7-modda. Ommaviy sektor
1. Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va o‘z huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, fuqaro xizmatchilarni va, tegishli vaziyatlarda, boshqa saylanmaydigan ommaviy mansabdor shaxslarni ishga qabul qilish, yollash, xizmatni o‘tash, xizmat davomida mansabga erishish va iste’foga chiqishning quyidagilarga asoslanadigan tizimlarini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga harakat qiladi:
a) samaradorlik va oshkoralik tamoyillariga hamda benuqson faoliyat, adolat va qobiliyat kabi xolisona mezonlarga asoslanadi;
b) tegishli holatlarda korrupsiya va, ma’lum holatlarda bunday lavozimlardagi tegishli kadrlar rotatsiyasi nuqtai nazaridan, ayniqsa zaif hisoblangan ommaviy lavozimlarni egallash uchun kadrlar tanlash va tayyorlashning tegishli taomillarini o‘ziga kiritadi;
c) ishtirokchi Davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, tegishli mukofot to‘lash va adolatli maoshlarni belgilashga xizmat qiladi;
d) bunday shaxslar ommaviy vazifalarni to‘g‘ri, vijdonan va tegishli darajada bajarish talablariga javob berishlari mumkin bo‘lishi uchun ma’rifiy va o‘quv dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadilar hamda korrupsiya bilan va o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni chuqurroq anglashlari maqsadida ular ixtisoslashgan hamda muvofiq tayyorgarlikdan o‘tishlarini ta’minlaydilar. Bu kabi dasturlarda kodekslarga asoslanishlar yoki amaliy sohalardagi axloq standartlari mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Shuningdek, ommaviy lavozimlarga nomzodlar va saylovlarga tatbiqan mezonlarni belgilash uchun har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning maqsadlariga qarab va o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, tegishli qonunchilik va ma’muriy choralar ko‘rish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
3. Shu bilan birga, saylanadigan ommaviy lavozimlarga nomzodlarni va, mumkin bo‘lgan vaziyatlarda, siyosiy partiyalarni moliyalashtirishda oshkoralikni kuchaytirish uchun har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning maqsadlariga qarab va o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, tegishli qonunchilik va ma’muriy choralar ko‘rish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
4. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladigan hamda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini oladigan tizimlarni yaratish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |