Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati



Download 83 Kb.
bet8/9
Sana09.07.2022
Hajmi83 Kb.
#759389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korrupsiya-fenomenini-o-rganishdagi-ilmiy-nazariy-yondashuvlar-va-o-zbekiston-respublikasida-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-siyosati

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, bugungi kundan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijaga erishish uchun quyidagilar hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar sirasiga kiradi:

  1. O‘zbekistonda davlat xizmati sohasida hali ham qonuniy kuchda bo‘lgan yagona qonun mavjud emas;

  2. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risidagi qoidalar qonun hujjatlariga kiritilgan bo‘lsada, ularni to‘g‘ri qo‘llash yanada tartibga solishni talab qiladi, shu jumladan, intizomiy jazo choralari bilan cheklanmasligi kerak bo‘lgan javobgarlik choralarini kengaytirish zarur;

  3. Boshqa korrupsiyaga qarshi vositalarni takomillashtirish kerak. Misol uchun, xulq-atvor qoidalarini samarali qo‘llash ustidan nazoratni ta’minlash tavsiya etiladi;

  4. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 106-yalpi majlisida 34/169-Rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” va BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyutsiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar”ini ratifikasiya qilish tavsiya etiladi.

Bunda barcha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tanlab, hukumatlar, shuningdek, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda samarali tajriba almashish orqali ta’lim va o‘qitishga katta ahamiyat berilsa, ular uchun yetarli ish haqi va tegishli ish sharoitlari ta’minlansa, ichki intizomni va tashqi nazoratni ta’minlashning samarali mexanizmlari yaratilsa, jamiyat a’zolarining ularga qarshi shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yuqorida ko‘rsatilgan mexanizmlar asosida aniq qoidalar ishlab chiqilsa hamda bunday qoidalar mavjudligi jamoatchilikka ma’lum qilinsa ma’lum darajada korrupsiyaga chek qo‘yiladi;

  1. Davlat xizmatchilarining aktivlari va mulkiy manfaatlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi normalar to‘liq emas;

  2. Sud tizimida iyerarxiya saqlanib qolmoqda, sudlar raislariga, sudyalarga siyosiy organlar va prokuratura ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi, sudyalarning haqiqiy mustaqilligi haligacha ta’minlanganicha yo‘q;

  3. O‘zbekistonda ma’muriy yustitsiyani rivojlantirish, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yaratish, Ombudsman institutini kuchaytirish bilan prokurorlarning nazorat vakolatlarini qisqartirish yoki maksimal darajada qisqartirish kerak. Bundan tashqari, prokuratura vakolatidan o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalarni chiqarib tashlash, tegishli vakolatlarni ijro etuvchi organlarga topshirish kerak;

  4. Davlat xaridlari sohasi korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan soha bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, davlat xaridlarini tashkil etish va tartibga solishning yangicha tizimini qaytadan ko‘rib chiqish lozim;

  5. Elektron vositalarini joriy etish va yanada kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish va axborot berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlar korrupsiyaga qarshi ijobiy ta’sirga ega;

  6. Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga implementatsiya qilish lozim.

Shular bilan bir qatorda, mamlakatimizda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, ushbu sohadagi chora- tadbirlar samaradorligini oshirish, ushbu illatni ildizi bilan yo‘q qilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirishda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, videokuzatuv tizimlari, elektron hisob-kitob va almashinuv, idoralararo ma’lumotlar bazalarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish