Korxona hisoblanadi. “Kоrхоnа iqtisоdiyoti” fаnining prеdmеti



Download 179,29 Kb.
bet9/9
Sana06.04.2022
Hajmi179,29 Kb.
#532572
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
javoblar

2) mehnat sig’imi (L/V) jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
67. mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni mehnat resurslarining umumiy soniga bo‘linadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bunda: MRo‘ys – mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni, kishi;
MRus – mehnat resurslarining umumiy soni, kishi.
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi.
68. mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur:

Bunda: SM – ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishi-soat;
YM – ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki qiymati.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan bir birlik (kg, dona, litr, metr, ming so‘m) mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich mehnat sig‘imi deb ham ataladi.
Amaliyotda esa mehnat unumdorligi haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish vaqtiga taqsimlash orqali aniqlanadi:

69. Korxonalardagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Buning uchun korxonalar ixtiyoridagi barcha ishlab chiqarish vositalarining ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini shakllantirish lozim. Korxonalarning ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zarur.

70. belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:



Bunda: Ih – mehnat resurslarining bir yilda haqiqatda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat;
Im – mehnat resurslarining qonunda belgilangan me’yor bo‘yicha ishlashi lozim bo‘lgan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birga yaqin bo‘lishi kerak. Agar uning darajasi qanchalik past bo‘lsa, bu mehnat resurslari foydali mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi.
“Korxona iqtisodiyoti” fanidan 1-oraliq nazorat uchun test savollari

1. Korxona deganda nimani tushunasiz?


J: Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, mulkchilikling barcha shakllari teng huquqli sharoitda amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
2. “Korxona iqtisodiyoti” fanining predmeti nimadan iborat?
J: Korxonalar faoliyatida yuz berayotgan jarayonlardir. Xo‘jalik mexanizmidir.
3. “Korxona iqtisodiyoti” fani o‘z predmetini o‘rganishda qanday usullardan foydalanadi?
J: 1. Ilmiy abstraksiya usuli. 2. Induksiya va deduksiya usullari. 3. Taqqoslama tahlil usuli. 4. Eksperiment usuli. 5. Hisob-kitob usuli. 6. Monografik usul. 7. Iqtisodiy-matematik usul.
4. Korxonalarda boshqaruvning mohiyati nimadan iborat?
J: Ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining obektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda tasir o‘tkazish tizimi, har bir ishchining yoki butin jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish.
5. Korxonalarda boshqaruv tizimi deganda nima tushuniladi?
J: Butun bir iqtisodiy tizimni tarkibiga kiruvchi tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar, v aboshqalarni boshqarishni tushunamiz.
6. Korxonalarda boshqaruv faoliyatining mohiyati nimadan iborat?
J: Boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita yoki bilvosita shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
7. Korxonalarda boshqaruv subyektining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruv subyektida – korxona rahbari yoki xizmat rahbari
8. Korxonalarda boshqaruv obyektining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruv obyektida – turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi
9. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari amalga oshirish muddatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: Joriy va istiqbolli
10. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari ahamiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: asosiy va ikkinchi darajali.
11. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: xususiy va umumiy
12. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari natijaga erishish darajasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: yakuniy va oraliq

13. Korxonalarda boshqaruv qarorining mohiyati nimadan iborat?


J: boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘gindir.
14. Korxonalarda boshqaruv qarorlari kompetentlik va mas’uliyat bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?
J: yakka tarzda yoki kollegial
15. Korxonalarda bоshqаrishning ijtimоiy-psiхоlоgik usuli mohiyati nimadan iborat?
J: mehnat jamoalari va ayrim xodimlarga turli psixologik mexanizmlar orqali ta'sir ko‘rsatish orqali boshqarishni amalga oshirish
16. Korxonalarda bоshqаrishning iqtisodiy usuli mohiyati nimadan iborat?
J: iqtisodiy usub iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish obyektiga ta'sir ko‘rsatish manosini anglatadi.
17. Korxonalarda bоshqаrishning ma’muriy-tаshkiliy usuli mohiyati nimadan iborat?
J: boshqarish obyektiga bevosita buyruq farmon asosida ta'sir o‘tkazishga asoslangan
18. Korxonada boshqaruvning tashkiliy tuzilmаsi dеgаndа nimani tushunasiz?
J: Korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil bo‘lim o‘zaro munosabatlari va bir biriga bo‘ysunishini tushunamiz.
19. Korxonada boshqaruvning qanday tashkiliy tuzilmаlari mavjud?
J: 1. Chiziqli 2. Funksional 3. Aralash 4. Matritsali
20. Korxonada chiziqli boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo‘ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal bo‘ladi.
21. Korxonada funksional boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruvning funksional tuzilmasi boshqaruv va obyekt funksiyalari bo‘yicha boshqaruv yacheykalarini yaratish dir
22. Korxonada aralash boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruvning har bir bo‘g‘inida shtablar tuzilib uning tarkibiga malakali mutaxasislar jalb etiladi.
23. Korxonada matritsali boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: ishlab chiqatishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funksiyalarini tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan
24. Korxonalarning rejalashtirish tizimini nimalar tashkil etadi?
J: Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish – rejalashtirish tizimini tashkil etadi.
25. Korxonalarda rejalashtirishning me’yoriy usulining mohiyati nimadan iborat?
J: korxonaning ishlab chiqarish resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari: barcha iqtisodiy texnik iqtisodiy va balans hisob kitoblari rejalarning asoslovchi ko‘rsatkichlari ilmiy tadqiqot va loyiha insitutlari tomonidan ishlab chiqilgan meyorlarga asoslanadi

26. Korxonalarda rejalashtirishning iqtisodiy-matematik usulining mohiyati nimadan iborat?


J: reja iqtisodiy malumotlarni qayta ishlash reja topshiriqlarni optimal variantlarni aniqlashda foydalaniladi
27. Korxonalarda rejalashtirishning hisob-variantli usulining mohiyati nimadan iborat?
J: Bu usulning mohiyati shundan iboratki, rejaning turli bo’limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini bog’lashning, ekin maydonlari tarkibining, chorva mollarini oziqlantirish ratsionining, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja variantlarni talashda ikki guruh ko’rsatkichlardan foydalaniladi: birinchisi – mahsulot miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi –ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi (mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va hokazo). Ishlab chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi.
28. Korxonalarda rejalashtirishning dasturiy-maqsadli usulining mohiyati nimadan iborat?
J: Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish bo’yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish hamda ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga yo’naltirilganligini oshirishda ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lad.
29. Rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqib korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: qisqa muddatli (joriy, operativ), o‘rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar.
30. Korxona faoliyatining yo‘nalishi jihatidan qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: tashkiliy reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy reja.
31. Mo‘ljallanishi jihatidan korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: korxona boshqaruvchilariga, statistik organlar va yuqori tashkilotlarga, tashqi investorlarga taqdim etiladigan rejalar.
32. Korxonalar faoliyatini bashoratlashning mohiyati nimadan iborat?
J: Basharotlash – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan ko’rsatkichlardir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi. Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning obyektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin egallaydi.
33. Marketing so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
J: Marketing inglizcha “market” so’zidan olingan bo’lib, bozor bilan bog’liq faoliyat ma’nosini anglatadi.
34. Marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: Marketing – bu bozor talabini o’rganish va korxonaning faoliyatini unga moslashtirish bilan bog’liq faoliyatdir.
35. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida qachon va qayerda paydo bo’lgan?
J: XX asrning boshlarida AQShda
36. Mahsulotga moʻljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: Korxona faoliyati yangi mahsulot yaratishga yoki chiqarilayotganini takomillashtirishga yo’naltirilganda qo’llaniladi.
37. Iste’molchiga mo‘ljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: korxona faoliyati bozordan kelib chiqadigan talablarni qondirishga yonaltirilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda marketingning bosh vazifasi – potensial talablarni o’rganish, bozor “tirqishi”ni izlash. Korxonalarning faoliyatida marketingning ikkala turini bir vaqtning o’zida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Mana shunday kombinatsiyalashgan marketing faoliyati integrallangan marketing deb ataladi.
38. Demarketingning mohiyati nimadan iborat?
J: ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli darajada emasligi, tovar resurslari va xomashyoning cheklanganligi tufayli tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirishga yo’naltirilgan marketing turi. Demarketing asosan kamyob tovarlar va xizmatlar bo’yicha qo’llaniladi. Talabni pasaytirish uchun narxlarni ko’tarish, reklamadan voz kechish va boshqa usullar qo’llanilishi mumkin.
39. Konsentratsiyalangan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: marketing harakatlarini bir yoki bir nechta kichik bozorda jamlashni ko’zda tutadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi marketingning ham zamonaviy turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, internet-marketing, SMM, PR-marketing va boshqalar. Ular umumlashtirilgan holda “raqamli marketing” deb atalmoqda.
40. Korxonalarning marketing konsepsiyasining mohiyati nimadan iborat?
J: Marketing konsepsiyasiga muvofiq biznesda uzoq muddatli rentabellik asosiy ahamiyatga ega. Marketing konsepsiyasi maqsadli bozorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash hamda ularning istagi qondirilishi raqobatchilarga qaraganda samaraliroq va sifatliroq tarzda ta’minlash korxonaning maqsadlariga erishishining garovi ekanligini tasdiqlamoqda.
41. Marketing konsepsiyasining mohiyatini quyidagi qaysi ibora bilan ifodalash mumkin?
J: talablarni izlab topish va ularni qondirish”, “nima ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, shuni sotishga harakat qilish emas, nima sotilayotgan bo’lsa, shuni ishlab chiqarish” kabi iboralar bilan ifodalash mumkin.
42. Korxona marketing konsepsiyasining asosida turuvchi obyekt nima?
J: Marketing faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.
43. Bozor konyunkturasining mohiyati nimadan iborat?
J: Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar zahiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi.
44. “Sotuvchi bozori”ning ma’nosi nima?
J: talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
45. “Xaridor bozori”ning ma’nosi nima?
J: bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega.
46. “Muvozanatli bozor”ning ma’nosi nima?
J: Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini “muvozanatli bozor” deb yuritiladi.
47. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor kim tomonidan ta’riflangan edi?
J: Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965-yilda ta’riflangan edi.
48. Korxonalarda tovarning hayotiy davri necha bosqichdan iborat?
J: A)Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir.B) 4 bosqich.
49. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi marketingning qanday turlari paydo bo’lishiga olib keldi?
J: internet-marketing, SMM, PR-marketing va boshqalar.
50. SMMning mohiyati nimadan iborat?
J: SMM (Social Media Marketing) – brendni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishdir.
51. Korxonalarda asosiy fondlarning mohiyati nimadan iborat?
J: Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga mashinalar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar va boshqalar kiradi.
52. Aylanma fondlarning mohiyati nimadan iborat?
J: Aylanma fondlar – mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarish jarayonida bir marta qatnashib, qiymatini shu mahsulotlarga to‘liq o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan vositalardir. Ularga yoqilg‘i, yog‘lovchi materiallar, kimyoviy vositalar, kam qiymatli, tez to‘zuvchi materiallar, joriy va valyuta hisob raqamlaridagi, kassadagi mablag‘lar va boshqa shu kabilar kiradi.
53. Asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday aniqlanadi?
J: korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya’ni qishloq xo‘jalik texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha mexanizmlar bo‘lishiga erishish;
asosiy vositalarning holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash;
zarur bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga erishish, bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish;
ta’minotchilardan asosiy vositalarni qulay usullarda sotib olishni tashkil etish; korxonalar faoliyatiga fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazo.
Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali korxonalar iqtisodiyoti yuksalishiga erishish lozim.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda quyidagi tadbirlarga e’tibor berish kerak: korxonalar faoliyatida foydalaniladigan aylanma fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;
aylanma fondlarni sotib olish tartibini takomillashtirish;
aylanma fondlarning optimal tarkibini ta’minlash;
aylanma fondlarning aylanish davrini qisqartirish;
debitorlik qarzlari ko‘payishining oldini olish;
mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish.
Yuqoridagi tadbirlarga e’tibor berish kelajakda korxonalardagi asosiy va aylanma fondlardan yil davomida samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
54. Asosiy fondlarning amortizatsiya summasi qanday aniqlanadi?
Javob.
55. Korxonalarda asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi qanday aniqlanadi?
Javob.
56. Korxonalarning asosiy fondlari tarkibiga nimalar kiradi?
Javob. Ularga mashinalar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar va boshqalar kiradi.
57. Asosiy fondlarning o‘sish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
Javob.
58. Fondlar rentabelligi darajasi qanday aniqlanadi?
Javob.
59. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
Javob.
60. Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
Javob.
Download 179,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish