Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati


Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish borasida ham bir qancha kamchiliklar mavjud



Download 83 Kb.
bet7/9
Sana09.07.2022
Hajmi83 Kb.
#759389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korrupsiya-fenomenini-o-rganishdagi-ilmiy-nazariy-yondashuvlar-va-o-zbekiston-respublikasida-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-siyosati

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish borasida ham bir qancha kamchiliklar mavjud. Jumladan, BMT Konvensiyasining 31-moddasida korrupsion jinoyatlardan olingan daromad yoki jinoyat quroli deb topilgan ashyolar musodara qilinishi ko‘zda tutilgan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ning 211-moddasi 1 va 5-qismlari "musodara va musodara qilinishi mumkin bo‘lgan ashyolar" tushunchasini belgilamasdan, uni qo‘llash tartibini tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2017 yilgi Qonun bilan JPKning 211-moddasi 1-bandiga o‘zgartirish kiritgan bo‘lsada, bu o‘zgarish musodara va musodara qilinuvchi narsalar masalasini hal qilmasdan, jinoyat sodir etish uchun ishlatilgan mulkni huquqiy egalarining kafolatlarini amalga oshirishga qaratilgan. O‘z navbatida, O‘zbekiston JPKning 211-moddasi 5-bandi va 289-moddasi qoidalari o‘zgarishsiz qoldi.
O‘zbekiston JPKda “musodara” tushunchasining alohida ta’rifi yo‘qligicha qolmoqda. O‘zbekiston jinoyat qonunchiligida hali ham musodara qilish ta’rifi, shuningdek, xalqaro standartlarda talab qilinadigan barcha elementlar mavjud emas.
O‘zbekiston qonunchiligida javobgarlikning amal qilish muddati sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar xisoblab chiqilishi muammoligicha qolmoqda. O‘zbekiston qonunchiligida aksariyat korrupsion jinoyatlarda javobgarlikni amal qilish muddati sifatida 2 yil muddat keltirib o‘tilgan. Istambul harakatlar rejasi monitoringi 4-bosqichi yakuniy xisobotida javobgarlikning amal qilish muddati sifatida 2 yil muddat kam ekanligi, korrupsion jinoyatlarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli vaqtni ta’minlash maqsadida javobgarlikni amal qilish muddati kamida 5 yil bo‘lishi ta’kidlangan.
Javobgarlikdan ozod bo‘lish. JKning bir necha moddalarida (192-9, 211, 212, 213) poraxo‘rlik bilan bog‘liq qilmishni sodir etgan shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. Bu muddat xalqaro standartlar bo‘yicha muammoli holatdir. 30 sutkalik davr juda uzoq va amalda uni qaysi nuqtadan hisoblash kerakligini aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin. Shuningdek, «Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam berish» elementlari Jinoyat kodeksida ham, Oliy sud Plenumi qarorida ham aniq bayon etilmagan va shu sababli amaliyotda ixtiyoriy qo‘llanilishi mumkin. Eng achinarlisi aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod bo‘lishini (JK 66-moddasi) korrupsion jinoyatlarga qo‘llanilayotganligi xalqaro standartlarga javob bermaydi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish