KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA DIN OMILIDAN FOYDALANISH.
Annotatsiya: Ushbu maqolada diniy nuqtai nazardan korrupsiyaga uning ta’sir kuchi, axloqiy me’yorlarning amal qilinishi va korrupsiyani bartaraf etishda din omilidan foydalanish ahamiyati haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: Korrupsiya, “ daromad” , “chiroyli hayot” va boshqalar.
Korrupsiya-bu olish loyiq bo'lmaydigan joydan, ya'ni odamlardan narsa olmaslik va berish loyiq bo'lmagan joyda, ya'ni odamlarga narsa bermaslikdir. Chunki oddiy ko'ringandek tuyulsada, bu nopok ish insonni dunyoda badnom va beobro' qiladi, oxiratda esa sharmisor qiladi. Osonlik bilan bilan erishilgan, inson mashaqqatisiz, peshona teri bilan topilmagan “ daromad” insonga qanday kelgan bo’lsa shunday oson yo’l bilan ketishi, o’z nafsga mag’lub inson esa “chiroyli hayot” dan mosuva bo’lishi tabiiy.
Martin Paldamning fikricha: “Yo'lni tanlab, yo'lni tanlab uni oxirigacha to'g'ri yoki noto'g'ri tomonga qarab kuzatasiz. Men o'zim bu yo’llarni buzilishga tayyor odamlarni topdim. Darhaqiqat, bu menga tezda o'rgatdi, agar boshqalarni buzishni o'rganmasangiz, hech qachon hech kim bo'lmaysiz, siz hech qachon ish qila olmaysiz”,- deb aytadi.
Yevropa mamlakatlari o’rtasida diniy nutqayi nazardan taqqoslashlarga ko’ra, protestant va musulmon diniga e’tiqod qiluvchi davlatlarida yuqori axloqiy me’yorlarga amal qilganlari sababi bu ko’rsatkich past darajada, katolik mamlakatlarida esa korrupsiya ko’proq ko’rinadi, xususan Janubiy Yevropada keng tarqalgan. Shu tadqiqotlar asosida keyinchalik din va korrupsiya o’rtasidagi munosabatlarini tahlil qilish kengaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashda din omilidan foydalanish katta ta’sir ko’rsata oladi. Axloqiy munosabatlarda imkoniyat orqali aybni tan olish va aybdorlik tuyg’usidan xalos bo’lish katolik dini vakillari uchun yengillashtiruvchi sifatida eslatib o’tilgan. Ya’ni ruhoniylar odamlar va Xudo o’rtasida vositachi sifatida ish tutishadi.
Luiji Martinelli aytishicha, u katolik sifatida ko'pincha aybdorlik tuyg'usini iqror bo'lish bilan o'chirdi, bu uning ruhiy otasini yo'q qilish bilan bog'liq: "Menda ikki tomonlama munosabat bor edi: halollikka bo'lgan ishtiyoq, lekin mansabga ega bo'lish istagi.
Islom dinida ham pora olishlik qoralanadi. Hamma musulmonlar uchun bu narsa harom qilingan.Muqaddas dinimizning oyatlardan birida: “ Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo’ygan va sizlarga surat(shakl) berib, suratlaringizni go’zal qilgan hamda sizlarni pok narsalardan rizq bilan rizqlantirgan zotdir”.”Mol va ( boylik) laringizni o’rtalaringizda botil (yo’llar) bilan yemangiz! Bila turib odamlardan haqlaridan bir qismini gunoh ish bilan yeyish (o’zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga taqdim etmangiz! (“Baqara” surasi, 188-oyat)
Korrupsiyaga javobgarlik yuqori bo’lsa, korrupsiya yuzaga kelmaydi, ya’ni hech bir amaldor mansabni saqlab qolish uchun “ qing’ir-qiyshiq yo’llar” dan yurmaydi, aholi orasida sharmanda bo’lmaslik uchun ham poraxo’rlikka yaqin kelmaydi. Husayn Voiz Koshifiy o'z asarida bu xususda shunday ta'kidlagan: “ Birovga amal beriladigan bo’lsa chuqur o’ylab, tafakkur yuzasidan ichonch ko’p bolsa, beriladi. Lekin bir necha bor ehtiyotkorlik qilinadi.Amal yuzasidan unga to’la ishonch berilmaydi, toki ishning oxirida sharmanda va sharmisor qilib qo’ymasin.
Ilk davrlarda korrupsiyaga qarshi kurash miloddan avvalgi XXIV-asrda Mesopotamiyada boshlangan. Nima uchun korrupsiyaga kurash hali ham davom ettayapti? Nima uchun muvaffaqiyatli olib borilgan ishlar uning “ildiz”ini tag-tomiri bilan olib tashlay olmayapti?
Janubiy Koreya qadimgi saroylaridan biri peshtoqiga “ Fuqaro, davlat xizmatchisi oldida ongingni poklab kirgin” - degan yozuvga ko’zingiz tushar ekan. Balki barcha davlat idora eshiklariga yozish kerakdir. Lekin shunisi ham borki, jamiyat rivojlanishida “ijtimoiy ishonch” ham kerak-ku. Jamiyat hayotini yangicha mazmun, faravonlik va demokratiyani qurishda kamarbasta yoshlar yurtimiz kelajagiga befarq emas.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
SH.M. Mirziyoyev. Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog’ida so’zlagan nutqi. 2018.13 aprel
Shavkat Mirziyoyev. “Korrupsiya qarshi kurash to’g’risida” Qonun. 2016
Husayn Voiz Koshifiy. “Axloqiy Muxsiniy” asari.1999.43 bet
Daniel Kaufman .“Legal corruption”.2004. 124 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |