Korrupsiya: Eski mavzuga yangicha qarash bilan. Annotatsiya



Download 0,58 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#276843
Bog'liq
MAQOLA doc.


Korrupsiya: Eski mavzuga yangicha qarash bilan.

Annotatsiya: Mamlakatimizdagi poraxo`rlikning oldini olish, tag ildizini quritish uchun samarali ishlar olib borishda yordam bera oladigan g’oyalarni tahlil qilish va o`rganib chiqish.

Kalit so`zlar: korrupsiya, pora olish, pora berish, “yaxshi” niyatlar, “qars ikki qo`ldan chiqadi”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, dunyo statistika ma’lumotlari, O`zbekistondagi korrupsiya holatlari, qo`lga tushgan “shovvozlar”,

Annotation: Analysis and study of ideas that can help to prevent corruption in our country, to work effectively to dry the roots.

Key words: corruption, take a bribe , give a bribe, “good” intentions, “a man who has friends must himself be friendly”, activities of law enforcement agencies, world statistics, cases of corruption in Uzbekistan, captured “stalwarts”.

Ushbu gaplarni o`qishi bilan har bir insonning hayolida: “Obbo, yana o`sha eski hammom, eski toz bo`ladimi? Mutasaddi xodimlar ushbu masalani tekshirishadi, ushlashadi, ular aybini tan olib, jazolanadi ammo yana ushbu jirkanch holatlar davom etaveradi. Oddiy xalq buning oqibatida aziyat chekaveradi” – degan gaplar aylanadi. Bu esa millat inqirozga uchrayotganidan, poraxo`rlik hayotimizga “Assalomu alaykum!” so`zidek silliqqina kirib kelayotganidan dalolat beradi. Xalqimizda bir ajib maqol bor “qars ikki qo`ldan chiqadi”… Albatta bu ayni haqiqat. Bu ishda faqat pora talab qiluvchi yoki oluvchi amaldorlarnigina emas, balki oddiy xalqni ham aybi bor. Nega deysizmi, hozir sizga o`z fikrimni misollar bilan izohlayman.

Hozirgi zamonda odamlar bolasini chaqaloqligida shifoxonadan olib chiqishdan tortib, qabrga qo`yish uchun ham pora berishmoqda. Bu ketish bo`lsa hali qabristonlarda ham pora berganlarga „tillo” dan, bermaganlarga esa “paxsa” dan qabrlar qurishadi. Bu ketish bo`lsa, ozod O`zbekistonimiz taqdiri savodsiz, hamma ishni pul bilan hal qiladigan yoshlar qo`lida barbod bo`ladi.

Shaxsan o`zim aynan shu masalaga nafrat bilan qarayman. Shunday insofsiz insonlar borki, hatto insonning hayoti o`rtada turadigan sohaga ham pul aralashtirishadi. Gaplarimdan anglagan bo`lsangiz bu albatta shifokorlik kasbi. Bu kasb shunday tahlikali, o`ta darajada mas`uliyatli bo`lishiga qaramay hatto shuning ichida ham pul muhim rol oynaydi-ya! “Akajon, bolamni duxtir qilish niyatim bor edi-da, shuni kam bo`lsa ham ko`p o`rnida ko`rasiz endi. Bu hali xamir uchidan patir, qolgani ish bitganidan so`ng, bosh-oyoq sarpo bizdan akasi”— bu gaplar sizga tanishmi? Qayerdadir eshitganmisiz bularni? Ha, bu o`sha mashxur, odamlar nazlida „hurmat” belgisi bo`lgan, ajoyib gaplar.

Haydovchilik guvohnomasi olish, bir qarashda buning uchun 3 oy o`qish kerakdek go`yo. Lekin borib ko`ringchi, qaysi haydovchi chin qalbdan o`qiyapti ekan? Kimga zarur kelibdi axir poradek “najotkorimiz” borku. Beramiz, qo`lni ko`ksimizga qo`yamizda kulib “akajon, xizmatingizdamiz” deymiz. Bundan oson ish bormi dunyoda? Bilmaymizki, bu qilayotgan ishlarimiz bilan o`z farzandlarimizning, oilamizning, jamiyatimiz va vatanimizning dushmaniga aylanmoqdamiz. Har bir sohada korrupsiyaning ildizi bor, qayerga qarasak shu muammo. Buning yechimi bormi? Bu kabi savollar ko`plab beriladi, lekin bularga javoblar-chi? Hamon yopiqligicha qolmoqda.

E’tiboringizga dunyo davlatlarining korrupsiya bo`yicha reytinggini taqdim etaman:





Ushbu statistika ma’lumotlari 2017-2019-yillar oralig`iga tegishlidir. Bularda O`zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi ishlar olib borilayotganini ko`rishingiz mumkin. Albatta, bu ishda mas’ul xodimlarning roli kata. Ular borligi sababli korrupsiya holatlari ushlanmoqda va oldi olinmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining harakatlari natijasida ko`plab qonunbuzarlik xolatlari ishtirokchilari, aybdorlar va jabrlanuvchilar topilib o`z ayblariga yarasha jazo olishmoqda. Xalqimizning manfaatlari esa davlatimiz tomonidan himoya qilinmoqda. Ammo biz hali hamon korrupsiya rivojlangan davlatlar qatorida ekanligimizcha qolmoqdamiz. Yurtimizda kundan kunga bu holatlar ko`payib bormoqda.

Mana kuni kecha Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan viloyatidagi qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkorga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha tuman xokimining qarorini chiqartirib berishni va’da qilib, o‘zi faoliyat yurituvchi boshqarmaning ma’muriy binosi yonida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buloqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori 15 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi. U mahalliy fuqaroga tegishli bo‘lgan 33 sotix yer maydonining aslida soliqdan qarzdorligi bo‘lmasada, 30 mln so‘m qarzi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berish evaziga 15 mln so‘m talab qilgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan Prokuratura va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda korrupsiya va firibgarlik bilan bogʻliq bir nechta holatlarga chek qoʻyildi. Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kapital qurilish bosh boshqarmasida ishlovchi mansabdor shaxs oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uylar oraligʻida joylashgan 1 gektar boʻsh yer maydonini tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi va evaziga 1 mln. 400 ming AQSH dollari soʻraydi. DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlarining shahar prokuraturasi va ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, qoʻlga olingan shaxs ushbu pul mablagʻlarini Chilonzor tumani hokimligida boʻlim boshligʻi vazifasida ishlovchi rahbar xodimga berishi kerakligi maʼlum boʻlgach, tezkor tadbir davom ettirilib, u ham 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Bunday faoliyatlar natijasida poraxo`rlar ham pora taklif qilayotgan “aqlli” kimsalar ham ushlangani va aybiga yarasha jazo olayotgani quvonarli hol albatta, ammo shu darajagacha olib kelgandan ko`ra buni oldini olish yaxshi emasmi, axir, “kasalni davolagandan ko`ra, uni oldini olgan yaxshi” degan gap bekorga emas-ku.

“Bunday ishlarni faqat mas’ul xodimlar qilishi kerak, ular qayoqqa qarayapti, oyligini olyaptimi qilsin-da, bunday lavozimni bekorga berishganmi” qabilidagi “kulgili” gaplarga barham berilsa, Vatan uchun hamma birdek mas’uliyatni bo`yniga olsa, “uni ishi u qilsin, mening dahlim yo`q” deb o`zini chetga olishlar to`xtatilsa bu ishlarning ham ildizlari qurishni boshlaydi.

Maqsadimiz nima edi? Nahot unutdik? Axir tinch, farovon va baxtli Vatanning ozod avlodlari bo`lish emasmidi asl maqsadimiz? Nega harakat qilmay qo`ydik, nega harom, oson ammo oxiri “voy” ishlarga o`ralashib qoldik? Buning javobi bitta dangasa bo`lib qolganmiz. O`qish desa ensamiz qotadi, otamizning puli ko`p-da, ishlash desa yana ensa qotiramiz axir pulimiz bor, mansabdan mansabga ko`tarilish oson.

Mayli bugun ishlarimizni osongina bitirib olmoqdamiz, ammo sizga bir savol bergim keldi, qani aytingchi, bugun pul berib shifokor bo`lsin deb “yaxshi niyat” bilan o`qishga olib kirgan bilimsiz o`g`il yoki qizingizning qo`lida ertaga o`zingiz davolanasizmi? Hayotingizni ularga ishonib topshira olasizmi? Yo`q! Iltimos ko`rgazma uchun “Ha!” - deb aytmang, chunki hech qachon uquvi yo`q insonga joningizni ishonib topshirmaysiz, u hatto o`z farzandingiz bo`lsa ham! Shunday ekan bu ishlarni qilishdan avval o`ylab ko`ring, hozir qilayotgan ishim kelajagimga qanday ta’sir ko`rsatadi deb.

Endi yana bir qiziq ma’lumotga e’tiboringizni qaratsam:



Ushbu ro'yxatda Daniya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Singapur va Shveytsariya dunyodagi eng kam korruptsiyaga uchragan 6 mamlakat sifatida qabul qilinib, xalqaro moliyaviy shaffoflik darajasida doimiy ravishda yuqori o'rinlarni egallab turibdi, dunyodagi eng ko'p korrupsiyaga uchragan mamlakat Somalida bo'lib, u bu borada record natijani qayd etib kelmoqda. 2012-yildan to hozirgacha ushbu mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish darajasi atiga, 100 % dan 8-10 % ni tashkil etmoqda. Bularni ichida O`zbekiston yo`q ekanku deb kulib qo`yadigan odamlar kam emas oramizda. Bunday deyish xato! Shu ro`yxatning qayeridadir o`rtasida va hatto korrupsiya rivojlangan davlatlar qatorida O`zbekiston ham bor (yuqoridagi 1-rasm). Endi o`z-o`zidan savol tug`iladi nega endi eng boshida emas? Nima uchun O`zbekistonda poraxo`rliklarni to`xtatib bo`lmayapti? Ana deyarli yo`q va hatto korrupsiya bor deb aytishga arzimaydigan davlatlar ham bor ekan-ku. Buning uchun harakat, mehnat va mas’uliyat kerak. Oddiygina misol tariqasida sizga Yangi Zellandiya mamlakatini keltirmoqchiman.

Yangi Zellandiyadagi korxonalar uchun korrupsiya xavfi minimal darajadadir. Barcha yirik reyting tashkilotlari va ko'rsatkichlari bo'yicha mamlakat muntazam ravishda o'zini dunyodagi eng kam korrupsiyaga uchragan mamlakatlar qatoriga qo'shadi. Shaffof institutlar va qat'iy huquqni muhofaza qilish organlari korrupsiyani samarali ravishda cheklaydi. Normativ muhit biznes uchun qulay va litsenziyalar yoki davlat xizmatlarini olish ko'pincha bir kunga to'g'ri keladi (bizda esa oylab yurishsa ham ba’zida natija bo`lmaydi). Xususiy va davlat sektorida faol va passiv pora olish Jinoyatlar to'g'risidagi qonun va Maxfiy komissiyalar to'g'risidagi qonun bilan taqiqlangan. Eng minimal daraajadagi qonunbuzarlik, poraxo`rlik uchun ham jazolar 2000 NZD (1 NZD - 7628,76 sum. 2000 NZD - 15 257 525,54 sum) miqdoridagi jarimalar va 14 yillik qamoq jazosiga to'g'ri keladi. Davlat xizmatchilari Davlat xizmatlari komissiyasining odob-axloq qoidalariga muvofiq “sovg'alar” ni so'rashi yoki qabul qilishi mumkin emas.

Bundan ko`rinib turibdiki, bu davlatda amaldorlar pora olishga juda qo`rqishadi. Birgina pora olganlik uchun ham 15 milliondan ortiq jarima va yana kamiga 14 yillik qamoq jazosidan kim ham qo`rqmaydi deysiz? Mana chet eldan o`rganishimiz va davlatimizga tadbiq qilishimiz kerak bo`lgan asli masala qaysi!

Siz uchun shu korrupsiyaga qarshi kurashning va uni oldini olishning oddiygina yo`llarini aytib o`tmoqchiman, zero, bu gaplar kimningdir vijdoniga ta’sir qilsa, demakki hali-hanuz yurtimizda insofli insonlar bor. Va albatta, O`zbekistonimiz rivojlanishda davom etmoqda. Demak:

Avvalo, bizning odamlar pul berib yoki xalqimiz tili bilan aytganda “to`yona” qilmasa, mana shu qonunbuzarliklar sodir bo`lmaydi.

Insonlar eng yomon illatlar bo`lmish befarqlik, boylikka o`chlikni, ko`rib turib ko`rmaganga olgan holda yurishni, o`z mansablarini yo`qotishdan qo`rqqan hola „bu inson katta organning odami ekan, agar uning jinoyatlari haqida tegishli organlarga xabar bersang, o`zingni ham yo`q qilib yuboradi, anavi kattakon amaldor bilsa, „kursingni yo`qotasan”, falonchi viloyat hokimining bolasi emish, bilib qolsa o`zing qamalasan” qabilidagi „yuzaki hurmatli” gaplarini chetga sursalar, ertaga shu qilayotgan qing`ir ishlarim avlodimga salbiy ta’sirini ko`rsatadi deya ish ko`rsalar shunday g`araz niyatli kimsalar oramizda kamayishni boshlaydi.

Hayotda oson yo`lni tanlab yashaydiganlar oramizda yo`q emas, buni orqasidan omadi kelganlar ham bor. Ammo bularning oxir natijasi albatta bir falokat bilan tugaydi. Qiyinchilik bilan bo`lsa-da mehnat qilib, o`qib, izlanib, o`z kuchi bilan erishilgan ish esa insonga hamisha omad, baxt olib kelishi shubhasiz. Shunday ekan pul bilan “ish bitirish” ga ne hojat?!

Pora oladiganlarning ko`pchiligini amaldorlar, davlat xizmatchilari tashkil ettadi. Qani aytingchi, sizga yana nima yetmayapti? Mashinangiz bormi, uyingiz bormi? Yoki ko`chada qoldingizmi? Yo bo`lmasa, pul olmasangiz kasalingiz tutib qoladimi? Noshukrlik qilmang! Bugun olasiz, ertaga olasiz, ana boringki 10, 20 yillab olarsiz ammo bir kun qo`lga tushsangiz hamma narsangizdan ayrilasiz. Nahotki farzandingizga harom luqma yedirishdan or qilmasangiz? Ertaga shuni kasofati urishidan qo`rqmaysizmi? Qo`rqing! Ana shundagina oilangizda ham, ishingizda ham rivojlanish bo`ladi. Boriga shukr qiling shunda baxtli yashaysiz!

Huquqlaringizni biling! Ko`pchilik odamlar qonun ular tarafda bo`lib turganda ham uquvsizliklari sabab aldanib qolishadi. O`rganish, o`qish nahot shunchalar qiyin? Mana buni tagida ham pul yotadi. Sizga oddiy formulani aytaman: maktabga pul bilan kirdingiz, pul bilan bitirasiz, o`qishga pul bilan kirasiz yana pul bilan bitirasiz, ishga ham shunday. Ammo bilingki, bir aqlli inson keladi-da, hamma sarflagan pullaringizni yo`qqa chiqaradi. Qanday qilib deysizmi? O`z bilimi, malakasi bilan! Undan ko`ra vaqtingizni ham pulingizni ham bilim olishga sarflang. Vaqti kelib pulingizni, uy-joyingizni va hatto ust-boshingizni ham tortib olishlari mumkin. Ammo, hech qachon miyyangizdagi bilimni tortib olisholmaydi. Bilimli hech qayerda xor bo`lib qolmaydi. Yana izlanadi, harakat qiladi va erishadi.

Faqatgina shu sohaga qarash, tekshirish vazifasi bo`lganlarga tashlab qo`ymang. Ular ham qilishmoqda, izlanishlar olib borishyapti. Lekin siz bunday befarqlik bilan o`tib ketaversangiz yana o`sha eski holat takrorlanaveradi-da. DXX organlari, mutasaddi davlat idoralari, shu soha bilan kurashayotgan barcha xodimlarning qilayotgan samarali mehnatlari natijasida qanchadan qancha korrupsiyaviy holatlarga barham berilib kelinmoqda. Buning uchun ulardan juda ham minnatdormiz. Hech bo`lmaganda ular mamlakati uchun kurash olib bormoqda, tinchlikni saqlash uchun astoydil harakat qilishmoqda. Ular “forma” kiygani uchun emas, shu yurtda o`sib-unib, kamol topayotgani uchun qiladi bu ishni. Ba’zilar o`ylaydi: “Ha ularni oyligini kata qilib qo`yganidan keyin qiladi-da, vazifasi bajarsin-da” – deb. Bu gaplaringizga ham javob berib ketay endi. Bundan avval bir qancha savollar paydo bo`ladi. Qani aytingchi, kim ular kabi kechani kecha, kunduzni Kunduz demay o`z xizmat joyida sergak turibdi? Kim ular kabi yurtim, bolam, oilam deb yomon niyatli kimsalarni qidirib topib qo`lga tushiryapti? Kim shu sizning ham bizning ham oilamiz rizqi kesilmasin, poraxo`rlar jazolansin deya kuyib-pishmoqda? Bizga o`tirib gapirish oson, “anavi poraxo`r edi hech kim ushlolmadi, manavi davrini surib yuribdi hech kim indamaydi” – deb. Siz ushlang, siz ham qiling shu ishni o`tirib olib gap maqullatavermay, siz ham davlatingiz ravnaqiga hissa qo`shing. Xo`sh endi ham shu gaplaringizda davom etaverasizmi? Ular mana shu pullarni olishga haqli, ular tinimsiz xizmatini qilib, nonini halollab olmoqda. Biz-chi, biz? Nima qilyapmiz? Birorta poraxo`rni ko`rib, bilib turib aytyapmizmi, hech bo`lmaganda o`sha insonga to`xta, bu ish yaxshi emas deyapmizmi? Loqaydliklarimizga barham bergan kunimizdan boshlab biz ham rivojlanamiz va baxtni his qilishni boshlaymiz.

Bu ro`yxatni yana ham davom ettirish mumkin, lekin men shu yerda to`xtatishni o`zimga lozim topdim. Chunki so`zni muxtasar qilmoq darkor.



Aziz tengdoshim, Vatandoshim! So`zlarimga diqqat bilan quloq soling. Bir o`ylab ko`ring-a shu pullaringizni pora qilib emas, ehson qilib, shu pulga muhtojlarga bersangiz qanday bo`lar ekan? O`z hayotingiz, farzandlaringiz, oilangizning kelajagini o`ylab ish qilsangiz qanday bo`ladi? Tasavvur qiling Vatanimiz tinch-osuda, oilamiz bag`ridamiz, ehsonlar qilyapmiz, sekin-astalik bilan kambag`al oilalar ko`magingiz bilan qashshoqlikdan to`kin-sochin hayot tomon qadam tashlamoqdalar, chet ellarda sarson-sargardonlikda yashayotgan, ishlayotgan insonlar, qondoshlarimiz o`z oilalari bag`riga qaytmoqdalar, to`ylar qilyapmiz, har inson yuz-ko`zida quvonch va baxt ufirib turibti, farzandlarimiz o`z kuchi bilan o`qib, ishlab chet ellarda Yurtimiz bayrog`ini baland ko`tarishyapti, nomini jahonga yoyishyapti…Qanday go`zal o`ylar to`grimi? Bularga erishishning iloji yo`q deyapsizmi? Adashasiz! Siz kuchlisiz, bunga qodirsiz. Korrupsiyaga qarshi kurasha olasiz, Vatanni baxt sari olib bora olasiz. O`zingizga ishoning. Nomusi toptalgan, huquqlari poymol qilinadigan Vatanda yashamaganimizga , tug`ilmaganimizga shukr qilaylik. Bo`ldi endi shuncha “hurmat” qilganimiz, “akajon, opajon” deganlarimiz yetar endi. Biz endi o`z kuchimizga ishonib yashaymiz, endi befarq, layoqatsiz bo`lmaymiz. Biz kurashamiz va albatta g`olib bo`lamiz.

Gapimning so`ngida shuni aytmoqchimanki, gaplarim kimningdir qalb tubida yashiringan vijdon, diyonat, or-nomus tuyg`ularini uyg`ota olgan bo`lsa bundan benihoya shodman. Qonunlar hukm surgan, xalq manfaatlari oliy maqomga qo`yilgan, Prezidentimiz aytganlaridek: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”— degan purma’no so`zlar jo`sh urib turgan vatanimizni yomon niyatli kimsalardan asraylik!
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish