarini qondirish bilan shug‘ullanadi.
Bu sektorga davlat muassasalari tomonidan tekshirilmaydigan va moliyalashtirilmaydigan tashkilotlar kiritiladi.
Ularning resurslari, asosan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriy to ‘lovlari va mulkdan olingan daromadlardan tashkil topadi.Uy xo‘jaliklari xizmatidagi tashkilotlarining quyidagi turlari ajratiladi:
— o ‘z a’zolari tomonidan (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy jamiyatlar, ixtiyoriy sport jamiyatlari va h.k.) moliyalashtirilgan va o ‘z a’zolariga xizmat ko'rsatadigan tashkilotlar;
— moliyaviy resurslari asosan pul va natural usuldagi sa- daqalar hisobiga tashkil topadigan, uy xo‘jaliklariga nobozor tovar va xizmatlar beradigan xayriya jamiyatlari va fondlar;
— korxonalarning o ‘z xodimlariga va ularning oila a’zolariga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatadigan b o ‘limlari, ular notijorat muassasalar hisoblanib, mablag4larni transfertlar sifatida korxona ta ’sis etuvchi oluvchilar, masalan: ixtiyordagi turar joylar, kasalxonalar, poliklinikalar, madaniyat saroylari va h.k.
5. «Uy xo‘jaliklari» sektori yakka shaxslar va ular guruhini ham iste’molchi, shuningdek, tadbirkorlik bilan ishlab chiqaruvchi sifatida qaraydi. Ularni ria yuridik, na iqtisodiy jihatdan uy xo‘jaligi egasidan ajratib bo'lmaydi.
U y xo‘jaligi sektoriga — hajmi va usulidan qat’i nazar shu mamlakat rezidentlari kiritiladi, shu jumladan, ishchi va xizmatchilarning yordamchi xo'jaliklari, kooperativ a’zolari,yakka hoi dehqon xo'jaliklari va hunarmandlar, xususiy korxonalar, ular mustaqil yuridik statusga ega emaslar.Uy xo‘jaliklarini sektor ichidagi klassifikatsiyasida ularning ichidan «mas’ul shaxs»ni ko'rsatishadi. MHT bunday shaxs sifatida eng ko‘p daromad keltiruvchi shaxsni hisoblaydi. Bunda har doim ham mas’ul shaxs oila boshlig‘i bo'lmaydi.
Mas’ul shaxs statusiga qarab 4ta sektor osti guruhlari
ajratiladi:
— mas’ul shaxsi bo'lgan uy xo'jaliklari — ish beaivchilar (yonlanma xodimlarga ega bo'lgan nokorporativ korxonalar);
— mas’ul shaxsli uy xo'jaliklari — nokorporativ korxonalar egalari yonlanma xodimlarsiz;
— mas’ul shaxsli uy xo'jaliklari — mulkdan daromad oluvchilar yoki transfertni oluvchilar (pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar). Uy xo'jaliklarining saqlashi — yig'ilgan daromadlar hisoblanadi.
6. «Tashqi iqtisodiy aloqalar» sektori («qolgan dunyo») shu mamlakat rezidentlari bilan olib borayotgan operatsiyalari hajmiga qarab o'lchanuvchi xorij iqtisodiy birliklarini o 'z
ichiga oladi.
Iqtisodiyot sektorlari tarkibidagi institutsional birliklar guruhi sektorning ichki tarkibini tashkil etuvchilar va sektor osti bo'lib hisoblanadilar. Yuqorida qayd etilgan tarkib milliy iqtisodiyotni o'ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib to'ldirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |