Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati


Keywords: corruption, anti-corruption, national security, international law, anti-corruption policy. KIRISH



Download 83 Kb.
bet2/9
Sana09.07.2022
Hajmi83 Kb.
#759389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korrupsiya-fenomenini-o-rganishdagi-ilmiy-nazariy-yondashuvlar-va-o-zbekiston-respublikasida-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-siyosati

Keywords: corruption, anti-corruption, national security, international law, anti-corruption policy.
KIRISH
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo‘lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro‘siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo‘lga qo‘yilishida ham jiddiy muammo tug‘diradi. Korrupsiya bilan bog‘liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo‘lish sabablarini kengroq o‘rganishga undaydi. Zero, “korrupsiya kasalligini” yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma’muriy chora tadbirlarning o‘zi yetarli emas. Poraxo‘rlikni oldini olishgan bo‘lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim. Korrupsiya hodisasining ilmiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, poraxo‘rlik jinoyatijuda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, hatto korrupsiya so‘zining etimologiyasi ham ingliz adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotida tarixiy nuqtai nazardan turlicha ma’no va konnotatsiyaga ega[1, B.129]. Aksariyat chet el tadqiqotchilarining talqiniga ko‘ra, korrupsiya atamasi lotincha “corruptio” - “talon taroj” va “buzilish” ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan[2, B.5]. Ushbu tushunchaning axloqiy va madaniy prinsiplar asosidagi talqini rus tadqiqotchisi, yuridik fanlar nomzodi Mishin G.K. izlanishlarida o‘z aksini topadi. Uning fikriga ko’ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so’zdan iborat bo’lib, “cor”, “ruptum” - “yurak”, “ruhiyat”, “buzilishi”, “barbod bo‘lishi” degan ma’noga ega[3,B.364]. Oksford ingliz tili lug‘atida korrupsiya tushunchasining 9 ta ma’nosi berilgan bo‘lib, ulardan faqat bittasini siyosiy kontekstda qo‘llash mumkin: korrupsiya pora yoki boshqa ta’magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik davlat, korporatsiyalar va boshqa idoralarda korrupsiya amaliyotlaridan foydalanish yoki ularda ishtirok etish[4, B.974]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa mansabdor shaxslarning o‘zlariga ishonib topshirilgan huquqlari va hokimiyat vakolatidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi (korrupsiya poraxo‘rlik, mansabni suiste’mol qilish va boshqa noqonuniy harakatlarni o‘z ichiga oladi)[5].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 3 modasida korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish deya izohlanadi. Korrupsiya atamasiga berilgan ta’rifning o‘zgarib borishi ushbu tushunchani zamonlar osha ijtimoiy hayotda turli ma’nolarda qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir.
Korrupsiya fenomeni keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli bugungi kunda ushbu muammoni o‘rganishda turli xil yondashuvlar mavjud: sotsiologik yondashuv, yuridik (kriminologik) yondashuv, iqtisodiy, siyosiy yondashuv va axloqiy madaniy yondashuv.
Shulardan biri sotsiologik yondashuv bo‘lib, bunda korrupsiyani o‘rganishga bo‘lgan urinishlar korrupsiya xodisasini tushuntirishda turli xil metodlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Manbalarda keltirilishicha, sotsiologik nuqtai nazardan korrupsiya uning sub’ektlari, korrupsiya sohalari, korrupsiyadan ko‘zlangan maqsad va uni amalga oshirish usullari, korrupsiya shakllari va uning ob’ektlari kabi o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan elementlarni qamrab oluvchi interaktiv munosabatlarda shakllangan, ishtirokchilarning ratsional tanlovi asosida amalga oshadigan, moddiy va ramziy resurslarni almashinishni ifodalaydigan disfunksional hodisadir (E.Giddenson, Yu. Xabermas, Dj. Mid, G.Blumer, N. Luman, T. Parsons, R. Merton, N. Smelzer, Dj. Xomans, P. Blau, A. Daune, G. Bekker, Dj. Koulman, M. Olson). Bunda korrupsiyani ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri va ijtimoiy munosabatlarda o‘zaro ishonchsizlik hamda ta’magirlikni yuzaga keltirishini oldini olish maqsadida aholiga poraxo‘rlikni jamiyat taraqqiyotini orqaga suruvchi, odamlar o‘rtasida ijobiy xarakterga ega axloqiy munosabatlar o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiluvchi illat ekanligini singdirish muhim ahamiyatga ega.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish