14-modda. Pul mablag‘larini legallashtirishning oldini olish bo‘yicha tadbirlar
1. Har bir ishtirokchi Davlat:
a) banklar va bankdan tashqari moliya muassasalariga nisbatan, shu jumladan pul mablag‘lari yoki qimmatliklarni o‘tkazish bilan bog‘liq rasmiy yoki norasmiy xizmatlarni taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan hamda, tegishli hollarda, pul mablag‘larini legallashtirish nuqtai nazaridan, o‘z vakolati doiralarida, bunday mablag‘larni legallashtirishning barcha shakllarini aniqlash va bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keng qamrovli ichki tartibga solish va nazorat qilish rejimini belgilaydi, va shu bilan birga bunday rejim, birinchi navbatda, mijoz shaxsini aniqlashga oid talablarga va, tegishli hollarda, mulkdor-benifitsiarni identifikatsiya qilish, hisobotni yuritish va shubhali operatsiyalar to‘g‘risida xabarlarni taqdim etishga asoslanadi;
b) mazkur Konvensiyaning 46 moddasiga zarar yetkazmagan holda, pul mablag‘larini legallashtirishga qarshi kurash olib borayotgan ma’muriy, tartibga soluvchi, huquqni muhofaza qilish va boshqa organlar (shu jumladan, bunday amal ichki qonunchilikka mos kelgan holatda, sud organlari ham) uning ichki qonunchiligi bilan belgilanadigan shartlarda, milliy va xalqaro darajalarda hamkorlik qilish va axborot almashishga qodir bo‘lishlarini ta’minlaydi, va shu maqsadlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larini legallashtirish holatlariga doir axborotni yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish bo‘yicha milliy markaz sifatida faoliyat yuritadigan moliyaviy tezkor axborot bo‘linmasini ta’sis etish haqidagi masalani ko‘rib chiqadi.
2. Ishtirokchi Davlatlar, axborotdan tegishli darajada foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kafolatlarga amal qilish hamda qonuniy kapitallar harakatlanishiga hech qanday to‘sqinlik qilmaslik sharti bilan, naqd pul mablag‘lari va tegishli aylanma mablag‘lar ularning chegaralaridan harakatlanishini aniqlash va bunday harakatlanish ketidan nazorat olib borish bo‘yicha amalda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish masalasini ko‘rib chiqadilar. Bunday choralar jismoniy shaxslar va tijorat korxonalar katta hajmdagi naqd pullarning transchegaraviy o‘tkazilishi va tegishli miqdordagi aylanma mablag‘lar topshirilishi to‘g‘risida xabar berishlari lozimligi bo‘yicha talabni o‘ziga kiritishi mumkin.
3. Ishtirokchi Davlatlar moliya muassasalari, shu jumladan pul mablag‘larini o‘tkazish muassasalari quyida ko‘rsatib o‘tilganlarni amalga oshirishlari yuzasidan talab belgilash uchun tegishli va amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan choralardan foydalanish haqidagi masalani ko‘rib chiqadilar:
a) mablag‘larni elektron shaklda o‘tkazish formulyarlariga va ular bilan bog‘liq xabarlarga jo‘natuvchi to‘g‘risida aniq va mazmunli ma’lumot kiritish;
b) bunday axborotni to‘lovni amalga oshirishning butun zanjiri bo‘ylab saqlab turish;
c) jo‘natuvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan vaziyatda o‘tkazilgan mablag‘larning chuqurlashgan tekshiruvini amalga oshirish.
4. Mazkur moddaning qoidalariga muvofiq va ushbu Konvensiyaning har qanday boshqa moddasiga zarar yetkazmagan holda, tartibga solish va nazorat qilishning ichki rejimini belgilashda ishtirokchi Davlatlarga mintaqaviy, mintaqalararo va ko‘p tomonlama tashkilotlarning pul mablag‘larini legallashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan tegishli tavsiyalariga amal qilish tavsiya etiladi.
5. Pul mablag‘larini legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida ishtirokchi Davlatlar sud va huquqni muhofaza qilish hamda moliyaviy tartibga solish organlari o‘rtasida global, mintaqaviy, submintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |