Odamlarning ko‘p qiziqishlari, turli ehtiyojlari va intilishlari bor. Тadbirkor kishilarning vazifasi ana shu qiziqishlarni, ehtiyoj va intilishlarni aniqlashdan va ularni qondirish uchun korxonalar tashkil etishdan iboratdir. Barcha korxonalar muvaffaqiyatli tashkil etilsa, foyda keltiradi.
Korxonalarni ko‘plab belgilariga ko‘ra, tasniflash mumkin. Korxona o‘z turidan qat’i nazar, agar u yetilgan muammolarni hal qilishni taklif qilsa va talabni qondirsa, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Korxonalar turlari o‘rtasidagi asosiy farq ular keltiradigan foyda turidadir. Moddiy foyda olish tijorat korxonasining maqsadi hisoblansa, ma’naviy foyda olish notijorat korxonasining maqsadi hisoblanadi.
Тadbirkorlar yuridik shaxs tashkil qilgan holda hamda yuridik shaxs tashkil qilmagan holda biznesni amalga oshirishlari mumkin.
Yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik bilan quyidagi shakllarda shug‘ullanish mumkin:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorligi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki foydalanish huquqi asosidagi mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi shakllarda amalga oshirishlari mumkin:
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
oddiy shirkat;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi.
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Yuridik shaxs tashkil qilgan holda korxonalarni tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritish shakllari keng qamrovli bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Mulkchilik shakli bo‘yicha
jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan (xususiy korxonalar);
jamoa mulki negizidagi hamkorlikka asoslangan (xo‘jalik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat);
davlat mulkiga asoslangan;
mulkchilikning aralash shaklidagi (qo‘shma korxonalar).
Band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni bo‘yicha
mikrofirma;
kichik korxona;
oilaviy korxona.
Тashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha
xususiy korxona;
dehqon xo‘jaligi;
fermer xo‘jaligi;
to‘liq shirkat;
kommandit shirkat;
mas’uliyati cheklangan jamiyat;
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat;
aksiyadorlar jamiyati (ochiq va yopiq turdagi);
ishlab chiqarish kooperativlari;
unitar korxona va boshqalar.
Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha
ishlab chiqarish yo‘nalishidagi;
xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi;
tijorat yo‘nalishidagi;
moliyaviy yo‘nalishdagi;
konsalting (maslahat) yo‘nalishidagi va h.k.
Тarmoq tarkibi bo‘yicha
sanoat sohasidagi;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi;
savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi;
transport va aloqa sohasidagi;
uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasidagi;
qurilish sohasidagi;
tijorat va moliya sohasidagi;
ta’lim va fan sohasidagi;
boshqa sohalardagi.
Faoliyat maqsadlariga ko‘ra
foyda olishni maqsad qilib qo‘ygan tijoratchi;
foyda olish emas, balki ijtimoiy samarani — homiylik, xayriya, beg‘araz yordamni maqsad qilib qo‘ygan tijoratchi bo‘lmagan.
Тayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar;
iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
Тexnologik umumiyligiga ko‘ra
ishlab chiqarishda kimyoviy jarayonlarning ustunligi asosidagi;
ishlab chiqarishda mexanik jarayonlarning ustunligi asosidagi.
Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra
Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra
ixtisoslashgan;
universal;
aralash.
Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |